So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Eh kasofatlik vujuding nahsidin Mingtepada
Xonavayron boʻldi bir ming manzil-u ma’vo, eshon, Qancha odam oʻldilar, koʻp xalq boʻldilar asir, Shar’ hukmi qoniga zomin boʻlibsan, ho eshon. Nomuborak maqdaming Mingtepani qildi xarob. Gar qadam qoʻysang chiqargay dudlar daryo, eshon. 59 Bu she’r qo‘lyozma holda juda ko‘p tarqalgan. 1929-yil Toshkentda bosilgan «Devoni Muqimiy maa hajviyot” kitobining 114-115-betlarida ham bosilgan. 50 Bu misralarni oʻqigan kishining koʻz oʻngida podsho farmoni bilan jazo otryadi tomonidan toʻpga tutilgan Mingtepa, Xakan qishloqlarining yer bilan yakson boʻlgan xarobalari, ochlik, qashshoqlik ustiga toʻp yemi boʻlib qirilib ketgan minglab qariyalar, goʻdaklar, boshpanasiz sarson boʻlgan oilalar, turma va surgunlarda azob chekayotgan gunohsiz kishilar gavdalanadi. Zavqiy “Muncha ko‘p” she’rida kapital dunyosining fahsh muhitini, undagi qabih, jirkanch, yaramasliklarni nafrat bilan tasvirlab, zulm, huquqsizlikka la’nat oʻqiydi va zamonidan shikoyat qiladi: Nodon sevar zamona, dod, ilkingdin netay, Boshim olib figʻon ilayo bir tomon ketay. Ushbu diyori masxarani emdi tark etay. Tinmay shikoyat ila yomonga raqam bitay… Modar zino-yu otasi bezor muncha koʻp. Shoir qishloqlar va undagi ochyalangʻoch dehqon lar ahvolini ham bu she’rning bir bandida koʻrsatib oʻtadi: Qishloq eli shoptoliqoqi, non topolmagay, Kiygan libosini tortmasa (beli)ni yopmagay, Koʻrdi bu mashaqqati hargiz yoʻqolmagay, Oʻldi, sovuqda koʻpi och, oʻtin yoqolmagay, Qish chillasida yozga umidvor muncha koʻp. Shoir bu fikrlarini “Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi” she’rida toʻldiradi, chuqurlashtiradi, qishloqlarning 51 xaroblashgan manzarasi, dehqonlarning achinarli hayotini quyidagicha ifodalaydi: Turfaroq qishlogʻidurkim, degonidin yoʻq asar, Buzulib xonalari bir-biridin xalqi batar. Biri tom-u kapada, ba’zi qamish uyda yotar, Yashagay ushbu zaylda tun-u kun xavf-u xatar, Gohi bedor kechalarda, gohi hasrat qilishar. Ikki qishloqda talash bir elag-u supralari, Kir suvi magʻzavadek qop-qoradur shoʻrvalari, Bolish uzra somon-u sholi poxol koʻrpalari, Oshqovoq somsa, quruq talqon erur tuhfalari, Zogʻoranonini koʻrsa, talashib xoʻp tepishur. Kapa boshiga osilgan qoshigʻi birla qovoq, Siri koʻchgan, labi uchgan bisoti ikkita tovoq, Arigʻ-u rangi sariq, qorni ishib, boʻyni sovoq, Kecha-kunduz boyaqishlarni, koʻring, fikri tomoq, Erta-kech qozon ichiga koʻcha boʻtqa solishar. She’rning mana shu misrlalari zoʻr umumlashtirish kuchiga egadir. Buni oʻqigan kishi Turkiston viloyatidagi hamma qishloqlarni koʻz oldiga keltirib, u haqida fikr yurita oladi. Turkiston sharoitida tovaraqcha munosabatlarining oʻsishi natijasida rus kapitalistlari Oʻrta Osiyodagi xomashyo – paxtani koʻproq va arzonroq narx bilan oʻz qoʻllariga kiritish uchun paxtakor dehqonlarga qarz beradilar. Bu mablagʻlarni savdo firmalari banklardan olib, qishloqdagi boy dehqonlarga berar, ular esa oʻz navbatida ustiga yana protsent qoʻyib, paxta va boshqa mahsulot yetishtiruvchi dehqonlarga 52 tarqatar edilar. Shunday qilib, bankdan chiqqan qarz pul qoʻlmaqoʻl oʻtib, ikkiuch pogʻona bilan foyda protsentlari oshib, kambagʻal, oʻrtahol dehqonlarga oʻtar edi. Koʻp protsent bilan veksel orqali qarz olgan dehqon ma’lum bir sabab bilan (holsizlik v.b.) oʻz qarzini uza olmasa, yeri oʻrtadagi vositachi boy yeriga qoʻshilib ketar, oʻzi batrakka aylanar edi. Zavqiy oʻz asarida ana shunday qishloqni va undagi ekspluatatorlar tomonidan talanib, xonavayron etilgan xalqning ogʻir ahvolini tasvirlaydi. Zavqiyning sobiq xoʻjayini Moʻminshohning ukasi Shoolim (Shoolim choʻloq boʻlganidan rastadagilar so‘z o‘yini bilan “Sholim” deb ataganlar) Qoʻqon bozoridagi poyafzal rastasida oqsoqollik qilar, uning yordamchisi namanganlik Abdurahmon nomli savdogar boʻlib, mugʻombirligidan kosiblar unga “Shayton” deb laqab bergan edilar. Shoolim, Abdurahmon shaytonlar turli bahonalar bilan kosibhunarmandlardan pul yigʻishga kirishadilar. U pullarning bir qismini oʻzlari olib, qolgan bir qismini shahar hokimi, pristav va boshqalarga berib turadilar. Shuning uchun ham bular rastada istagancha noma’qulchilik qilaveradilar. Bechora kosiblarning arzdodini eshitadigan boshqa kishilar boʻlmaganidan, ular bunday hollarda Muqimiy, Zavqiy kabi oʻzlarining shoirlariga murojaat qilar edilar. Bular boʻlsa xalqni talayotgan, zulm qilayotgan kishilar ustidan oʻz she’rlarida xalq muddaosiday hukm chiqarib, yana xalqning oʻziga qaytaradilar. Kunlarning birida Zavqiy Shoolim haqida kosiblar tilidan quyidagi she’rni yozib, rastada tarqatadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling