So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Ahli dil boʻlma, zamonning boyi boʻl, bazzozi boʻl, 
Aqchadin langar choʻp ushlab, rastaning darbozi
 boʻl. 
She’r eshitmaydi birov davron qulogʻi kar anga
Bir siqim oltin-kumushning xush jarang ovozi boʻl. 
Tegmagay hargiz nishonga oltin oʻq yuz hajv ila 
Xoh zamonning shoiri, xoh tirandozi boʻl. 
Istamas boʻlsa zamonning xohishi she’r Zavqiyni
Kim eshitsin arzi hol, xoh rozi, xoh norozi boʻl.
Shoir tomonidan yaratilgan satiralarning hammasi 
ham ana shunday ruhdadir. 


93
Zavqiy oʻtkir satirik asarlarida amaldorlar, sud­
xoʻrlar, savdogarlar, boylar, ruhoniylarning kari­
katurasini chizib, ayovsiz fosh qildi. Shoir oʻz ijodining 
evolyutsion takomili davrida mehnatkash omma 
manfaatiga qarshi ish koʻrayotgan ijtimoiy kuchlarni, 
ular qaysi xil, qaysi koʻrinishda boʻlmasin, hamisha 
fosh qildi. 
Poeziyaning xalq orasidagi zoʻr tarbiyaviy 
ahamiyatini yaxshi bilgan shoir she’rlarini mehnatkash 
ommaga yaqinlashtirdi. Oʻz asarlari temasini real 
turmushning oʻzidan oldi, asarlarida turmushni chuqur va 
atroflicha aks ettirdi. Shoir oʻz asarlarining gʻoyaviyligi, 
badiiyligi va emotsional kuchini oshirish uchun, keng 
xalq ommasiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida oʻzbek 
tilidagi cheksiz imkoniyat, boyliklardan foydalandi. 
Shuning uchun ham Zavqiyning qaysi bir asarini 
oʻqimang, xalq maqollari, hikmatli soʻzlari, qochirim, 
askiya-payrov, hatto latifalarning ta’sirini uchratish 
mumkin.
Zavqiy satirasi insonlik nomiga dogʻ tushiradigan 
salbiy xarakterlarga, haqsizlik, adolatsizlik bilan toʻlgan 
zamonga qarshi qaratildi. Shoir adolat, insof, sogʻlom 
axloq, vijdon va boshqa shu kabi oliyjanob insoniy 
fazilatlarni targʻib etdi. 
Zavqiy Turkistonning Rossiyaga qoʻshilishi 
munosabati bilan Turkiston xalqlari hayotida yuz 
bergan ijtimoiy hodisalarni mehnatkash omma nuqtai 
nazaridan baholadi. Bu ijtimoiy hodisaning ijobiy 
ta’sirini maqtadi, feodalizmning jirkanch urf-odatlari, 
jaholat, zulmat ostida boʻgʻilib madaniy taraqqiyotdan 
bebahra qilingan xalq hayotiga ilgʻor madaniyatning 
ta’sirini koʻrib quvondi. 


94
Biroq Zavqiyning ongida, dunyoqarashida oʻz 
zamonasida hukmron boʻlgan, har qanday erkin fikrni 
boʻgʻib, chegaralab qoʻyadigan qoloq ideologiyaning 
salbiy ta’siri ham bor edi. Shoir umrining oxirigacha 
bundan batamom qutila olmadi. Shoir 1905-yil 
revolyutsiyasini va undan keyingi mamlakatda yuz 
bergan sotsial hodisalarni, ayniqsa, birinchi jahon 
urushiga munosabatini 1916-yilda yozgan “Ajab 
ermas”, “Qahatlik”, “Zamona” kabi she’rlarida toʻla aks 
ettirdi. 
Bu she’rlarida u xalq ommasining kuchiga ishonib, 
bu kuch­qudrat albatta mavjud tuzumni oʻzgartirib, 
revolyutsiyaga olib boradi, degan xulosaga keldi. 
Ammo har uchala she’rida ham revolyutsiyani 
vujudga keltirayotgan kuch – ishchilar sinfi ekanligini 
anglayolmadi. Xalqning ong ahvolini koʻrgan shoir, uni 
rostgoʻylik bilan xarakterli lavhalarda chizib koʻrsatsa­
da, biroq xalqni zolimlar zulmiga qarshi kurashga 
chaqira olmadi. Bu Zavqiy ijodidagi zaif jihat edi. 
Zavqiy Oktabr revolyutsiyasining birinchi 
kunlaridan boshlab sovet hokimiyati tomoniga oʻtdi. 
U o‘z she’rlarida sovet davlatining dushmanlarini fosh 
qildi va ularga qarshi kurashdi. Kommunistik partiya va 
rus xalqini oʻzbek xalqiga madad beruvchi deb maqtadi. 
Shoir oʻz faoliyati bilan ham sovet davlatiga jonu dildan 
yordam berdi, davlat organlarida xizmat qildi. 
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1922-
yil noyabr oyida Qoʻqondagi Zavqiy tugʻilgan Shayxon 
mahallasini, Yangiqoʻrgʻonning Karimbobo qishlogʻini 
“Zavqiyobod” deb nomlashga qaror qilindi. Hozir ham 
bu yerlar shoir nomi bilan Zavqiyobod deb ataladi. 


95
Uning hozirgacha ma’lum boʻlgan asarlari juda oz 
boʻlishiga qaramay, uning she’rlari adabiyot darsliklari 
xrestomatiyalariga kiritilib, ijodi maktablarda, oliy oʻquv 
yurtlarida oʻrganilmoqda. Xalqimiz shoirning ajoyib 
she’rlarini hozirgi kunimizgacha ham oʻz xotirasida 
saqlab, qoʻshiq­ashula qilib kuylab kelmoqda.
Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan 
shoir Gʻafur Gʻulom, yozuvchi Abdulla Qahhor va 
boshqa yozuvchilarimiz oʻzlarining adabiy ijodlarida 
satira­yumor janridan muvaffaqiyatli foydalanib 
kelmoqdalar. Ular yumoristik hikoyalarida kishilarning 
kamchiliklarini koʻrsatib, ularni tuzatishga intiladilar, 
madaniyatsizlik, maishiy hayotdagi qoloqlik, oilaviy 
totuvsizlik, xushomadgoʻylik, anqovlikni kulgi ostiga 
oladilar. 
Ayniqsa, shoir Gʻafur G‘ulom Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi yillarda yozgan she’rlari, publitsistik 
maqolalarida urush olovini yoquvchilarning yovuz 
niyatlarini fosh qildi. Shu ma’noda yozuvchi va 
rassomlarimizdan oʻz asarlarida jamiyatda mavjud 
illatlar, kamchiliklar, yaramas odatlarni fosh qilib 
tashlashlari talab qilinadi. 
Oʻz zamonasidagi jabr­zulmga qarshi oʻt ochgan, 
umrining oxirigacha mehnatkash xalqqa sodiq qolgan 
Zavqiy ham qiyin, murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib 
oʻtdi. Adabiyotshunoslarimiz esa Zavqiy ijodini qunt 
bilan oʻrganib, shoirning satirik merosidan tanqidiy 
foydalanib kelmoqdalar.


Ilmiy-ommabop nashr

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling