So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Toshkent oʻtagʻasi Fayzi shayton,
Qoʻl qoʻydi poʻkan bilan tezakka.
Zavqiy ellikboshining arzandasini ham chekkada 
qoldirmaydi:
Ellikboshi oʻgʻli mokiyonboz,
Ustoz boʻlibdi kurkurakka.
Oliq­soliqlarni kosiblar kechikibroq toʻlasa yoki 
soʻragan narsalarini oʻz vaqtidan kechikibroq toʻlasa, 
duma a’zosi boʻlgan bozor oqsoqoli Abdurashid hoji 
tergovchi inspektorlarni yetaklab kelib, kosiblarni 
qiynar, doʻkonlarni yoptirar, turli shtraflarga duchoq 
qilar edi. Bu holga shoir kosiblar tilidan shunday protest 
e’lon qiladi:
E hoji jahon, koʻp achchigʻim tez,
 Ham yetti pichoq borib suyakka.


61
Shu taxlitda shoir 46 kishining salbiy qiyofasini 
ochib tashlaydi va ularni oʻtkir, achchiq soʻzlar bilan 
xalq oldida sharmanda qiladi.
Shoir tomonidan rasta ahliga berilgan qisqa, ixcham, 
lekin chuqur ma’noga ega boʻlgan bu xarakteristikalar 
zoʻr umumlashtirish kuchiga ega boʻlgan haqqoniy 
faktlar yigʻindisidir. Savdogarlar muhitning koʻz 
ilgʻamas mayda­chuydalarigacha koʻradi, ularning 
barcha xususiyatlarini yaxshi biladi, shuning uchun u 
ixcham misralarda ahli rastaning har biriga ayrim-ayrim 
xarakteristika beradi va ularning xunuk basharalarini 
ochib tashlaydi. 
Shoirning rasta ahliga bildirgan bu protestida 
mehnatkash ommaning ekspluatator sinflarga boʻlgan 
nafrati, dushmanligi oʻz aksini topa olgandir. 
“Ahli rasta” she’ri ommalashib ketgandan keyin 
unda nomlari tilga olingan boylar chidab tura olmay
Shokirqora, Odilkoʻr va boshqalarning boshchiligida 
toʻplanib, shoirning ishlab oʻtirgan hujrasiga bostirib 
kiradilar. Uni sudrashib madrasai Oliyning sahniga olib 
chiqib doʻpposlaydilar.
Zavqiyga boʻlgan hujum ovozasi tezda butun 
rastalarga tarqaladi. Bu voqeani eshitgan hunarmandlar 
alamoni yetib kelib, oʻz “zakonchi”sini boylar qoʻlidan 
ajratib oladi. Bu janjal ustiga bozor oqsoqoli Abdurashid 
hoji, Shoh Inoyat qoʻrboshi va boshqa mansabdorlar 
yetib kelib, boylarning bir necha vakillari bilan shoirni 
qoʻshib mahkamaga olib ketadilar. Orqalaridan kosiblar 
alamoni ham ergashib boradi.
72
72
A. Gʻ., I. A. xotiralaridan. Bu kishilar shu mojaroda ishtirok 
etishgan.


62
Mahkamada boyvachchalar goronishga shoir 
ustidan: “Bizni haqoratladi”, deb ariza beradilar. 
Kechgacha tergov­soʻroq davom etadi. Oxiri goronish 
“Ahli rasta” she’rini tilmoch orqali tarjima qildirib 
eshitadi. Shoirga xitoban: “Agar yana ikkinchi marotaba 
shunday ulugʻ zotlarni haqorat qilsang, sen yamoqchini 
Sibirga yuboraman. Bu beadabchiliging uchun yuz soʻm 
shtraf toʻla”, deydi. Boylarga esa shoirni bundan ham 
battarroq hajv qilib behurmat qilishlikka ijozat beradi. 
Zavqiy har kimlardan qarz koʻtarib, yuz soʻmni toʻlab 
chiqib ketadi.
Goronish Zavqiyni bu she’ri uchun ayblay olmasa 
ham, yuzlangan bu hodisa haqida Qoʻqon uyezd 
hokimini ham xabardor qilgan edi. U Zavqiyni chaqirib, 
soʻroq qiladi va ikkinchi bunday she’r yozmaslik haqida 
qattiq ogohlantirib, tilxat oladi.
Boylar shoirning orqasidan turli tuhmat­boʻhtonlar 
tarqatadilar. “Yana bizga qarshi birorta soʻz aytishga 
jur’at etsa, Sibirga surgun qildiramiz”, deb maqtanadilar. 
Zavqiyni hajv qilib, obroʻsizlantirib berishni oʻzlarining 
laganbardor shoirlaridan iltimos qiladilar va Zavqiyga 
qarshi she’rlar yozdirib tarqatadilar. 
Shoir Zavqiy boʻlsa, boylarga va ularning 
maddohlariga javoban “Talading baring” satirasini 
yozadi. She’rda boylarga qarshi shunday misralar bor:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling