So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Koʻp shugʻli baland hangramakka.
Sodiqboy oʻtaketgan zahar odam boʻlganidan hech kim uni koʻrishni, soʻzini eshitishni istamaydi: Sodiq yuzi, soʻzi kimga doru? Desam, dedi zaxm, maraz, soʻzakka! Shuningdek, she’rda Fozilxoʻja degan boy ham odam jirkanadigan qilib tasvirlanadi: Fozilxoʻja degan oqfurush bor, Daf har maraz-u zindalikka. 58 Rossiyaning Yevropadagi shaharlarida savdogarlik qiladigan amaldorlar oldida ham soʻzi oʻtkir katta vagonchi boylardan Shokirqora, Odilkoʻrlarni 68 shoir xalq nomidan shunday la’natlaydi: Shokirqora tarz odam ermish, Ming la’nat oʻshal qora eshakka. 69 Izvestniy vagonchi tund koʻr Odil, Oʻlmay turub oʻxshadi kesakka 70 . Shodmonxoʻjaning axloqsizligi xususida shoir shunday hukm chiqaradi: Shodmonxoʻja bachchagʻar, xotinboz, Joyiz solib otsa zambarakka. Asosan boylarning dasturxonchisi boʻlgan sartarosh Ota Fozil kambagʻallarga koʻp azob berganligidan itga oʻxshatiladi: Mavlon 71 eshigida Ota Fozil, Oʻxshaydi baroq desam, koʻppakka. Savdogar Abdulla hoji oʻlgudek suyuq, beta’sir boʻlganidan shoir: Abdulla hoji suyuldi koʻproq, Ming marotaba chap berur kurakka, 68 1914-yilda yozilgan “Afandilar” she’rida ham bu boy eslatiladi, ayniqsa, 1918yilda yozilgan “Fargʻona” muxammasida bu boy dushman sifatida fosh etiladi 69 Shokirqora oʻz zavodida ishlaydigan ishchilarga haq bermaganligi uchun ishchilar toʻplanishib, boy uxlayotgan soʻriga kerosin sepishib, oʻt qoʻyib yuboradilar. Bu haqda Zavqiy “Kuyib oʻlgan boy” satirasini yozadi. 70 Murabbiyevdan olingan nusxadan. 71 “Voqeai Bektur”da nomi tilga olingan shaxs. 59 – deydi. Abduqodir ismli savdogar shu qadar xasiski, uning qattiqligini shoir danakka oʻxshatadi: Soʻfining bolasi Abduqodir, Qattiqligi oʻxshamish danakka. Banklar, yirik kapitalistik birlashmalar bilan muomala qiladigan Nabiquli pulni pulga urishtirib pul chiqaradi. Ammo kuchayib borayotgan konkurensiyada sinishi aniq: Sinmaydi demang Nabiqulini, Paynakni urishtirar sarakka. Toʻqsaboning oʻgʻlini esa raqobatchilari (konkurentlari) raqobatda sindirganlar: Toʻqsaboning oʻgʻlini hariflar Bir oyda chiqardilar chipakka. “Hoji kasal” (Hodixoja boyning laqabi) oʻgʻli Ma’dixoʻja mugʻombir, ayyorlikda dogʻuli; u hatto ayyorlikda Kamakka ham pand beradi: Hoji kasal oʻgʻli bodraftor, Dogʻuliki, pand berur Kamakka. Andijonning mashhur boyi, Mirkomilning gumashtasi Qosimning yengiltakligini shoir xuddi “hind bodparak” (varrak)ka oʻxshatadi: Qosim shamol andak yengilroq, Oʻxshab uchar hind bodparakka. Haromxoʻrlik bilan nom chiqargan uning akasiga xalqning bergan bahosini shoir shunday ta’riflaydi: 60 Xalq oning akasin oʻxshaturlar – Burnini sumak, ogʻzini tuvakka. Ortiqbachcha ismli boy semiz, dumaloq boʻlganidan zambarakning snaryadiga oʻxshatiladi: Ortiqbachani semirtiringlar, Oʻq boʻlgʻusi zambarakka. Xoʻjabachcha boʻlsa, oʻtaketgan nafsi yomon, ochkoʻz: Koʻr ishtahasini xoʻjabachcha, Osh solib ichar emish chelakka. Toshkent boylaridan biri boʻlgan Fayzi shayton pul topish uchun eng yaramas, iflos ishlar bilan ham shugʻullanaveradi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling