So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Eh kasofatlik vujuding nahsidin Mingtepada
Xonavayron boʻldi bir ming manzil-u ma’vo, eshon,
Qancha odam oʻldilar, koʻp xalq boʻldilar asir,
Shar’ hukmi qoniga zomin boʻlibsan, ho eshon.
Nomuborak maqdaming Mingtepani qildi xarob.
Gar qadam qoʻysang chiqargay dudlar 
daryo, eshon.
59
Bu she’r qo‘lyozma holda juda ko‘p tarqalgan. 1929-yil 
Toshkentda bosilgan «Devoni Muqimiy maa hajviyot” kitobining 
114-115-betlarida ham bosilgan.


50
Bu misralarni oʻqigan kishining koʻz oʻngida 
podsho farmoni bilan jazo otryadi tomonidan toʻpga 
tutilgan Mingtepa, Xakan qishloqlarining yer bilan 
yakson boʻlgan xarobalari, ochlik, qashshoqlik ustiga 
toʻp yemi boʻlib qirilib ketgan minglab qariyalar, 
goʻdaklar, boshpanasiz sarson boʻlgan oilalar, turma 
va surgunlarda azob chekayotgan gunohsiz kishilar 
gavdalanadi. 
Zavqiy “Muncha ko‘p” she’rida kapital dunyosining 
fahsh muhitini, undagi qabih, jirkanch, yaramasliklarni 
nafrat bilan tasvirlab, zulm, huquqsizlikka la’nat oʻqiydi 
va zamonidan shikoyat qiladi:
Nodon sevar zamona, dod, ilkingdin netay,
Boshim olib figʻon ilayo bir tomon ketay.
Ushbu diyori masxarani emdi tark etay.
Tinmay shikoyat ila yomonga raqam bitay…
Modar zino-yu otasi bezor muncha koʻp.
Shoir qishloqlar va undagi och­yalangʻoch dehqon­
lar ahvolini ham bu she’rning bir bandida koʻrsatib 
oʻtadi:
Qishloq eli shoptoliqoqi, non topolmagay,
Kiygan libosini tortmasa (beli)ni yopmagay,
Koʻrdi bu mashaqqati hargiz yoʻqolmagay, 
Oʻldi, sovuqda koʻpi och, oʻtin yoqolmagay,
Qish chillasida yozga umidvor muncha koʻp.
Shoir bu fikrlarini “Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi” 
she’rida toʻldiradi, chuqurlashtiradi, qishloqlarning 


51
xaroblashgan manzarasi, dehqonlarning achinarli 
hayotini quyidagicha ifodalaydi:
Turfaroq qishlogʻidurkim, degonidin yoʻq asar,
Buzulib xonalari bir-biridin xalqi batar.
Biri tom-u kapada, ba’zi qamish uyda yotar,
Yashagay ushbu zaylda tun-u kun xavf-u xatar,
Gohi bedor kechalarda, gohi hasrat qilishar.
Ikki qishloqda talash bir elag-u supralari,
Kir suvi magʻzavadek qop-qoradur shoʻrvalari,
Bolish uzra somon-u sholi poxol koʻrpalari,
Oshqovoq somsa, quruq talqon erur tuhfalari,
Zogʻoranonini koʻrsa, talashib xoʻp tepishur.
Kapa boshiga osilgan qoshigʻi birla qovoq,
Siri koʻchgan, labi uchgan bisoti ikkita tovoq,
Arigʻ-u rangi sariq, qorni ishib, boʻyni sovoq,
Kecha-kunduz boyaqishlarni, koʻring, fikri tomoq,
Erta-kech qozon ichiga koʻcha boʻtqa solishar.
She’rning mana shu misrlalari zoʻr umumlashtirish 
kuchiga egadir. Buni oʻqigan kishi Turkiston 
viloyatidagi hamma qishloqlarni koʻz oldiga keltirib, u 
haqida fikr yurita oladi. Turkiston sharoitida tovar­aqcha 
munosabatlarining oʻsishi natijasida rus kapitalistlari 
Oʻrta Osiyodagi xomashyo – paxtani koʻproq va 
arzonroq narx bilan oʻz qoʻllariga kiritish uchun paxtakor 
dehqonlarga qarz beradilar. Bu mablagʻlarni savdo 
firmalari banklardan olib, qishloqdagi boy dehqonlarga 
berar, ular esa oʻz navbatida ustiga yana protsent qoʻyib, 
paxta va boshqa mahsulot yetishtiruvchi dehqonlarga 


52
tarqatar edilar. Shunday qilib, bankdan chiqqan qarz 
pul qoʻlma­qoʻl oʻtib, ikki­uch pogʻona bilan foyda 
protsentlari oshib, kambagʻal, oʻrtahol dehqonlarga 
oʻtar edi. Koʻp protsent bilan veksel orqali qarz olgan 
dehqon ma’lum bir sabab bilan (holsizlik v.b.) oʻz 
qarzini uza olmasa, yeri oʻrtadagi vositachi boy yeriga 
qoʻshilib ketar, oʻzi batrakka aylanar edi. Zavqiy oʻz 
asarida ana shunday qishloqni va undagi ekspluatatorlar 
tomonidan talanib, xonavayron etilgan xalqning ogʻir 
ahvolini tasvirlaydi. 
Zavqiyning sobiq xoʻjayini Moʻminshohning ukasi 
Shoolim (Shoolim choʻloq boʻlganidan rastadagilar so‘z 
o‘yini bilan “Sholim” deb ataganlar) Qoʻqon bozoridagi 
poyafzal rastasida oqsoqollik qilar, uning yordamchisi 
namanganlik Abdurahmon nomli savdogar boʻlib, 
mugʻombirligidan kosiblar unga “Shayton” deb laqab 
bergan edilar. Shoolim, Abdurahmon shaytonlar turli 
bahonalar bilan kosib­hunarmandlardan pul yigʻishga 
kirishadilar. U pullarning bir qismini oʻzlari olib, qolgan 
bir qismini shahar hokimi, pristav va boshqalarga berib 
turadilar. Shuning uchun ham bular rastada istagancha 
noma’qulchilik qilaveradilar. Bechora kosiblarning 
arz­dodini eshitadigan boshqa kishilar boʻlmaganidan, 
ular bunday hollarda Muqimiy, Zavqiy kabi oʻzlarining 
shoirlariga murojaat qilar edilar. Bular boʻlsa xalqni 
talayotgan, zulm qilayotgan kishilar ustidan oʻz 
she’rlarida xalq muddaosiday hukm chiqarib, yana 
xalqning oʻziga qaytaradilar. 
Kunlarning birida Zavqiy Shoolim haqida kosiblar 
tilidan quyidagi she’rni yozib, rastada tarqatadi:


53

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling