So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Gap ta’siri ketmasin Moʻminsho
Osh yeb ogʻiz artmasin patakka.
1898­1899­yillarda Zavqiyning boshiga ogʻir 
musibatlar tushadi: bir yil ichida otasi, ikkala ukasi 
ketma­ket vafot etadilar, xotinining ikki koʻzi ojiz 
boʻlib, oxiri u ham vafot etadi, uch qiz­bir oʻgʻil (4 
bola) shoir qoʻlida qoladi. Bu davrda Furqat chet ellarda 
edi. Zavqiy qaygʻularni biroz unutish uchun Muqimiy 
bilan Andijonga borib, u yerdan Oʻshga oʻtadilar. Ular 
Oʻshda turgan vaqtlarida Furqatning Yorkent shahrida 
ekanligidan xabar topib, unga Qoʻqon, Margʻilon, 
Xoʻjand, Toshkent va boshqa yerlardagi oʻrtoqlarining 
nomidan xat yozadilar. 
Zavqiy bu xatning oxirida Furqatga boʻlgan doʻstlik 
muhabbatini nazm bilan shunday ifodalaydi:
Jonimga top soldi soʻzi firoq Furqat,
Kelkim, xarob qildi bu ishtiyoq Furqat.
Qosid yetur payomim, har yerda topsang oni,
Zavqiyning toqatini koʻp qilma toq, Furqat.


45
Zavqiyning bu misralarida Furqatni oʻz vataniga 
qaytib kelishiga targʻib qilish, bir­birlarini uzoq muddat 
koʻrmaganliklari natijasida paydo boʻlgan sogʻinish, 
sevimli doʻstning ishtiyoqida tortgan qaygʻu­alamlari 
samimiy aks ettirilgan.
Furqat margʻilonlik doʻsti Mulla Toshboltu Roiqqa 
yozgan xatida Zavqiyni:
Demishsan: Muh’yi-yu Zavqiy tirikdur, shukur, 
xush boʻldim,
Xudo qilgʻay salomat asrabon har xil balolardin.
52
deb eslab, unga salomatlik tilagani kabi, Zavqiyning 
oʻziga ham yuqoridagi she’riga javoban Zavqiy 
taxallusini lutf bilan radif qilib uzun bir she’r yozgan.
53
Zavqiy Oʻshdan Andijonga qaytib, doʻstlari 
bilan xayrlashib, Qoʻqonga joʻnamoqchi boʻlib 
turganda, Dukchi eshon qoʻzgʻoloni boshlanib 
qoladi. Bu qoʻzgʻolon chor hukumati tomonidan 
qanday bostirilishini, qoʻzgʻolon ishtirokchilarining 
jazolanishi, Andijon atrofidagi qishloqlar podshoning 
jazo otryadi tomonidan toʻpga tutilib vayron 
qilinishini Muqimiy ham, Zavqiy ham oʻz koʻzlari 
bilan koʻradilar. Bu toʻpolon natijasida Zavqiy bilan 
Muqimiy yana Qoʻqonga ketolmay, Andijonda 5­10 
kun turib qoladilar. Qoʻqonqishloq, Oyimqishloqqa 
boradilar. Oyimqishloqdagi Bimiy taxallusli shoir 
mulla Abdurazzoq hovlisiga tushganlarida Muqimiy 
52
Furqat. Tanlangan asarlar, 1951, 1993.
53
Bu she’r Zavqiy va Furqat qo‘li bilan yozilgan asl nusxasi 
G‘.Sultonov qo‘lida 


46
“Qurbaqalar” she’rini yozadi. Unga javoban Zavqiy 
“Pashshalar”, “Hajvi yigchi eshon” satiralarini yozadi. 
Bu ikki shoir oʻz she’rlarida Dukchi eshon harakatiga 
boʻlgan qarashlarini aks ettiradilar.
Zavqiy Qoʻqonga qaytgach, 1900­yilda Hojixon 
nomli bir uygʻur xotinga uylanadi.
54
1900­yilda togʻasi Muhammad Siddiq Zavqiyni 
ham hajga birga olib ketadi. Ularning sayohati uch 
yilga choʻziladi. Ular Qrim, kichik Osiyo, Shom 
orqali Arabistonga oʻtadilar. Zavqiy bu sayohatida 
ancha qiyinchiliklarga duch keladi, birovlarga qaram 
boʻlganidan ruhan eziladi. U safarda tortgan azobini 
shunday bayon qiladi.
Zavqiy safar mashaqqatidin shikva ayladi,
Jabr etguchini joningizga oshno demang.
U muqaddas joylar deb ta’riflangan Quddus, 
Qohira, Makka, Madina shaharlarining koʻchalarida 
och­yalangʻoch kishilarni – parcha non yoki 1­2 tiyin 
pul uchun “baxshish” deb zorlanib yurgan tilanchi, 
gadoylarni uchratadi. Bu yerlarda ham xalq boshida 
oʻz yurtidagidan battarroq zulm, xoʻrliklarni koʻradi. 
Bu ahvolni koʻrib hayajonlangan shoir oʻz taassurotini 
Muqimiyning “Sayohatnoma”si taxlitida va shu nom 
54
Bu ayol 1932-yilda ikki bolasi bilan o‘z vatani Qashqarga ketgan, 
xabardor kishilarning aytishicha, uning Qo‘qonga kelish voqeasi 
shunday: Qo‘qon boylaridan Muhammad Rasul duma hajga borib, 
bir qancha vaqt turadi. Qashqardan bir savdogar bola-chaqasi bilan 
hajga kelib o‘zi, xotini Makkada o‘lib qoladi. Yolg‘iz qolgan qizini 
boy xotinlikka oladi. Qo‘qonga kelgach, haydab yuboradi. Shoir bu 
g‘arib ayolga uylanadi. Vijdonsiz boyni “Mamarasul duma” she’rida 
hajv qiladi.


47
bilan yoza boshlaydi. Bu satiraning ayrim joylarini 
eshitib, hamsafarlaridan biri boʻlgan Ahmadxoʻja Qozi 
gʻazablanib, shoirdan bunday she’rlar yozmaslikni 
qat’iy talab qiladi. Bu joylarda faqatgina hamd, na’tlar, 
muqaddas joylarni maqtabgina yozish mumkinligini 
ta’kidlaydi, yana beadablik qilsa, shoirni tashlab 
ketish xavfi bilan qoʻrqitadilar. Ammo Zavqiy 
“Sayohatnoma”sini yozib tugatadi, kelguncha ularga 
koʻrsatmay saqlab yuradi.
55
Zavqiy kambagʻallar, gʻariblarga achinib, har 
bir kishini ularga “imkon boricha” yordam berishga 
chaqiradi, turli millat kishilarining insonlikda baravar 
koʻradi, ularni bir­biridan ajratish, ayniqsa gʻariblarni 
kamsitishga qarshi chiqadi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling