So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
qadrin,
21 I.M.dan boshqa nusxada she’rning oxiri shunday tugallanadi; Zavqiyni so‘rsa kishi, do‘stlar, bering nishon, Kasbi-kori-yu vaqti, turarjoyi – qarz. 24 Shikorimdan qolib, fahm ayladim sayyodlik qadrin, Qoʻlimdin ketdi davlat ohusi, saydimdin ayrildim. Vasiqa buzganim, albatta, boshimga balo boʻldi, Tushib el ichra gʻavgʻo, shoʻr-u shargʻa mubtalo boʻldi, Tutib oftobachi birla hama lashkar alo boʻldi, Raiyat tortdi tigʻ shohiga, naylay, behayo boʻldi, Zahar boʻldi yegan oshim, shirin qandimdin ayrildim. Zavqiyning koʻrsatishicha, xonning zulmi, yaramas ishlariga qarshi xalq qoʻzgʻaldi, askarlarning koʻpchiligi qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻtdi, bu qoʻzgʻolonchilar uni tojtaxtdan mahrum qildi. Xon oʻz saltanatini saqlab qolish maqsadida rus general-gubernatori K.N.Kaufman bilan “muroso deb qilgan oshnachiligi” 22 va boshqa tadbirlari unga yordam bermadi: 22 1865-yil 16-mayda Qo‘qon xonligiga qarashli Toshkent shahri Rossiyaga qo‘shilgandan keyin, 1867-yili Rossiya davlati bilan Qo‘qon xonligi (Xudoyorxon) o‘rtasida shartnoma tuzildi. Bu shartnomaga asosan Qo‘qon xonligi ham Buxoro, Xorazm xonliklari kabi Rossiyaning vassali sifatida qolishi kerak edi. Xonlikka qarshi 1873-yili Farg‘ona vodiysida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari 1874-yilda kuchayadi. 1875-yil 22-iyulda bu qozg‘olonlarning tepasida turgan Abdurahmon Oftobachi, Mulla Is’hoq (Po‘latxon), Xolnazar, Mulla Ali, Zulfiqorbek va boshqalar Xudoyorning katta o‘g‘li Nasriddinbekni xon ko‘tarib, poytaxt Qo‘qonga bostirib kiradilar. Xudoyorxon yordam berar degan umid bilan general- gubernator Kaufman huzuriga – Toshkentga qochib boradi. Kaufman Rossiya hukumati nomidan 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbekni xon sifatida tanib, u bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa ham, 1876-yilda xalq qo‘zg‘olonlari bostirilgandan keyin Qo‘qon xonligi tugatilib, Farg‘ona vodiysi Turkiston general-gunernatorligining bir oblastida aylantiriladi, xon har yerlarda daydib yurib, 1295 hijriy (1875 milodiy) yili Afg‘onistonning Karrux degan mavzeyida o‘ladi. 25 Kaufmanga muroso deb qilardim oshnoligʻni, Koʻtardi ul koʻngulning xonasidin roʻshnoligin, Berib sultonligimni, sotib oldim gadoligʻni, Xazina ichra yaxdon-u sanoch tanjimdin ayrildim. Zavqiy bu she’rining oxirida “Manmanga zavol bor, olgʻurga chuqur”, “Birovga chuqur qazisang, oʻzing yiqilasan” kabi xalq maqollari mazmunini she’r misralariga singdirib, xonning toj-taxtdan mahrum boʻlishini uning oʻz “qilmishqidirmish”i deb biladi: Meningdek hech musulmon xonavayron oʻlmasin hargiz, Qidirmish-qilmishiga hech pushaymon oʻlmasin hargiz, Xijolatdin yurak-bagʻri toʻla qon oʻlmasin hargiz, Xudoyordek yana hech bandasi xon oʻlmasin hargiz… Zavqiy bu she’rida mehnatkash ommaning ogʻir ahvoliga achinib, Xudoyorxon va uning amaldorlarini zolimlikda ayblaydi va tanqid qiladi, zulmga qarshi xalqning stixiyali noroziligini aks ettiradi. Zavqiy Xudoyorxon saltanatining qulash tarafdori boʻlib, xalq qoʻzgʻolonlariga xayrixohlik bildiradi. Bu she’rida u garchi oshkora aytmagan boʻlsada, xonlikka qarashli yerlarning Rossiya bilan qoʻshilishiga tarafdorligi anglashilib turadi. Shoirning bu fikrlari mehnatkash ommaning xonlikka boʻlgan nafratini ifodalay oladi. Lekin shoir bu yillar yosh edi. Atrofida boʻlib turgan hodisalarga toʻgʻri baho bera olish uchun uning hayotiy tajribasi, ilmi yetarli emasdi. Shuning uchun ham Zavqiyning bu yillardagi asarlarida oʻz davrining qoloqligi bilan izohlanadigan xatolar anchagina bor. 26 Xonga qarshi shoirning oʻzi gapirmay xonning oʻz aybini oʻziga iqror qildirish maqsadida uning oʻzini soʻzlatish priyomi – tanqid yoʻnalishini kuchaytirish, oʻtkirlashtirish oʻrniga shoir fikrini chegaralab, bo‘gʻib qoʻygan. Shoir ongidagi chegaralanganlik, adabiy ijoddagi tajribasizlik shu she’rni xonlikni fosh etuvchi kuchli satirik asar darajasiga koʻtarishga imkon bermagan. Lekin shunga qaramasdan, bu she’r xon va xonlikning yemirilishiga achinib yozilgan feodal-saroy shoirlarining marsiyalariga 23 tamoman qarama-qarshi boʻlgan realistik asardir. Demokratik adabiyotning yirik vakillaridan biri boʻlgan Zokirjon Furqat 24 va shu yoʻnalishga mansub kishilardan biri boʻlgan shoir Muhayyir ham xuddi shu temada she’r yozgan edilar. Ularning she’rlari ham oʻzining gʻoyaviy mazmuni bilan Zavqiyning she’riga oʻxshaydi. Masalan, Muhayyirning 26 bandlik muxammasida shunday misralar bor: Hilol oso qilib har lahza olamga alam tigʻin, Qoʻyargʻa el boshiga qildi to sar u qadam tigʻin, Jafodin javhari gʻam, charxdin aylab dudam tigʻin, Necha mazlumlarning boshiga surdi sitam tigʻin, Zamona ilki ham ogʻir anga tig‘i sitam chekdi. 25 Demokratik adabiyot vakillari adabiy ijodda real voqealarni kuyladilar, realism metodini asta-sekin egallab, uni chuqurlashtirib bordilar. 23 Mirza Olimning “Ansobussalotin” (Sh.I. inv. №1314) kitobining 64, 110, 147-betlaridagi Mulla Siddiq kotib, Imom Ali qori Qunduziy, Mulla Niyozmuhammad va boshqalarning she’rlariga qaralsin. 24 N.Ostroumov. “Tретья песня о Ходаярхане”, 1894, SIB. 25 Furqatning G‘.Sultonov qo‘lidagi qo‘lyozma “bayoz”i, bet 35. 27 Zavqiy “Pashshalar” she’rida kishilarni chaqib behuzur qiladigan parazitlardan qilgan shikoyatini turmushdagi faktlarga solishtirib, chiroyli yumor yaratadi. Shoir bu she’rida pashshalarni sogʻ odamga nishtar urib kasal qiluvchi johil tabiblarga, bevaqt xonish qiluvchi yoqimsiz ashulachi va mashshoqlarga oʻxshatadi: Kechalar uyqu buzib bezor qildi pashshalar, Nish urib jarrohdek bemor qildi pashshalar, Tezroq oʻlsin, boshimizda kechalar chalmay dutor, Ham ashula aytishib, gulyor qildi pashshalar… Bu she’r oʻz ijodining dastlabki davridayoq shoirning hajviy she’rlar yozishga qiziqqanini, xalqning boy, obrazli tilidan foydalanib, she’rlarini xalqqa yaqinlashtirishga uringanini koʻrsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling