So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Ehson eting gʻariblarga imkon boricha,
Achchiq suxan birla anga siz bu jazo demang, Ta’b aylamang birovni bu kashfi vujud deb, Bu magʻribi, bu hindi, bu ahli Javo 56 demang. Suratlari agarchi nazarda haqir esa, Bir soʻz alarni(ng) yuziga bemarhabo demang. Ammo shoir gʻariblarning ogʻir ahvolga tushish sabablarini fosh etolmaydi. Zavqiy “Sayohatnomasi” matni toʻla topilmaganligi uchun, uning ayrim parchalariga qarab muhokama yuritib boʻlmaydi. Zavqiy sheriklari bilan 1903yil yozida Qoʻqonga qaytib kelganda, Muqimiy vafot etgan edi. Sevimli 55 Shogirdlarining aytishicha, bu she’r shoirning qo‘lyozma devoniga I.A. tomonidan ko‘chiriladi. Devon hozircha topilmagan. Shuningdek, bu she’rning birorta to‘la nusxasini ham topolmadik. 56 Yava 48 qadrdon doʻst, hamdard, birbiriga suyanib qolgan kishidan ajralish Zavqiyga juda ogʻir ta’sir etadi. 57 Shundan keyin yozgan ayrim lirik she’rlarida Muqimiyni eslaydi, qadrdon doʻstlardan ajralib yolgʻiz qolganligi uchun afsuslanadi. Zavqiy safardan qaytgandan soʻng umrining oxirigacha kosibchilik hunari bilan shugʻullanib, Oʻzbekistondan boshqa joyga chiqmaydi. Zavqiy ijodi tobora takomillashib, undagi satira, yumor oʻtkirlashadi. Zavqiy o‘zining ijodida real hayotni atroflicha qamrab olishga harakat qiladi. Hukmron sinflar oʻrtasida ruhoniylarning mavqeyi juda katta edi. Ular espluatator sinflar manfaatini har tomonlama himoya qilar edilar. 1898-yilda Andijon uyezdi Mingtepa volostidagi eshon Muhammadali xalfa bosh koʻtarib chiqadi. U xalqlar orasidagi nizo, dushmanchilik oʻtlarini yoqib, shu yoʻl bilan Rossiyani kuchsizlantirib, Oʻrta Osiyo, Kavkaz va boshqa joylarni bosib olish niyatida boʻlgan Angliya va Turkiya kabi chet davlatlar tomonidan yuborilgan agentlar yordami bilan ruslarga qarshi gʻazovot e’lon qiladi. 58 Eshon Fargʻonada yana xonlik davrini tiklamoqchi, taraqqiyotni orqaga burmoqchi, mehnatkash ommani 57 Zavqiy haqida ma’lumot beruvchi kishilar uning Muqimiy o‘limiga marsiya yozib, oxirida tarix tushirganini aytadilar. Biroq bu she’rni topolmadik. 58 1896-yil eshon turk sultoniga xat yozib, undan maslahat so‘raydi. 1898-yilda u xalifa Abdulmajiddan sovg‘a va yorliq oladi. Eshonning huzuriga sultonning agentlari ham keladi. Shundan keyin u Andijonga qarab harakat boshlaydi. Ostroumov. “Sart’, 1908, 226-bet va “Turkiston viloyatining gazeti”. 1898-yil, avgust, sentabr, oktabr, noyabr oylaridagi sonlariga qaralsin. 49 Rossiyadan ajratib olib, Angliya kabi imperialistik davlatlarga yem qilib bermoqchi edi. Eshonning bu harakati haqida keyingi vaqtlargacha ayrim olimlar orasida turlicha qarashlar mavjud. Zavqiyning g‘azal formasida yozilgan “Hajvi yigchi eshon” 59 sarlavhali 42 misra she’ri ham xarakterlidir. Uning bu she’ri Dukchi eshonga va uning qilgan ishlariga mehnatkash omma, oʻz davrining progressiv fikrdagi kishilari bergan bahosi, qarashlarini toʻla aks ettiradi. Zavqiy eshonning gʻazovoti mehnatkash ommaning qirilganligiga, xonavayron boʻlganiga, podshoning jazo otryadi tomonidan qishloqlarning xarobazorga aylantirilishiga achinadi. Shoir bu voqea tafsilotini zoʻr achinish va qaygʻu bilan shunday bayon etadi: Ishni sen qilding, baloga qoldilar bechora xalq, Gʻozani sen yeb, kesildi boʻzchi, bangi yo eshon. Shuhratingning ofati yolgʻiz oʻzingga tegmadi, Balki sen ofat boʻlib, qilding vabo paydo, eshon Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling