So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Hayhot, eshitsangiz, ulus,
Obid degan qaynar boʻlus, Mansab esiz, xayfi julus, Bad lafz-u bad guftor ekan. Qaynar gapi – qaynar buloq, Hech soʻzga solmas quloq. Oʻlsin yemay, echki-uloq, Koʻp poraxoʻr – murdor ekan. Chaqsam – chiyon deb maqtanar, Men koʻp yomon deb maqtanar, Umrim piyon deb maqtanar, Oʻz aybiga iqror ekan. Zavqiy tasvirlagan Obid mingboshi ham Muqimiyning “Sayohatnoma”sida karikaturasi chizilgan mingboshilardan biri kabi gavdalanadi. Amal- mansabni suiiste’mol qilib, pora bilan boylik toʻplovchi mingboshi va boshqa amaldorlarning hammasi ham xarakterda, xulq-atvorda bir xil edilar. Zavqiy bu yerda mingboshining obrazini chizgan boʻlsa, 1907yilda yozilgan “Shoh Inoyat qoʻrboshi haqida hajv” 75 she’rida boshqa bir chinovnik – Shoh Inoyat obrazini quyidagicha tasvirlaydi: 74 A. Gʻ. nusxasiga asoslanadi. 75 Bu she’rning avtografi qoʻqonlik O.Murabbiyevda. 66 … Shoh Inoyatki amal davrida Nechani(ng) oqizdi koʻzin yoshini. Kibr-u inod-u hasad-u zulm ila Qilgan edi mamli ich-u toshini. Xalqiga tarqatmoq uchun doimo Qurgan edi jabr-u sitam doshini. Kelsa kishi qoshiga arz etgali Tergan edi kiprik ila qoshini. Qilsa kishi fosh vafo shevasin Ortgan edi anga jafo toshini. Qoʻrboshining uyezd hokimi Medinskiy bilan doʻstligi xalqimiz orasidagi “Pes pes bilan qorongʻida topishar” degan maqolni eslatar edi. Shoir buni shunday tasvirlab beradi: Necha kun oʻldi Medinskiyga yor, Topdi borib tunda u yoʻldoshini. Ul edi fir’avn, bu xomon anga, 76 Oʻtti qilib har biri kengoshini… Zavqiy kolonizator hokim Medinskiyni zolim podsho Fir’avnga, uning yerli aholi orasidagi suyanchigʻi qoʻrboshi Shoh Inoyatni – zolimlik, mugʻombirlik, hiylanayrangda Fir’avndan oʻtib tushadigan vazir Xomonga oʻxshatadi. Zavqiyning “Voqiai Viktor” she’rida metropoliya kapitalistlari koloniya xalqlarini talashda mahalliy boylarga suyanganligi koʻrsatilgan boʻlsa, bu she’rda kolonizator chinovniklarning mahalliy amaldorlarga suyanganligi ochiq ifodalangan. Zavqiy nafratlanib tasvirlagan Obid mingboshi, 76 Qadimiy afsonaga koʻra, Muso paygʻambar zamonasida yashagan zolim podsho va uning vaziri. 67 Shoh Inoyat qoʻrboshidagi salbiy xususiyatlar oʻsha zamonning hamma amaldorlari, mansabdorlari uchun xarakterli, tipik xususiyatdir. Shuning uchun ham bu obrazlarni XIX asr oʻzbek adabiyotida Zavqiy ijodining oʻziga xos xususiyatiga koʻra oʻziga xos tipik desa boʻlaveradi. Zavqiyning amalmansab egalari haqida yaratgan satiralari “…achchiqlangan hisning hamlasi, energiyasi, oliyjanob gʻazabning momaqaldiroq va chaqmogʻidir”. 77 Mehnatkash omma vakili sifatida Zavqiy Medinskiy, Obid mingboshi, Shoh Inoyat qoʻrboshi kabi mansab egalarini xalq bilan qilgan muomalasiga qarab baholadi. Zavqiy “Ahli rasta” she’rini yozganidan keyin boshiga qanday kulfatlar kelganini, qanchalik ta’qib, kuzatishlar ostida qolganini koʻrib oʻtgan edik. U Qoʻqondagi mansabdorlar koʻziga yomon koʻrinib qolganidan, bu yerlarda ham goronish, uyezd hokimi huzurida bir necha marotaba soʻroq beradi. 78 Bu ahvoldan ta’sirlangan shoir 1907-1908-yillar orasida “Boʻldi” 79 radifli gʻazal yozib, unda oʻz boshidan kechgan mojarolarga ishora qilish bilan birga, qisman shu yillardagi vaziyatni ham koʻrib oʻtadi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling