So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Chiqib erdim bukun yangi shaharga,
Ko‘zim tushdi bu yanglig‘ sho‘r sharga.
Yalanglikka yig‘ilgan ko‘p xaloyiq,
So‘z aytur har biri holiga loyiq.
Komitet sadri, hokim ham pristav,
Chiqib keldi, alarni qurshadi to‘p.
Urib ko‘ksigakim yozib qulochin,
Dedilar: − Hamma och, aylang ilojin…
To‘plangan xalq butun qiyinchiliklarni gapirib kelib: 
“Odamzotning bu xilda xor-u zor bo‘lganini ko‘rmagan 
edik, oq podsho bu ahvolni bilarmikan, agar bilmasa, 
telegramma berib xabardor qiling, biror chora ko‘rsin, 
yo‘q esa odamlar qirilib ketadi”, deb boshliqlarga arz 
qiladilar. Hokim xalqni qo‘rqitib, tilmochi orqali ancha 
gapirgandan keyin: 
O‘shal German urushi to‘xtagan on,
Poyizlarda kelur oshliq bilan non,−
degan chuchmal javob qaytaradi. Komitet sadri 
lavozimida turgan kishilar esa xalqqa qarab:
Borib uy-uyga, aylanglar duoni,
Xudoyim asrasin oq podishoni, −


77
deb taskin beradilar. “Katta”lardan bu javobni 
eshitgan xalqning faryod­fig‘oni ko‘kka ko‘tariladi, 
ammo bu yig‘i-sig‘ilar natija bermaydi.
Reaksion ulamolar, diniy-mistik shoirlar, xalqni 
qiyinchilikka chidashga, balolarga sabr-qanoat qilishga, 
kecha-kunduz toat-ibodat qilib, oq podshoga g‘alaba 
tilashga chaqiradilar. Zavqiy she’rining keying misralari 
ana shu qora kuchlarning razil, munofiqona harakatini 
ochib tashlaydi.
Bu she’rni o‘qigan kishi 1916-yil qo‘zg‘olonlari 
arafasidagi mehnatkash ommaning moddiy ahvoli, 
ruhiy kayfiyatini ko‘z oldiga keltira oladi. Ammo 
Zavqiyning ongiga revolyutsion g‘oya kirib, o‘zlashib 
yetmaganidan bu she’rida xalqning kechirgan og‘ir 
kunlariga qayg‘urib, turmushning ayanchli kartinasini 
chizish bilan chegaralanadi, shu qiyinchiliklar, 
kulfatlardan qanday qutulish yo‘lini xalqqa ko‘rsatib 
bera olmaydi. Shoir bu she’rni:
Quloqlar har tarafda kecha-kunduz,
Falakda bore mish quyruqli yulduz
deb yakunlaydi.
Mutaassib astrologlar e’tiqodicha, osmonda 
quyruqli yulduz ko‘paysa, notinchlik, to‘polon, isyonlar 
vujudga kelib, o‘zgarish paydo bo‘ladi. O‘sha davrlarda 
bu tushuncha kishilar ongiga singdirilgan edi. Zavqiy 
zamonni o‘zgartiradigan ijtimoiy kuchlar va ularning 
ijtimoiy qudratini bu she’rda chizib ko‘rsatib bera 
olmagan bo‘lsa-da, zulmning abadiy qolmasligiga va 
adolatning oxir bir kun yengib chiqishiga ishonadi.
Shoirning ishchilar sinfiga yaqinlashishi, ko‘z 
o‘ngidagi quruq hashakdek qovjirab, gugurt chaqsa 


78
alanga olish holiga kelib qolgan xalqning ahvoli uni 
zamonning o‘zgarishi mumkinligini sezishga olib 
keladi. 
Bu she’rning yana bir xususiyati shundaki, Zavqiy 
ijodida tug‘ila boshlagan yangi konflikt − ikki sinfning 
antagonistik to‘qnashuvini real voqealar orqali chizib 
ko‘rsatish bu she’rda yaqqolroq ko‘rinadi.
Bizningcha, bu she’rdagi och-yalang‘ochlar og‘ir 
ahvolining tasviri, bu ahvolni hokim, pristav, boylarga 
arz qilish va ularning bergan dag‘al javobi kabi kartinalar, 
hali zaif holda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Muqimiyning 
“Voqiyi tanob”, “Voqeayi ko‘r Ashurboy hoji” va 
boshqa she’rlaridagi kabi, demokratik adabiyotda sinfiy 
qarama­qarshilikni ifodalaydigan yangi konfliktning 
davomidir.
Biz yuqorida Zavqiyning “Chiqdi”, “Ajab 
zamona”, “Muncha ko‘p”, “Dunparvar, ey zamona” 
kabi she’rlarida zamonning zulmidan, mehnatkash 
insonning, aql-bilim va hunar egalarining xor-zor 
bo‘lishidan zorlanib qilgan shikoyatini ko‘rib o‘tdik. 
Urush tufayli ochlik, qahatchilikning kuchayishi bilan 
mehnatkash xalq falokat ostida qolib, qadrsizlanishi 
bu yillarda ilgari davrlardagiga qaraganda yana ham 
mudhishroq tusga kirdi. Halol mehnat, kasb-hunar, bilim 
egalarini chin inson deb bilgan, ularga achinib, mehr-
muhabbat qo‘ygan shoir shu yili insonparvarlik temasida 
“Zamona” she’rini yozib, unda o‘zining yuqoridagi 
she’rlarida ko‘tarib chiqqan demokratik g‘oyalarini 
chuqurlashtiradi, puldorlarga va ularga imtiyoz bergan 
zamonaga, mehnatkash ommani qadrsizlantirganligi, 
xor-zor etganligi uchun la’nat o‘qiydi.


79
* * *
Podsho hukumati 1916-yil 26-iyulda Turkistondagi 
yerli xalqlardan mardikor olish haqida farmon 
chiqaradi. Ochlik-yalang‘ochlik, zulm-xo‘rlik tinkasini 
quritib turgan mehnatkash ommaga bu farmon xuddi 
quruq hashakka gugurt chaqqandek ta’sir qiladi. 
Bu farmon munosabati bilan Turkiston o‘lkasining 
Toshkent, Jizzax, Marg‘ilon, Andijon kabi shaharlarida 
mehnatkash ommaning qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Bu 
qo‘zg‘olonlar, asosan, Turkiston xalqlarining kolonial 
zulm, ekspluatatsiyaga qarshi milliy-ozodlik harakatlari 
edi.
Bu qo‘zg‘olonlarning chor hukumati tomonidan 
shafqatsizlik bilan bostirilishi Turkiston mehnatkashlari 
yuragida chor hukumati va ekspluatatorlar sinfiga qarshi 
g‘azab o‘tini alangalantiradi. Ularning yuragida ezuvchi 
sinflarga qarshi qo‘zg‘algan qahr­u g‘azab, ozodlikka 
intilish tuyg‘ularini o‘stiradi.
Mehnatkash ommaning kelajak haqidagi orzu-
istaklarini Zavqiy shu yilning noyabr yoki dekabr 
oylarida yozgan “Ajab ermas”
90
she’rida aks ettiradi.
Bu she’r shoir qarashidagi demokratizm, 
vatanparvarlik, taraqqiyparvarlik g‘oyalarini yorqin 
ifodalaydi. Mazkur she’r uning revolyutsiyagacha 
yozgan she’rlarining ichida eng a’losi, ijodining eng 
yuqori cho‘qqisi bo‘lib qoldi.
Muxammas tarzida yozilgan bu she’r to‘rt band 
(20 misra)dan iborat bo‘lib, har bir bandida shoir o‘z 
Vatanining kelajakdagi ozodligi, farovonligi haqida 
optimistik mulohazalar yuritadi. U Farg‘onaning 
90
A.Q. nusxa asosga olindi.


80
kelajagiga zo‘r umid bog‘laydi, ozodlik yo‘lidagi 
kurashlar g‘alaba qozonishiga ishonadi. Kelajakda 
zolimlar yo‘qolib, ochlik, muhtojlik, jabr-zulm bilan 
to‘lgan kunlar suv betidagi hubob (ko‘pik) yoki havodagi 
sahob (bulut) kabi tez o‘tib ketadi., deb ishonadi, xalqni 
ruhlantiradi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling