So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Eshit arzi holim ey …. lar,
Muncha yakkalading baring.
Chopishib kelib, qoqishib tutib,
Xiyla qoʻrqitib talading baring…
Qalampir soʻzim qildimi asar,
Chopishib har qayonga sarbasar,


63
Misli pashsha chaqqan moda xar, 
Koʻcha-koʻyda shattalading baring.
Menga bir boʻqoqni xirillatib,
Qopib ol ani deb irillatib,
Olaqargʻadek yigʻilib choʻqib,
Menga hurpayib qarading baring…
Bu she’rda shoirning boylarga boʻlgan nafrati, 
gʻazabi yaqqol koʻrinib turibdi. Shunchalik ta’qib, 
tergovlardan keyin ham u boylarga, amaldorlarga taslim 
boʻlishni istamagan. U xalqning kuchiga ishonganligidan 
boylardan ham, ularning homiylari – amaldorlardan 
ham qoʻrqmaydi, ular qarshisida tiz choʻkish emas, 
balki ularga qarshi kurashni davom ettiraveradi.
1905­yil noyabr­dekabr oylarida Qoʻqon deposidagi 
ishchilar zabastovka boshlaydilar. Bunga temiryoʻl 
ishchilarining koʻpchiligi qoʻshiladi. Poyezdlar yurmay, 
toʻxtab qoladi. Bu – 1905­yil revolyutsiyasi toʻlqinining 
Turkiston viloyatining sanoat shaharlaridan biri boʻlgan 
Qoʻqondagi koʻrinishi edi. Muhim manbalarning 
ta’kidlab koʻrsatishicha, bu hodisa bir necha kungacha 
davom etadi. Shoir bilan hamsuhbat boʻlgan keksalarning 
aytishlaricha, Zavqiy bu hodisaning sababini bilishga 
urinadi, depoga chiqib, ishchilar bilan suhbatlashadi, u 
ishchilarning biridan “Nimaga poyezdlar yurmay qoldi? 
Qizil bayroq nimaga ishora, nima sababdan hamma 
amaldorlar sarosima, asabiy?” – deb soʻragan. (Shoir 
suhbatlashgan ishchi oʻzbekchani yaxshi bilgan). U 
ishchi shunday javob beradi:
– Rossiyada ishchilar inqilob qilib, podsholikni, 
burjuy askarlarini yoʻqotish uchun urushmoqdalar. Biz 


64
ham oʻsha harakatga qoʻshilib, birodarlarimizga yordam 
bermoqdamiz.
Bu javobdan hayratlangan shoir ishchilar bilan 
suhbatni davom ettiradi. Suhbatlashgan ishchi
73
Zavqiyning shoir ekanligini bilgach, undan shahardagi 
kosiblar, qishloqlardagi dehqonlarning ahvoli, 
kayfiyatiga doir bir qancha soʻroqlar beradi. Keyingi 
vaqtlarda ham shoir tez-tez depoga chiqib, ishchilar, 
shaxsan oʻsha kishi bilan suhbatlashib yurganligi 
aytiladi.
Shuning uchun ham Zavqiyning shu yillarda va 
undan keyin yozgan “Obid mingboshi haqida hajv” 
(1906), “Shoh Inoyat qoʻrboshi” (1908) kabi satiralari, 
“Kajdor maraz ey zamona” (1905), “Kamsuxanlik” 
(1912-13), “Qahatlik” (1916), “Ajab zamona” (1916) 
kabi siyosiy lirikalarida avvalgilarga qaraganda 
demokratizm, ozodlik, kelajakka umid bilan qarash 
gʻoyalari kuchlidir.
1905­1907­yillar oraligʻida Zavqiyning togʻasi 
Muhammad Siddiq vafot etib, uning merosxoʻr farzandi 
boʻlmaganidan uning Qaynar (sobiq Qoratepa), 
Yangiqoʻrgʻonning Karimbobo mavzuidagi yerlaridan 
Zavqiyga biroz yer meros tegadi. Bu yerlarni shoir 
qishloq­shahardagi yor­doʻstlarining yordami bilan oʻzi 
ekib, oʻzi parvarish qiladi. Hatto u 1906­1907­yillarda 
bir yil Qaynarga koʻchib borib ham turadi. Bu hol 
shoirga qishloq hayotini yanada chuqurroq oʻrganishga, 
73
Zavqiyning shogirdlari aytishicha, bu ishchi (ism-familiyasini 
bilmaydilar) inqilobdan keyin osobiy otdelda ishlagan. Zavqiy bilan 
koʻp uchrashib yurgan. 1920­1921­yillarda bosmachilarga qarshi 
boʻlgan janglarning birida halok boʻlgan


65
dehqonlar ommasining ahvoli, kayfiyati bilan yaqindan 
tanishishga imkon beradi. U 1906-yilda “Obid 
mingboshi haqida hajv”
74
she’rini yozib, bunda qishloq 
amaldorlarining tipik obrazini chizadi.
Bu she’rda Obid mingboshining poraxoʻrligi, 
ahmoq, nodonligi shunday fosh etiladi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling