So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Yashirur yuz koʻcha-koʻylarda koʻrib turqingni,
Mahalla, katta-kichikka dilozor boʻlmay oʻl… Choʻl ilon yoki gazanda kabi mardumni chaqib, Pand berishda tulki-yu echkiemor boʻlmay oʻl… Har soʻmidin miri deb foydaga qoʻyding pullar, Beva-bechoraning osilmogʻiga dor boʻlmay oʻl… Gʻoʻdaslik boydagi bu tuban qiliqlar hamma sudxoʻrlar, boylar uchun xarakterli xususiyat boʻlganligi uchun, bu – boy sudxoʻrlarning tipik vakilidir. Shoir tomonidan bu boyga boʻlgan nisbatan qarash ham bevosita aholining boylarga boʻlgan nafratini ifodalay oladi. Zavqiy “Ahli rasta” 65 she’rini 1904-1905-yillar orasida iyun oyida yozib, bir juma kuni Qoʻqonning Moʻymarak (Moʻyi muborak) nomli saylgoh yeridagi bir baland terakka yopishtirgizib qoʻyadi 66 . Shu kunlarda xalq sayli boshlanganligidan bu she’r yopishtirilgan 65 I. A., A. Gʻ., I. M. lar she’rning yozilgan yilini oʻz yoshlariga nisbat berib, taxminan yuqoridagi raqamlarni chiqaradilar. 66 She’rni koʻchirib terakka yopishtirgan kishi I. Musayev hozir Andijonda yashaydi 56 kunning oʻzidayoq xalq orasida tarqaladi. Saylga atrofdan kelgan kishilar she’rdan nusxalar koʻchirishib oladilar. Bu she’r bir hafta ichida Qoʻqon atroflariga tarqalganidek, Margʻilon, Skobelev (hozirgi Fargʻona), Andijon va boshqa shaharlarga ham tarqaladi. 67 Xabardor kishilar askiya-payrov sohasida ham Zavqiyning Muqimiy kabi usta, peshqadam boʻlganligini tasdiqlaydilar. Shuning uchun ham uning koʻpchilik yumorsatiralari, shu qatorda “Ahli rasta”si ham askiyapayrov ta’sirida yozilgan boʻlib, she’rning ayrim misralari qochirim yoʻli bilan bir necha xil ma’noni anglatadi. Zavqiy Qoʻqon shahar rastasidagi savdogar boylar, chorbozorchi bazzozlar, vagonchilar, bank bilan muomala qiluvchilar va boshqalarning (Zavqiy hajv qilgan 46 ta boy, boyvachchalar Turkiston viloyatining hamma shaharlaridan tashqari, Rossiya shaharlari bilan ham savdo qiluvchi kishilar edi) xarakteri, xulq- atvori, fe’lini yaxshi oʻrgangan edi. Zavqiyga ularning nima bilan nafas olishlari, nimalar haqida oʻylashlari, qilayotgan ishlari, kishilar bilan muomalalari besh qoʻldek ayon edi. Shoir nazdida insonning sharafli nomini bulgʻab, inson nomiga dogʻ tushirib, isnod keltiruvchilar oʻshalar boʻlib koʻrinadi. Bu odamlar iflos xulqatvorlari bilan ham bulgʻaydilar, erkin fikrlarni boʻgʻadilar, oʻz rohati uchun koʻpchilik mehnatkash ommani zaharlaydilar. 67 Bu she’rning Margʻilon, Andijon, hatto Oʻshdan topilgan qoʻlyozma nusxalari ham qoʻlimizda bor. Asosan bu yerda A.Gʻ. nusxasi keltiriladi. 57 Zavqiy “Ahli rasta” she’rida ana shu nomdor boylarni masxara qiladi. Xalq oldida ularning sirlarini fosh etadi. Shoir oʻtkir san’atkor sifatida boylardagi eng tipik xususiyatlarni tanlab oladida, oʻquvchi koʻz oldida ustalik bilan chizadi. Ularning iflos fe’latvorini, kulgili va jirkanch qiyofalarini yaqqol tasvirlab beradi. Zavqiy bu she’rida rasta ahllari – savdogarlardan qirq olti kishi ustida toʻxtaydi, ularning har biriga qisqa qisqa xarakteristika beradi. Bu xarakteristikalar qisqa boʻlishiga qaramay, hajv qilinuvchilarning haqiqiy qiyofasi bilan oʻquvchini tanishtira oladi. Koʻrsatma (siringni) yangi boyga Karnay chaladur boʻlar-boʻmakka. Bu yerda Yangiboyning muttaham, igʻvogarligiga nafrat bildiriladi. Ahmadjonboy ham oʻz qiligʻi bilan Yangiboydan oʻtib tushadi: Kofircha degan haromi boy bor, Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling