So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Jahonda kamsuxan kim boʻldi, asrori nihon boʻldi,
Kimiki, soʻzladi koʻp, elga rasvoyi jahon boʻldi. 
Nazokat ortturay desang, misoli gʻuncha xomush oʻl,
Nadinkim, ogʻzini to ochdi gul, bargi xazon boʻldi.
77 
V.G.Belinskiy. Maqolalar, Oʻzdavnashr, 1948, 100­bet.
78
Zavqiy shogirdlarining xotirlashlaricha, u bir gal hokim huzuridan 
juda xafa boʻlib chiqadi. Sababini soʻraganlarida, “Ogʻzimga ham 
pechat bosmoqchilar”, – deb javob beradi.
79
A.Gʻ. nusxasi asosga olindi. Muqimiyning Qoʻqonda bosilgan 
(yuqorida eslab oʻtganimiz) “bayoz”iga ham kiritilgan.


68
Chamanda armugʻondek surat oro boʻlmagʻil, xoʻb 
yoʻq,
Yasharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon boʻldi.
Dema, mashhur boʻlmoq yaxshi, bugʻdoy donasi
 pinhon, 
Daraxti qildi javlon, sargʻayib oxir somon boʻdi,
Birodar, ol meni(ng) pandimni, oʻz qadringni
 sindurma,
Kishi oʻz izzatini bilmadi, oxir yomon boʻldi…
Sadaflar koʻz ogʻiz ochmoq bilan koʻksi boʻlur xoli,
Ki ba’zisi labin kam vo qilib durri yagon boʻldi,
Ey Zavqiy, xasta ogʻzing kam ochib, ibrat koʻzing
 ochgʻil,
Ajabkim, qoʻl yaqoda yurgudek turfa zamon boʻldi.
Zavqiy bu she’rida kishilarni sir saqlashga, 
hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan ish koʻrishga, oʻz 
ishlarida jamiyat uchun foyda yetkazishga targʻib qiladi. 
Bu fikrini shoir juda chiroyli, original badiiy tasvir 
vositalari bilan ifodalagan.
Zavqiy jadidlarni ham boylar, savdogarlar, rasta 
ahllarining manfaatini jon-jahdi bilan himoya qiluvchi 
deb bilar edi. Haqiqatan ham, “Ahli rasta” she’rida nomi 
tilga olingan kishilarning koʻpi jadidlardan edi. Zavqiy 
turli yigʻinlarda – savdogarlarga qarshi oshkora chiqib 
gapirganidek, jadidlarga qarshi ham gapiraverar edi.
Qoʻqonlik savdogar Tojiboy ta’sis etgan jadid 
maktabida 1914­yil 2­mayda oʻtkazilgan imtihon 
majlisiga zoʻr hozirlik koʻriladi. Bu imtihonga kelgan 
“yurt kattalari”ga osh tortiladi, ayrimlariga toʻn 
kiydiriladi, Zavqiy ham bu marosimda ishtirok etgan 


69
edi. U bu majlisda soʻzga chiqadi. Uning soʻzi juda 
qisqartirilib, “Sadoyi Fargʻona” gazetasida bosilib 
chiqadi. Imtihon majlisi va bu majlisda Zavqiyning 
soʻzlagan nutqi gazetada shunday yoritiladi:
“Majlisda har sinfdan odam bor edi. Shogirdlar 
oʻqigan bir milliy she’r ta’siri birla boʻlsa kerak, qariroq 
bir yerlik shoirlarimizdan Zavqiy afandi majlis oʻrtasida 
turib ul toʻn bermoq va takalluflanmoq xususida soʻz 
boshlab, imtihonda hozir boʻlgan hay’ati mualliminga 
xitoban: “Siz muallimlar! Ortiqcha isrofotlarni, xatna 
toʻylarni hama vaqt tanqid qilur edingizlar, na uchun 
boshlab oʻzlaringiz bu ilmiy majlisni xatna toʻylariga 
oʻxshatib, takalluflanasizlar? Yuz­ikki yuz soʻm 
sarflatib, bu hech bir kelishmas. Imtihonga kelgan zotlar 
toʻn va taom uchun kelmaydilar”, – deydi”.
80
Garchi gazeta shoir nutqini qisqartirib, oʻz fikriga 
moslab bosgan boʻlsa ham, baribir, unda Zavqiyning 
jadidlar xatti-harakatlariga, xurofotdan kelib chiqadigan, 
aholiga ogʻir tushadigan ortiqcha isrofgarchilikka, 
tantanali, dabdabali marosimlarga qarshi pozitsiyada 
ekanligi ochiq koʻrinib turibdi.
Zavqiy bilan jadidlarning toʻqnashuvi bu bilan 
tugamaydi. “Isloh” jurnalining noshiri va redaktori 
Abdurahmon sayyoh 1914-yil may-iyun oylarida 
Toshkentdan Qoʻqonga keladi
81
, Zavqiy bilan 
uchrashib, undan oʻz jurnaliga she’r yozib turishni 
iltimos qiladi, bundan keyin ahli rasta savdogarlarni hajv 
qilmaslikka undaydi. Zavqiy kamtarlik koʻrsatib, uning 
gaplariga ortiqcha e’tiroz bildirmay, muloyimlik bilan 
80 
“Sadoyi Fargʻona”. 1914­yil, 9­may, 14­son.
81
“Isloh” jurnali Toshkentda 1918-yilgacha chiqib turgan. 


70
javob qaytaradi. Qoʻqon rastasining nomdor boylari 
sayyohni navbatma-navbat uylariga chaqirib, ziyofat 
qiladilar. Ular sayyohdan oʻz jurnali orqali Zavqiyga 
qattiqroq zarba berishni iltimos qiladilar. Abdurahmon 
sayyoh doʻstlariga bergan va’dasining ustidan chiqib, 
“Isloh”ning 1914-yil sentabr oyidagi 16-sonida 
toshkentlik Mulla Maqsudxoʻja eshon mufti nomidan 
shoir Zavqiyga qarshi maqola uyushtiradi. Bu maqolada 
ishqiy-lirik she’r yozgan Muqimiy, Furqat, Kamiy, Nozil 
Xoʻjandiy, Nasriddin, Noqis, Xislat kabi shoirlar tilga 
olingan boʻlsa ham, asosan “tanqid”ning yoʻnalishi, 
zarbasi Zavqiyga qaratiladi
82
. Aytish mumkinki, bu 
davrda koʻplab nashr etilgan “bayoz”larda eng oz 
ishqiy she’rlari bosilgan shoir Zavqiy edi. Zavqiy jurnal 
redaksiyasiga “Ishtiboh”
83
nomli xat yozib, ularning 
tanqidiga e’tiroz bildiradi. Jurnalning oktabr oyidagi 
20­sonida Sidqiy Xandaqliqiy “Xoʻqandli Zavqiyga 
raf’i ishtiboh”
84
sarlavhali tojikcha she’rini yozib, 
Zavqiyni yana qattiqroq tanqid qiladi. 
Bu jurnaldagi tanqidchilar ishqiy gʻazallar 
“musulmon odamlarining farzandlarini buzadi, 
noshar’iy yoʻlga yetaklaydi”, degan bahona bilan diniy­
mistik she’rlar yozishni talab etadilar, ayniqsa, Zavqiyni 
obroʻsizlantirishga, undan oʻch olishga urinadilar. 
Bu hol Zavqiyni nihoyatda gʻazablantiradi. Zavqiy 
ularga qarshi kurashni yana ham keskinlashtiradi. 
1914-yilning noyabr oylarida u dushmanlariga javoban 
82
Qarang: “Isloh”, 1914-yil, sentabr, 16-son.
83
Shu jurnalning 499-500-betlariga qaralsin.
84
“Isloh” jurnali. 1914-yil, sentabr, 16-son, 555-betiga qaralsin.


71
“Afandilar”
85
radifli she’r yozib, ularni fosh etishga 
urinadi. She’rning boshida shoir dushmanlariga qarata 
shunday piching qiladi: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling