So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Butun olamda eng a’lo kalishdur, 
Kiyar odamga xoʻb zebo ravishdur.
Nishoni ushbudur tumor tamgʻa
Treugolnigin ma’lum bilishdur.
Yengiltak, issigʻu koʻp jonga orom,
Davo har fasli loyu daf’i qishdur.
Chapak chalgay goʻdaklarday sochib loy,
Kiyar odamga zil-zambar kalishdur.
Qadoq solgan qabartmoqdin ayoqqa,
Tovondin panja to yaksar harishdur.
Oʻruscha maqtasa Zavqiy – xorosho,
Juvon, pir, mardu-zan monandi ishdur.
45
Bu she’rda Zavqiy, garchand oʻzi kavishdoʻz 
boʻlsa ham, galoshni oʻz zamonasidagi yangilik 
sifatida maqtaydi, uni targʻib qiladi. Shoir oʻz ijodining 
dastlabki yillaridagi realizmni mukammallashtirishga 
harakat qiladi. Oʻz she’rlari uchun real hayotdan aktual 
temalar qidiradi. Shoir turmushdagi yangiliklarning 
ijobiy tomonlarini koʻra oladi. Zavqiyning shu yillarda 
Muqimiy bilan mushoira yoʻlida yozgan “Fonus” 
44
Bu dostoncha F S dagi Furqatning qo‘lyozma bayozida bor.
45
I.M.I.A nusxalariga asoslanildi.


42
radifli she’ri ham asosan shu ruhda yozilgan. Unda ana 
shunday misralar bor:
…Kel munda emdi etkur kulbamga nur, fonus.
Vasfing eshitganimda xushvaqt boʻldi koʻnglim,
Ko‘z ravshan oʻldi sendin, dilga surur, fonus.
Tunlar qora chirogʻni hargiz shamol qoʻymas,
Sensiz kamina Zavqiy koʻp behuzur, fonus.
46
Bu she’rda qora chiroqqa nisbatan fonusning 
ustunligi koʻrsatiladi. Shishalik lampa chiroqlar
fonuslarni ham xalq asosan mamlakatning Rossiyaga 
qoʻshilishi natijasidagina koʻra boshlagan edi. 
Shuningdek, shoirga pochta, telegraf, poyezdlarning 
qatnashi moʻjiza kabi tuyuladi, beso‘naqay aravalardan 
izvoshlarning afzalligi ma’lum boʻladi, bu yangiliklarni 
koʻrib quvonadi. Zavqiy 1897­yili Fargʻonada temir 
yoʻl qurilib, poyezd paydo boʻlishini koʻrib, yozgan 
“Essiz oʻtgan zamonlar” she’rida bunday deydi:
…Kim ishda ilm hikmat qoʻllab ochar tilsimot,
Oʻtxona birla bir rad
47
 ketur bari vagonlar. 
Purjinali kalaska
48
 jon rohati olisga,
Topur telegramdin ziynat yangi zamonlar. 
49
Furqat ham 1889-1891-yillar orasida rus 
madaniyatini targʻib qilib “Gimnaziya”, “Telegraf 
bayonotida”, “Suvorov haqida”, “Vistavka”, “Royal 
haqida”, “Konsert taassuroti” kabi bir qancha she’rlar 
46
Sh. I. inv. №7521, 34­bet inv. 1325 dagi nusxalari, I.M. nusxasi.
47
Ryad (ruscha so‘z) – qator.
48
Kolyaska 
49
Furqat. Tanlangan asarlar, 1951, 23-41- bet


43
yozganidek, Muqimiy ham “Aroba qursun”, “Aravang”
50
va boshqa shu kabi she’rlarida davr yangiliklarini targʻib 
etgan edi.
Zavqiy xonlar davrida texnika va madaniy taraqqiyot 
boʻlmaganiga afsuslanadi, mamlakatning qoloq boʻlib 
qolishiga oʻshalarni sababchi deb biladi. Shoir u davrda 
oʻtgan umrlarga achinadi: 
Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,
Asrida begu xonlar essiz oʻtgan zamonlar.
Lekin Zavqiy maishiy turmushga kirgan, kirib 
kelayotgan yangiliklardan faqat boylar, savdogarlar, 
oʻziga toʻq imtiyozli kishilargina foydalanayotganligini, 
bu narsalar koʻpchilik mehnatkash ommaning iqtisodiy 
ahvolini battarroq ogʻirlashuviga sabab boʻlayotganini 
she’rlarida chuqurroq koʻrsatib bera olmaydi. 
Qoʻqon 
shahridagi 
bozorlar 
pudratchisi 
Moʻminjonboy Zavqiyni mirzalik xizmatiga qabul 
qilmoqchi boʻladi. Togʻasining iltimosi va oʻzining 
tortayotgan qiyinchiligi tufayli shoir rozi boʻlib, 
boyning qoʻlida 3­4 yil (1885­1890) ishlaydi. Ammo u 
kosibchilik hunarini ham, avvalgi yor­u doʻstlarini ham 
tashlamaydi. Moʻminjon boy savdo bilan Turkistonning 
koʻp shaharlariga borar edi. Zavqiy ham xoʻjayini 
bilan birga Xoʻjand, Toshkent, Buxoro, Andijon kabi 
shaharlarda boʻladi, savdogarlarning koʻpi bilan 
tanishadi.
51
50
Muqimiy. Tanlangan asarlar, 1953, 45, 46, 47-betlar
51
Ayrim kishilar Zavqiyni vofurushlik qilgan deydilar. Lekin shoirni 
yaqindan biluvchi kishilar bu da’voning noto‘g‘ri ekanligini aytadilar. 
Zavqiy shu boyning tovarlarini, poyabzallarini shaharga borib 
savdogarlarga tarqatib yurgan. 


44
Xabardor kishilarning aytishicha, xoʻjayini bilan 
Zavqiyning munosabati yomonlashib, oxiri xoʻjayin 
uni ishdan haydab yuboradi. Haydalish sabablaridan 
biri boyning ukalari Shoolim bilan Xoʻjaxonlarning 
yaramasliklari shoir tomonidan fosh etib, hajv qilinishi 
edi. Moʻminjonboy shoirni oʻz xizmatidan haydash bilan 
birga, uning haqida tuhmat gaplar tarqatadi. Zavqiy ham 
keyinroq yozilgan “Ahli rasta” she’rida boyni shunday 
xarakterlab tilga oladi: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling