So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
“Ey birodari ahli tamiz,
Eski mahsi-yu kovush tikamiz” viveskasi osilgan shoir ishxonasi har doim yor- doʻstlari bilan toʻla boʻlar edi. Zavqiy Qoʻqon shahrining madaniyatli kishilari – olimlar, shoirlar, musiqachilar, hofizlar bilan yaqin aloqada boʻlib turadi. U hayotdagi barcha voqealar va oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatadi, oʻrganadi va ular haqida tegishli xulosalar chiqarib boradi. Zavqiy Qoʻqon va boshqa shaharlarda banklar, savdo korxonalari, magazinlar ochilayotganini, paxta tozalash va boshqa zavodlar solinayatganini koʻrdi, savdogarlar, sudxo‘rlar, vositachi-dallolar, zavodchi boylar bir-birlari bilan raqobat qilib ba’zilari boyib, ba’zilari sinayotganlarining 38 guvohi boʻldi. Ayrim kishilar qoʻlida boylik va kapital toʻplanib, koʻpchilik mehnatkash kosib va hunarmandlar, dehqonlar, ishchilar qashshoqlik va xor-u zorlikda yashayotganini, hamma yerda mehnatkash ommaning ahvoli ogʻirlashib, yomonlashib borayotganini, mahalliy va rus amaldorlarining zulmi tobora oshayotganini, boylar va sudxoʻrlarning ochkoʻzligi, yirtqichligi ortayotganini, reaksion munofiq ruhoniylar tobora razillashayotganini, mehnatkash ommaning bularga qarshi nafrati yanada ortib borayotganini ham oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Zavqiy doʻstlari Muqimiy va Furqat bilan ijodiy hamkorlikda oʻz davrining demokratik talablariga javob berarli realistik asarlar yarata boshlaydi. Demokrat yozuvchilar oʻz asarlarida mehnatkash xalq manfaatini himoya qildilar, xalqning ogʻir ahvolini, mavjud tuzumga qarshi noroziligini aks ettirdilar, ekspluatator sinflarning sirlarini fosh qildilar, xalqni ilmma’rifatga, rus madaniyatidan bahramand boʻlishga chaqirdilar. Zavqiy 18801885yillarda koʻzga koʻringan shoir boʻlib taniladi. Uning yaqin doʻstlari, adabiy suhbatdoshlari Muqumiy, Furqat, Nasriddin, Nisbat, Muhhayyirlar edi. Zavqiyning shu yillarda yozgan gʻazallarida uchraydigan quyidagi misralar uning kim bilan doʻstoshno boʻlganligini yaxshi isbotlaydi: Sochsa Muqumiy guhar, soʻz birla Furqat anbar, Suhbatda barcha dilbar Zavq etdi mehmonlar. Muqumiy, Zavqiylar atrofida faqat shoirlargina toʻplanib qolmay, Mamatbuva, Moʻmin qishloqi, Erka qori, Dadajon hoji, Farzinbek, Mulla Qodirqul, Mulla Ahmad, Mamajon Makay kabi oʻz davrining usta 39 askiyachixalq qiziqchilari, sozandalari, hofizlari ham yigʻilar edilar. Bular goh Muqumiy hujrasida, goh Zavqiyning doʻkonxonasida, uyida, ba’zan boshqa oʻrtoqlarinikida toʻplanishib, suhbat qilishar, bir birlariga javoban turli mavzularda she’rlar aytishar, mutolaa qilishar edi. Zavqiyning “Essiz oʻtgan zamonlar” 40 she’rining yuqoridagi misralari oʻshanday oʻtirishlardan birini oʻquvchilarning koʻz oldiga keltiradi. Yoki: Garchi yoʻq tab’i Muqiymim Furqati hijron chekib, Bir muvashshaq zavqidin koʻrsin radif ash’or ham. 41 Vasl aro masti nigoh erdim Muqumiy Furqating Chekdirib Zavqiyni emdi badxumor aylar koʻzim. Muqumiy Furqating har yon kanora tutdilar, Dilida Zavqiyning koʻp muddao, ukam, kelasiz. 42 Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bir radif, bir qofiyada, birbirlariga nazira qilib gʻazallar yozishdan tashqari, Muqimiy bilan Zavqiy 3-4 ta she’rni birlikda ham yozganlar. Ularning bu she’rlarida asosan bir gʻoya, bir fikr ilgari suriladiki, bu ular oʻrtasidagi samimiy munosabatning mahsuli edi. Shoir Furqat “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan tarjimai holida bu adabiy oʻtirishlarni shunday xarakterlaydi: “…asr shuarolaridirkim, chunonchi 40 Bu she’rining yagona I.M nusxasi mavjud. Yozgan, ko‘chirgan yili noma’lum. Xabardor kishilar Qo‘qonga poyezd kelgan yili yozilgan deydilar. 41 “Bayoz ma hajviyoti Mavlono Muqumiy ila Furqat”, 1913-yil Qo‘qon nashri 55-56 bet 42 UzB. 26-bet 40 mavlono Muh’yi, mavlono Muqimiy, mavlono Zavqiy, mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai ta’blarimizdan mushoara qilur edik va bir gʻazalda tatabbu koʻrsatib bir mazmun har nav tarzda ifoda topar edi… va ba’zi vaqt ishq tavsifi va husn ta’rifida gʻazal mashq aylab qadim shuarolar devonidan bir shoʻx gʻazalni tanlab, unga har qaysimiz alohida muxammas bogʻlar edik. Digar she’r arboblari bizlar suhbatimizni orzu aylab kelur edilar. Agar biron margʻub gʻazal zodai tab’ boʻlsa, tabiatlik kishilar nusxa soʻrab olur edilar” 43 . Bu xil oʻtirishlardagi adabiy suhbatning mavzuyi kengayib, zamonasidagi mavjud sotsial hodisalar – shahar va qishloqlardagi mehnatkash ommaning ayanchli ahvoli, shuningdek, amaldorlar, boylar va savdogarlarning jabr-zulmlari, ularning xulq- atvorlari va boshqa masalalarni ham oʻz ichiga olar edi. Muhokama, suhbat, fikr alishuv natijasida shu oʻtirishning oʻzida va yoki kelgusi oʻtirishgacha sotsial hodisalar bilan bogʻlangan, turli temalarda yozilgan, yangi-yangi she’rlar maydonga kelar edi. Muqimiyning “Tanobchilar”, “Toʻyi iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Viktor”, “Voqiai koʻr Ashurboy hoji”, “Gap”, “Choyfurush” va boshqa she’rlari shular jumlasidandir. Muqimiyning bu she’rlariga javoban, Zavqiy ham “Voqiai Viktor”, “Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi”, “Qudashlik boy”, “Abdurahmon shayton”, “Mamarasul duma”, “Zamona kimniki”, “Voqiayi qozi saylov”, “Obid mingboshi haqida hajv” va boshqa satirik she’rlarni yozadi. Muqimiy bilan birlikda mashhur “Veksel” muxammasini yaratdi. Shuningdek, shu yillar mobaynida 43 “Turkiston viloyatining gazeti”, 1891-yil 16-son 41 Furqatning mashhur musaddasi, Muhayyirning “Bir noyib haqida hajv” 44 dostonchasi maydonga keladi. Zavqiy Turkistonning Rossiyaga qoʻshilishi tufayli kundalik hayotda, kishilarning maishiy turmushida astasekin yangiliklar paydo boʻlayotganini koʻradi. U 1886-1887-yillarda kavish bilan galoshni bir-biriga solishtirib quyidagi she’rni yozadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling