So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Ehson eting gʻariblarga imkon boricha,
Achchiq suxan birla anga siz bu jazo demang,
Ta’b aylamang birovni bu kashfi vujud deb,
Bu magʻribi, bu hindi, bu ahli Javo
56
 demang.
Suratlari agarchi nazarda haqir esa,
Bir soʻz alarni(ng) yuziga bemarhabo demang. 
Ammo shoir gʻariblarning ogʻir ahvolga tushish 
sabablarini fosh etolmaydi. Zavqiy “Sayohatnomasi” 
matni toʻla topilmaganligi uchun, uning ayrim 
parchalariga qarab muhokama yuritib boʻlmaydi. 
Zavqiy sheriklari bilan 1903­yil yozida Qoʻqonga 
qaytib kelganda, Muqimiy vafot etgan edi. Sevimli 
55 
Shogirdlarining aytishicha, bu she’r shoirning qo‘lyozma devoniga 
I.A. tomonidan ko‘chiriladi. Devon hozircha topilmagan. Shuningdek, 
bu she’rning birorta to‘la nusxasini ham topolmadik.
56
Yava 


48
qadrdon doʻst, hamdard, bir­biriga suyanib qolgan 
kishidan ajralish Zavqiyga juda ogʻir ta’sir etadi.
57
Shundan keyin yozgan ayrim lirik she’rlarida Muqimiyni 
eslaydi, qadrdon doʻstlardan ajralib yolgʻiz qolganligi 
uchun afsuslanadi. Zavqiy safardan qaytgandan 
soʻng umrining oxirigacha kosibchilik hunari bilan 
shugʻullanib, Oʻzbekistondan boshqa joyga chiqmaydi.
Zavqiy ijodi tobora takomillashib, undagi satira, 
yumor oʻtkirlashadi. Zavqiy o‘zining ijodida real 
hayotni atroflicha qamrab olishga harakat qiladi. 
Hukmron sinflar oʻrtasida ruhoniylarning mavqeyi 
juda katta edi. Ular espluatator sinflar manfaatini har 
tomonlama himoya qilar edilar. 
1898-yilda Andijon uyezdi Mingtepa volostidagi 
eshon Muhammadali xalfa bosh koʻtarib chiqadi. U 
xalqlar orasidagi nizo, dushmanchilik oʻtlarini yoqib, 
shu yoʻl bilan Rossiyani kuchsizlantirib, Oʻrta Osiyo, 
Kavkaz va boshqa joylarni bosib olish niyatida boʻlgan 
Angliya va Turkiya kabi chet davlatlar tomonidan 
yuborilgan agentlar yordami bilan ruslarga qarshi 
gʻazovot e’lon qiladi.
58
Eshon Fargʻonada yana xonlik davrini tiklamoqchi, 
taraqqiyotni orqaga burmoqchi, mehnatkash ommani 
57 
Zavqiy haqida ma’lumot beruvchi kishilar uning Muqimiy 
o‘limiga marsiya yozib, oxirida tarix tushirganini aytadilar. Biroq bu 
she’rni topolmadik.
58 
1896-yil eshon turk sultoniga xat yozib, undan maslahat so‘raydi. 
1898-yilda u xalifa Abdulmajiddan sovg‘a va yorliq oladi. Eshonning 
huzuriga sultonning agentlari ham keladi. Shundan keyin u Andijonga 
qarab harakat boshlaydi. Ostroumov. “Sart’, 1908, 226-bet va 
“Turkiston viloyatining gazeti”. 1898-yil, avgust, sentabr, oktabr, 
noyabr oylaridagi sonlariga qaralsin. 


49
Rossiyadan ajratib olib, Angliya kabi imperialistik 
davlatlarga yem qilib bermoqchi edi.
Eshonning bu harakati haqida keyingi vaqtlargacha 
ayrim olimlar orasida turlicha qarashlar mavjud. 
Zavqiyning g‘azal formasida yozilgan “Hajvi yigchi 
eshon”
59
sarlavhali 42 misra she’ri ham xarakterlidir. 
Uning bu she’ri Dukchi eshonga va uning qilgan 
ishlariga mehnatkash omma, oʻz davrining progressiv 
fikrdagi kishilari bergan bahosi, qarashlarini toʻla 
aks ettiradi. Zavqiy eshonning gʻazovoti mehnatkash 
ommaning qirilganligiga, xonavayron boʻlganiga, 
podshoning jazo otryadi tomonidan qishloqlarning 
xarobazorga aylantirilishiga achinadi. Shoir bu voqea 
tafsilotini zoʻr achinish va qaygʻu bilan shunday bayon 
etadi:
Ishni sen qilding, baloga qoldilar bechora xalq,
Gʻozani sen yeb, kesildi boʻzchi, bangi yo eshon.
Shuhratingning ofati yolgʻiz oʻzingga tegmadi,
Balki sen ofat boʻlib, qilding vabo paydo, eshon

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling