So'ngi versia indd


ZAVQIyNING OKTABR INQIlOBIdAN


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

ZAVQIyNING OKTABR INQIlOBIdAN 
KeyINGI HAyOTI VA IJOdI
Petrogradda boshlangan 1917-yil fevral 
revolyutsiyasining to‘lqini butun Rossiyani qopladi. Bu 
revolyutsiya samoderjaviyeni ag‘darib tashladi, biroq rus 
burjuaziyasi eserlar va mensheviklarning xoyinligidan 
foydalanib, xalqni aldab, hokimiyat tepasiga chiqib 
oldi. Natijada ikki hokimiyat yuzaga keldi.
Sovetlar oldida butun hokimiyatni muvaqqat 
hukumatdan tortib olish vazifasi turar edi. Biroq 
hokimiyatni faqar qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan olish 
mumkin edi. Kommunistik partiya butun mamlakatda 
qurolli qo‘zg‘olonga tayyorlana boshladi. Turkistonda 
ham sotsialistik revolyutsiya uchun kurash kengayib 
ketdi. 
Zavqiy 1917-yil mart oyining oxirida “Ko‘z 
ochaylik” radifli 8 banddan iborat bir muxammas 
yozadi.
92
92
Bu she’rni burjua millatchilari o‘zi uchun moslab, undagi 
demokratik ruh, xalq talabini ifodalaydigan yerlarini “isloh” qilib, 
qisqartirib, u yoq-bu yog‘ini yulib Qo‘qonda chiqadigan “Tirik 
so‘z” gazetasining 1917-yil 2-apreldagi 1-sonida bosib chiqaradi. 
Gazetadagi panturkist, panislomistlar she’rni “tuzatganda” unga 
o‘z qarashlarini ham tiqishtiradilar. Toshkentda chiqadigan “Najot” 
gazetasi ham “Tirik so‘z” dagi nusxadan ko‘chirib o‘zining 1917-
yil 17-may 14(25)-sonida nashr etadi. Bu she’rning I.M. nusxasi 
gazetalarda bosilgan nusxasidan ancha farq qiladi, bu 8 band (40 yo‘l), 
gazetalardagi esa 7 band (35 yo‘l). She’rning qo‘lyozma nusxasi bilan 
gazeta nusxalari solishtirilsa, ahvol ancha oydinlashadi.
I.M. nusxasida revolyutsiya shunday ta’riflanadi:
 Qonlar to‘kilgach o‘ldi ravnaq fizo hurriyat,
 Qildi zamona sayqal, topdi jilo hurriyat.
 Qishloq-u shahar eshitsun, qildi nido hurriyat,
 Yo‘l boshladi tutib qo‘l bu rahnamo hurriyat,
 Ko‘p yil azob chekkan mehnatga ko‘z ochaylik.


84
Bu
muxammasni shoir Fevral revolyutsiyasiga 
bag‘ishlagan edi. Uni “zulmatda yotgan xalqning 
chirog‘ini yondiruvchi”, xalq boshidagi ochlik, zulm, 
xo‘rlik, kulfatlarini yo‘qotuvchi deb tushunadi. Shuning 
uchun ham shoir hokimiyat tepasidagi kishilarni xalq 
xizmatini jon-u dil bilan bajarishga, xalqning moddiy 
ahvolini yaxshilash, ocharchilikni tugatish, xalqni 
oqartirish ishiga chaqiradi:
Bitsin, hamyat aylang, bu xor-u zor ochlik,
Aylaydi mehnat ahlin ko‘p bemador ochlik.
Kimni qilib bechora, kimlarni qilib ochlik,
Qishlog‘-u shahrimizga bo‘lganmi yor ochlik.
Bu shum balo yo‘qolsun, g‘ayratga ko‘z ochaylik…
93
Bo‘lg‘on vakil bizga, e mutlaqul-inonlar,
Qutlug‘, muborak o‘lg‘ay, hol o‘zgarish zamonlar
94
 
Bu xalqqa bo‘lsangiz gar eng yaxshi posbonlar
95
 
Sarf aylang ushbu yo‘lda bosh birla naqd jonlar,
Bir ish qilingki, Zavqiy, do‘stona ko‘z ochaylik.
Xalq hokimiyatining Sovetlarga o‘tishini, xalqlarga 
– tinchlik, dehqonlarga – yer, ochlarga – non berilishini 
She’rning bu bandi gazetada shunday isloh qilingan:
Alhamdulilloh bo‘ldi ravnaq fizo shariat,
 Qildi zamona sayqal, topdi jilo shariat,
 Har go‘sha gar eshitsun, qildi nido shariat,
 Yo‘l boshladi tutib qo‘l, bu rahnamo shariat,
 Ko‘p yil azob chekding, jannatga ko‘z ochaylik.
She’rning gazetada bosilgan nusxasida shunga o‘xshash “o‘zgarish”lar 
har bir bandida ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Ular Zavqiy she’rini 
o‘z maqsadlariga moslab buzganlar. Shuning uchun she’rning 
yuqoridagi gazetalarda bosilgan nusxalariga original sifatida ishonch 
bilan qarab bo‘lmaydi.
93
Bu band har ikkala gazetada ham butunlay tushirib qoldirilgan.
94 
Gazetada “Tangri ato qilibtur hol o‘zgarish zamonlar”.
95
Millat xazoyinig‘a, e yaxshi posbonlar.


85
talab etar edi. Zavqiy bu she’rida mehnatkash ommaning 
fevral revolyutsiyasi oldiga qo‘ygan talablarini ifodalay 
oladi. 
Rivojlanib borayotgan ijtimoiy hodisalarni qiziqib 
kuzatib borayotgan demokratik adabiyotning og‘ishmay 
kelayotgan vakillaridan Hamza Hakimzoda va Zavqiylar 
Oktabr revolyutsiyasini xursandchilik bilan qarshi 
oladilar. Ular revolyutsiya tomoniga o‘tib, Sovet davlati 
va mehnatkash omma xizmatiga bel bog‘laydilar.
Zavqiy Qoʻqon shahar ochlikka qarshi kurash 
komissiyasida xalq vakili sifatida ishlay boshlaydi.
Zavqiy qalamiga mansub satiralardan hozirgacha 
qoʻlimizda “Fargʻona” radifli muxammasininggina 
toʻla nusxasi bor, xolos. Afsuski, masnaviy formasidagi 
voqiaband katta asari “Balo” va boshqa uch­toʻrt 
she’rining toʻlaroq nusxasi haligacha topilgani yoʻq.
Ammo “Fargʻona” satirasining oʻziyoq Zavqiyni 
oʻzbek sovet adabiyotining toʻngʻich namoyandalaridan 
biri deyish uchun bizga toʻla huquq beradi. Bu satiraning 
boshida shoir bosmachilar tomonidan yondirilgan, xarob 
etilgan shahar va qishloqlarning fojiali manzarasini 
koʻrsatadi: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling