So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa ajab ermas,
Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa ajab ermas. Bu davlat suv yuzinda bir hubob o‘lsa ajab ermas, Ko‘rinsa surati asli niqob o‘lsa ajab ermas. Ochilsa pardalar yuzdin hijon o‘lsa ajab ermas. Zavqiyning fikricha, o‘z xalqining murodmaqsadga, haqiqiy ozod yashash kunlariga erishuvi uchun nasimi jonfizo (jonni rohatlantiruvchi mayin shamol), xazon pajmurda bo‘lganlarga (zulm-sitam bilan xazon bo‘lib sinib boruvchilarga) soh havo, gadolarning boshiga soya soluvchi Humo − yo‘lboshlovchi, yetaklovchi kuch kerak. Shu narsalar mavjud bo‘lsa, zamonning o‘zgarishi, inqilob bo‘lib qolishi ajab ermas: Nasimi jonfizo bemor tanga, ey sabo yetkur, Xazon pajmurda bo‘lganlarga bu ob-u havo yetkur. Qo‘y endi biz bilan begonani, bir oshno yetkur, Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsin Humo yetkur, Muqarrardir zamona inqilob o‘lsa ajab ermas. Zavqiy “Ajab zamona” she’rida ham rahbar kuch bo‘lishini orzu qilgan edi, bu she’rida esa shu fikrini kengaytirib, ochiqroq bayon qildi. Shoirdagi bu tushuncha 1916-yil voqealarini chuqur kuzatishi, shuning bilan birga, Qo‘qon deposidagi ishchilar bilan yaqinlashishi, ularning suhbatidan olgan taassurotidan tug‘ilgan edi. 81 Turkiston xalqlarining 1916-yildagi stixiyali qo‘zg‘olonlari rahbar kuchning bo‘lmaganidan muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Zavqiy bu she’rida orzu qilgan rahbar kuchning kimlar bo‘lishini aniq ko‘rsata olmasa ham, Turkiston xalqlari kelajagi uchun qudratli ittifoqchi rahbarga muhtoj ekanligini sezadi, o‘shanday kuch bo‘lganidagina xalqning ozodlikka chiqa olishiga, Vatanning obod bo‘la olishiga qat’iy umid bog‘laydi, shu bilan birga 1916-yildagi azob-uqubatlar ostida ezilgan mehnatkash ommaga dalda beradi: O‘tib bir qarn, aqronim, jahon obod ko‘rgaysiz, Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko‘rgaysiz, Giriftori alam ermas, hammani shod ko‘rgaysiz. Burungi o‘tgan-u ketgan, ko‘nglida yod ko‘rgaysiz, Qarigan chog‘da Zavqiy bir shabob o‘lsa ajab ermas. 91 Zavqiy bu she’rida mehnatkash ommaning kelajak to‘g‘risida qilgan eng yaxshi orzu-umidlarini aks ettirdi. “Ajab ermas” muxammasi shoir lirikasida alohida o‘rin tutadi. Til, uslub, vazn jihatidan juda ravon va tushunarli bo‘lgan bu she’r Zavqiyning badiiy mahoratini namoyish etadi. “Ajab ermas” muxammasida talqin etilgan ideya Zavqiyning oliyjanob g‘oyalar uchun kurashuvchi kishi, zamonasining eng ilg‘or, peshqadam shoiri ekanligini ko‘rsatadi. Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri uning vatanparvar, xalqparvar va kelajakka qat’iy ishonch bilan qarovchi chuqur optimist shoir ekanini ko‘rsatuvchi asardir. 91 Bu she’r Farg‘ona vodiysida juda keng tarqalgan. Hozir ham ashula qilib aytiladi. 82 * * * Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy o‘z she’rlarida mehnatkash ommaning manfaatini himoya qilib, Vatanparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi. U xon-beklar davrini qoraladi, Turkistonning Rossiya bilan qo‘shilishining ijobiy ta’siriga xayrixohlik bildirdi, xalq hayotida vujudga kelgan yangiliklarni xursandlik bilan qarshi olib, uni kuyladi. U kolonial davrdagi hayotning ayanchli kartinalarini rostgo‘ylik bilan chizib ko‘rsatdi. Mehnatkash ommaning boshiga ko‘p kulfatlar keltirgan adolatsiz sotsial tuzum va uning zulmidan shikoyat qildi. Ekspluatator sinf vakillarini masxaraladi va ularning sirini fosh qilishga urundi, kelajakka optimistik ruhda qarab, cheksiz jabr-zulm hukmronlik qilayotgan ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi zarurligini sezdi. Zavqiy ekspluatatorlar sinfi bilan ekspluatatsiya qilinuvchi mehnatkash ommaning sinfiy qarama qarshiligi, antagonistik to‘qnashuvini ibtidoiy ko‘rinishlarda bo‘lsa ham, o‘z asarlarida tipik voqealar orqali chizib ko‘rsatishga harakat qilib, Muqimiy ijodida paydo bo‘la boshlagan konfliktni davom ettirdi, rivojlantirdi. Biroq uning ongidagi ayrim qoloq tushunchalar ta’siri bu konfliktni revolyutsion demokratik xulosalar chiqarish darajasiga ko‘tarishga imkon bermadi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, Zavqiy Rossiyaning ilg‘or ijtimoiy fikrlarining ijobiy ta’siri ostida Turkistonda vujudga kelgan antifeodal progressiv-demokratik ruhdagi kishilardan biri darajasiga ko‘tarila oldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling