So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Eshiting qissai men aylayin izhor Fargʻona,
Quyib xokistar oʻldi jumlai bozor Fargʻona, Misol otash bilan boʻldi, koʻring “gulzor” Fargʻona, Xuruji (oʻgʻrilardin) tortadir ozor Fargʻona, Xaloyiqlar koʻziga endi boʻldi tor Fargʻona. Shoir Fargʻonaning shu ahvolga tushishiga sababchi boʻlgan kishilarni yana savalash, fosh etish lozim ekanligini tushundi. Shoir burjua millatchisi, chet el imperializmining agenti Odil koʻrning jinoyatlarini fosh etish bilan unga qarshi nafratini bildiradi: 86 Kim dod aylayin, ahli hukumat boʻlsa Odil koʻr, 96 Koʻp odam qoniga zomin boʻlib bu ablah johil koʻr, Urushni boshladi, qochdi, oʻzi boʻlmay muqobil koʻr, Qochib bilmamki ketti Afgʻon ichra balki Qobil koʻr, Yurib gʻurbatda hargiz koʻrmasin diydor Fargʻona. Shoirning oʻz xalqiga, Vataniga boʻlgan cheksiz muhabbati dushmanga qarshi kuchli gʻazab boʻlib toʻlqinlanadi. U Odil koʻrdek xoinlarga Fargʻonada joy boʻlishi mumkin emas, deydi. Zavqiy bu she’rida bosmachilarning asl maqsadi Fargʻonada “Koʻmilgan xonbeklarni tiriltirish” ekanligini aytib, mehnatkash omma yuragida dushmanga qarshi qahrgʻazab qoʻzgʻatadi va ularni bosmachilarga qarshi kurashga chaqiradi. Zavqiy Kommunistik partiya va rus proletariatining Fargʻona mehnatkashlarining qutqaruvchisi, madadkori deb baholaydi: Pisib boʻri kabi kunduz toʻqayzor ichra yurgaylar, Tun-oqshom bosma deb otin shahar qishloqqa surgaylar, Yigʻib mardumning moli birla ishrat-bazm qurgaylar, Shahardin chiqsa kim toʻrtinchisi deb qiynab urgaylar, Necha berahm zolim ilkidin el xor, Fargʻona. Tiriltirmoq boʻlib avval koʻmilgan xon-beklarni, Oʻlim chohiga soldi bosmachilar bu tiriklarni, Hisobini bilib boʻlmas kuyib oʻlgan oʻliklarni, Najotkor tangri yetkazdi madadga bolsheviklarni, Iloho baxt-toli boʻlsun emdi yor Fargʻona. Zavqiy oʻz tushunchasiga yarasha “bolsheviklar madadga kelgan Fargʻonaga baxttole yor boʻlishiga” 96 Bu nom “Ahli rasta” she’rida ham keltirilgan. 87 muqarrar ishonadi. Zavqiyning bu she’ri uning oktabr inqilobidan keyingi qarashi, tutgan pozitsiyasini aniqlashda ahamiyatli. 1920yildan boshlab B.Frunze rahbarligida Fargʻona vodiysida bosmachilarga qarshi kurash keskin tus oldi. Bu kurash davomida yaxshi agitatorlar ham kerak edi. Agitatsiya ruhidagi adabiyot frontda snaryad, patronlar bilan teng edi. Shuning uchun bolsheviklar partiyasining topshirigʻiga asosan, mehnatkash omma orasida harbiy holat vaziyatiga moslab agitatsiya-propaganda ishlari ham kuchaytiriladi. Harbiy qismlar huzurida aholining Sovet davlatiga, bolsheviklar partiyasiga eng sodiq kambagʻal, ongli tabaqasidan agitbrigadalar tuziladi. Bu kishilar omma orasida bolsheviklar partiyasi, Sovet davlatining maqsadini propaganda qiladilar. Xuddi shunday brigadalardan birida shoir Zavqiy ham ishlaydi. Uning ishlariga yordoʻstlari yaqindan yordam berib turadilar. 97 Bolsheviklar partiyasining ustalik bilan qoʻllagan siyosati, qator tadbirlari natijasida bosmachilarga qoʻshilgan kishilardan koʻpi ixtiyoriy ravishda taslim boʻladi. Mehnatkashlardan koʻngilli otryadlar safiga kiruvchilar koʻpayadi. Xalq ommasi orasida Sovet davlatining obroʻyi ortadi. Fargʻona mehnatkashlari va ularning ongli vakillari rus proletariatiga oʻzlarining imperializm zanjiridan xalos etuvchi najotkori deb qaray boshlaydilar. 1919-1920-yillar mobaynida shoir Zavqiy ochlikka qarshi kurash komissiyasida ishlash bilan birga aholi oʻrtasida ommaviy agitatsiyapropaganda olib borish ishlarida ham aktiv ishtirok etadi. 97 Ibrohim Musayev xotirasidan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling