So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Ahli dil boʻlma, zamonning boyi boʻl, bazzozi boʻl,
Aqchadin langar choʻp ushlab, rastaning darbozi boʻl. She’r eshitmaydi birov davron qulogʻi kar anga, Bir siqim oltin-kumushning xush jarang ovozi boʻl. Tegmagay hargiz nishonga oltin oʻq yuz hajv ila Xoh zamonning shoiri, xoh tirandozi boʻl. Istamas boʻlsa zamonning xohishi she’r Zavqiyni Kim eshitsin arzi hol, xoh rozi, xoh norozi boʻl. Shoir tomonidan yaratilgan satiralarning hammasi ham ana shunday ruhdadir. 93 Zavqiy oʻtkir satirik asarlarida amaldorlar, sud xoʻrlar, savdogarlar, boylar, ruhoniylarning kari katurasini chizib, ayovsiz fosh qildi. Shoir oʻz ijodining evolyutsion takomili davrida mehnatkash omma manfaatiga qarshi ish koʻrayotgan ijtimoiy kuchlarni, ular qaysi xil, qaysi koʻrinishda boʻlmasin, hamisha fosh qildi. Poeziyaning xalq orasidagi zoʻr tarbiyaviy ahamiyatini yaxshi bilgan shoir she’rlarini mehnatkash ommaga yaqinlashtirdi. Oʻz asarlari temasini real turmushning oʻzidan oldi, asarlarida turmushni chuqur va atroflicha aks ettirdi. Shoir oʻz asarlarining gʻoyaviyligi, badiiyligi va emotsional kuchini oshirish uchun, keng xalq ommasiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida oʻzbek tilidagi cheksiz imkoniyat, boyliklardan foydalandi. Shuning uchun ham Zavqiyning qaysi bir asarini oʻqimang, xalq maqollari, hikmatli soʻzlari, qochirim, askiya-payrov, hatto latifalarning ta’sirini uchratish mumkin. Zavqiy satirasi insonlik nomiga dogʻ tushiradigan salbiy xarakterlarga, haqsizlik, adolatsizlik bilan toʻlgan zamonga qarshi qaratildi. Shoir adolat, insof, sogʻlom axloq, vijdon va boshqa shu kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni targʻib etdi. Zavqiy Turkistonning Rossiyaga qoʻshilishi munosabati bilan Turkiston xalqlari hayotida yuz bergan ijtimoiy hodisalarni mehnatkash omma nuqtai nazaridan baholadi. Bu ijtimoiy hodisaning ijobiy ta’sirini maqtadi, feodalizmning jirkanch urf-odatlari, jaholat, zulmat ostida boʻgʻilib madaniy taraqqiyotdan bebahra qilingan xalq hayotiga ilgʻor madaniyatning ta’sirini koʻrib quvondi. 94 Biroq Zavqiyning ongida, dunyoqarashida oʻz zamonasida hukmron boʻlgan, har qanday erkin fikrni boʻgʻib, chegaralab qoʻyadigan qoloq ideologiyaning salbiy ta’siri ham bor edi. Shoir umrining oxirigacha bundan batamom qutila olmadi. Shoir 1905-yil revolyutsiyasini va undan keyingi mamlakatda yuz bergan sotsial hodisalarni, ayniqsa, birinchi jahon urushiga munosabatini 1916-yilda yozgan “Ajab ermas”, “Qahatlik”, “Zamona” kabi she’rlarida toʻla aks ettirdi. Bu she’rlarida u xalq ommasining kuchiga ishonib, bu kuchqudrat albatta mavjud tuzumni oʻzgartirib, revolyutsiyaga olib boradi, degan xulosaga keldi. Ammo har uchala she’rida ham revolyutsiyani vujudga keltirayotgan kuch – ishchilar sinfi ekanligini anglayolmadi. Xalqning ong ahvolini koʻrgan shoir, uni rostgoʻylik bilan xarakterli lavhalarda chizib koʻrsatsa da, biroq xalqni zolimlar zulmiga qarshi kurashga chaqira olmadi. Bu Zavqiy ijodidagi zaif jihat edi. Zavqiy Oktabr revolyutsiyasining birinchi kunlaridan boshlab sovet hokimiyati tomoniga oʻtdi. U o‘z she’rlarida sovet davlatining dushmanlarini fosh qildi va ularga qarshi kurashdi. Kommunistik partiya va rus xalqini oʻzbek xalqiga madad beruvchi deb maqtadi. Shoir oʻz faoliyati bilan ham sovet davlatiga jonu dildan yordam berdi, davlat organlarida xizmat qildi. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1922- yil noyabr oyida Qoʻqondagi Zavqiy tugʻilgan Shayxon mahallasini, Yangiqoʻrgʻonning Karimbobo qishlogʻini “Zavqiyobod” deb nomlashga qaror qilindi. Hozir ham bu yerlar shoir nomi bilan Zavqiyobod deb ataladi. 95 Uning hozirgacha ma’lum boʻlgan asarlari juda oz boʻlishiga qaramay, uning she’rlari adabiyot darsliklari xrestomatiyalariga kiritilib, ijodi maktablarda, oliy oʻquv yurtlarida oʻrganilmoqda. Xalqimiz shoirning ajoyib she’rlarini hozirgi kunimizgacha ham oʻz xotirasida saqlab, qoʻshiqashula qilib kuylab kelmoqda. Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan shoir Gʻafur Gʻulom, yozuvchi Abdulla Qahhor va boshqa yozuvchilarimiz oʻzlarining adabiy ijodlarida satirayumor janridan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqdalar. Ular yumoristik hikoyalarida kishilarning kamchiliklarini koʻrsatib, ularni tuzatishga intiladilar, madaniyatsizlik, maishiy hayotdagi qoloqlik, oilaviy totuvsizlik, xushomadgoʻylik, anqovlikni kulgi ostiga oladilar. Ayniqsa, shoir Gʻafur G‘ulom Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yozgan she’rlari, publitsistik maqolalarida urush olovini yoquvchilarning yovuz niyatlarini fosh qildi. Shu ma’noda yozuvchi va rassomlarimizdan oʻz asarlarida jamiyatda mavjud illatlar, kamchiliklar, yaramas odatlarni fosh qilib tashlashlari talab qilinadi. Oʻz zamonasidagi jabrzulmga qarshi oʻt ochgan, umrining oxirigacha mehnatkash xalqqa sodiq qolgan Zavqiy ham qiyin, murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. Adabiyotshunoslarimiz esa Zavqiy ijodini qunt bilan oʻrganib, shoirning satirik merosidan tanqidiy foydalanib kelmoqdalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling