So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Yashirur yuz koʻcha-koʻylarda koʻrib turqingni,
Mahalla, katta-kichikka dilozor boʻlmay oʻl…
Choʻl ilon yoki gazanda kabi mardumni chaqib,
Pand berishda tulki-yu echkiemor boʻlmay oʻl…
Har soʻmidin miri deb foydaga qoʻyding pullar,
Beva-bechoraning osilmogʻiga dor boʻlmay oʻl…
Gʻoʻdaslik boydagi bu tuban qiliqlar hamma 
sudxoʻrlar, boylar uchun xarakterli xususiyat boʻlganligi 
uchun, bu – boy sudxoʻrlarning tipik vakilidir. Shoir 
tomonidan bu boyga boʻlgan nisbatan qarash ham 
bevosita aholining boylarga boʻlgan nafratini ifodalay 
oladi.
Zavqiy “Ahli rasta”
65
she’rini 1904-1905-yillar 
orasida iyun oyida yozib, bir juma kuni Qoʻqonning 
Moʻymarak (Moʻyi muborak) nomli saylgoh yeridagi 
bir baland terakka yopishtirgizib qoʻyadi
66
. Shu kunlarda 
xalq sayli boshlanganligidan bu she’r yopishtirilgan 
65
I. A., A. Gʻ., I. M. lar she’rning yozilgan yilini oʻz yoshlariga nisbat 
berib, taxminan yuqoridagi raqamlarni chiqaradilar.
66
She’rni koʻchirib terakka yopishtirgan kishi I. Musayev hozir 
Andijonda yashaydi


56
kunning oʻzidayoq xalq orasida tarqaladi. Saylga 
atrofdan kelgan kishilar she’rdan nusxalar koʻchirishib 
oladilar. Bu she’r bir hafta ichida Qoʻqon atroflariga 
tarqalganidek, Margʻilon, Skobelev (hozirgi Fargʻona), 
Andijon va boshqa shaharlarga ham tarqaladi.
67
Xabardor kishilar askiya-payrov sohasida 
ham Zavqiyning Muqimiy kabi usta, peshqadam 
boʻlganligini tasdiqlaydilar. Shuning uchun ham uning 
koʻpchilik yumor­satiralari, shu qatorda “Ahli rasta”si 
ham askiya­payrov ta’sirida yozilgan boʻlib, she’rning 
ayrim misralari qochirim yoʻli bilan bir necha xil 
ma’noni anglatadi.
Zavqiy Qoʻqon shahar rastasidagi savdogar boylar, 
chorbozorchi bazzozlar, vagonchilar, bank bilan 
muomala qiluvchilar va boshqalarning (Zavqiy hajv 
qilgan 46 ta boy, boyvachchalar Turkiston viloyatining 
hamma shaharlaridan tashqari, Rossiya shaharlari 
bilan ham savdo qiluvchi kishilar edi) xarakteri, xulq-
atvori, fe’lini yaxshi oʻrgangan edi. Zavqiyga ularning 
nima bilan nafas olishlari, nimalar haqida oʻylashlari, 
qilayotgan ishlari, kishilar bilan muomalalari besh 
qoʻldek ayon edi. Shoir nazdida insonning sharafli 
nomini bulgʻab, inson nomiga dogʻ tushirib, isnod 
keltiruvchilar oʻshalar boʻlib koʻrinadi. Bu odamlar iflos 
xulq­atvorlari bilan ham bulgʻaydilar, erkin fikrlarni 
boʻgʻadilar, oʻz rohati uchun koʻpchilik mehnatkash 
ommani zaharlaydilar.
67
Bu she’rning Margʻilon, Andijon, hatto Oʻshdan topilgan 
qoʻlyozma nusxalari ham qoʻlimizda bor. Asosan bu yerda A.Gʻ. 
nusxasi keltiriladi.


57
Zavqiy “Ahli rasta” she’rida ana shu nomdor 
boylarni masxara qiladi. Xalq oldida ularning sirlarini 
fosh etadi. Shoir oʻtkir san’atkor sifatida boylardagi 
eng tipik xususiyatlarni tanlab oladi­da, oʻquvchi koʻz 
oldida ustalik bilan chizadi. Ularning iflos fe’l­atvorini, 
kulgili va jirkanch qiyofalarini yaqqol tasvirlab beradi.
Zavqiy bu she’rida rasta ahllari – savdogarlardan 
qirq olti kishi ustida toʻxtaydi, ularning har biriga qisqa­
qisqa xarakteristika beradi. Bu xarakteristikalar qisqa 
boʻlishiga qaramay, hajv qilinuvchilarning haqiqiy 
qiyofasi bilan oʻquvchini tanishtira oladi.
Koʻrsatma (siringni) yangi boyga
Karnay chaladur boʻlar-boʻmakka.
Bu yerda Yangiboyning muttaham, igʻvogarligiga 
nafrat bildiriladi. Ahmadjonboy ham oʻz qiligʻi bilan 
Yangiboydan oʻtib tushadi:
Kofircha degan haromi boy bor,

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling