Sotilmasin!
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Life management Maykl Rouch @bookshelf pdf
12-kun. To`siqlar
Endi sizning muvaffaqiyatingiz yo`lida ko`plab to`siqlar otilib chiqadi. Keling, sizni bir fakt bilan tanishtiraman. Istaysizmi sizga hayotingizdagi eng katta dushmaningizni ko`rsataman? Barcha ishlaringizni orqaga so`radigan, sizni bodqoqda ushlab turgan, hamisha muvaffaqiyatingizni orqaga so`radigan dushmaningiz bilan tanishishni istaysizmi? O`rningizdan turing, oyna oldiga boring va qarang. Marhamat, mana shu oynada ko`rib turgan insoningiz – sizning eng katta dushmaningiz hamda eng kuchli do`stingiz. U bilan yaxshilab tanishib 36 oling, telefon raqamini oling, so`ng messenjerlar orqali suhbatlashib turing. Aynan o`zingiz hamma g`alabalaringizni bloklaysiz va o`sishingizga halal berasiz. Ushbu seansda sizga barcha to`siqlarni ochib ko`rsataman hamda ulardan qutulish yo`llarini ko`rsataman. 1) Dangasalik. Bu sizning eng katta dushmaningiz hamda do`stingiz. Siz uni aslida do`stingiz deb hisoblaysiz, sababi necha yillardan buyon siz bilan birgalikda yashab kelmoqda, bir-biringizga juda kuchli muhabbat qo`ygansiz, u sizning qon-qoningizga singib ketgan. Deyarli ayrilmas juftliksizlar! Hammamizda dangasalik bor, bundan bo`yin tovlay olmaysiz. Aynan dangasaligimiz bizni yovuz insonga aylantiradi, tushkun kayfiyat hosil qiladi va bo`laman, degan ishlarni bo`ldirmay qo`yadi. Endi esa biz undan qutulishimiz kerak. Aslida bu bizga tabiatan hadya etilgan instinkt hisoblanadi, shu sabab undan 100% qutulib bo`lmaydi, qolaversa uning ham o`ziga yarasha foydali taraflari bor. Kerakli vaqtda, dangasalik sizga dam olish vaqti kelganini ko`rsatib beradi, aks holda ko`p ishlaganingizdan, organizm toliqib, biron kasallik ham orttirib olishingiz ham hech gap emas edi. Xo`sh, u bilan qanday muomala qilish kerak? Aniqrog`i, u bilan qanday strategiyada ishlashni boshlaymiz. Aslini olganda birinchi berilgan 9ta qoidaga amal qilsangiz, karmalar yordamida dangasalik o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketadi, chunki o`zimiz uchun muhim bo`lgan ishni hamisha keyinga suramiz, lekin kimgadur yordam berish masalasida hech qachon dagasalik qilmaymiz. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling