Sotsiolingvistika va diskurs
Download 465.5 Kb.
|
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org
Mikro sotsiolingvistika, shubhasiz, tilshunoslikning sohasidir.Garchi u tilning kichik guruh ichida maxsus qo’llanishini o‘rgansa-da, uning obyektini bevosita til tashkil qiladi. Biroq u inson haqidagi boshqa fanlar, eng avvalo, psixologiya va ijtimoiy psixologiya bilan chambarchas aloqada, chunki uning asosiy tushunchalari aynan shu sohalardan olingan. Mikro sotsiolingvistika shug‘ullanadigan muammolami ikki guruhga ajratish mumkin:
1) muayyan kichik ijtimoiy guruhda qanday til ko’llanadi? 2) bu til shu kichik jamoa a’zolari tomonidan qanday ishlatiladi? Bu savollarning javobi bir karashda ma’lumday ko‘rinadi. Agar muayyan guruh qandaydir uni kamrab olgan jamiyat (millat, mamlakat, etnos va sh.k.) ichida mavjud bo’lsa, guruh a’zolari guruh ichidagi muloqotda shu jamiyatda amalda bo’lgan til hosilalaridan foydalanishi kerak. Guruh a’zolari foydalanuvchi til umummilliy til bo’lmaydi. Buni “oilaviy” deb ataluvchi tillarning mavjudligi isbotlaydi: umumiste’moldagi til vositalari bu o‘rinda muayyan transformatsiyaga uchraydi. Guruhlarda alohida “tillar”ning ishlab chiqilishini ham shunga qiyoslash mumkin: ishlab chikarish, o‘yin, sport yoki boshqa biror bir kizikishlari birlashtirgan jamoa a’zolarining tillari (bunda ijtimoiy va professional jargonlar emas, balki o‘ta tor doiradagi guruhlarda mavjud bo’ligan o'/iga xos muloqot vositasi nazarda: tutiladi). Bunga guruh ichidagi muloqotda qoliplarining shakllanishini misol qilib ko’rsatish mumkin.Bu jamoaviy faoliyat jarayonida kishilar tomonidan muayyan xulq stereotiplari ishlab chiqiladi, guruh a’zolarining o‘zaro kommunikativ aloqalari nutq qoliplarining shakllanishiga olib keladi. Bunday qoliplar qatoriga alohida nutq birliklari, shuningdek, mazkur guruhning kommunikativ tajribasini aks ettiruvchi jumla va suhbatlarning turli qismlari, u yoki bu nutqiy aktlarning boshlanishi yoki tugallanishini ifodalovchi o‘ziga xos shakllar, fodiiy asarlarda yoki biron bir guruh a’zosining og‘zaki gaplarini kiritish mumkin. Mikro sotsiolingvistikada nutqiy muloqotning diada va triada turlarini tadqiq etish keng tarkalgan. Masalan, shifokor va bemor, er va xotin, o‘qituvchi va o‘quvchi, sudva va sudlanuvchi yoki advokat va h.k. Bunday “mikroguruh” a’zolarining nutqiy muomalasini batafsil tadqiq etish natijasida muloqotchilarning turli darajadagi mavkeyi va rollarini boshharuvchi nutqiy muloqot mexanizmlari ochib beriladi. Nutqiy o‘zaro munosabatning bunday mikrotahliliga U.Labov va D.Fenshellarning “Терапевтический дискурс. Психотерапиякакобщение” asarlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Mazkur asarda psixoterapevtning bemorlar bilan olib borgan suhbatlari asosida muloqotchilar nutqiy usulini xarakterlovchi umumiy qoidalar va uning verbal va noverbal (harakat, imo-ishora, oiirish holati va h.k.) ko‘rinishlari tadqiq etilgan. Nazariy va tajribaviy sotsiolingvistika.Til tadqiqiga ijtimoiy nazar bilan yondashishning dastlabki boskichida ijtimoiy-lisoniy aloqalar tahliliga akliy yondashuv xos bo’lib, mazkur sohaga tegishli daliliy materiallar hali yetarli emas edi. “Til-jamiyat” munosabatiga oid masalalar endigina o‘rtaga tashlangan va ular umumiy nuktayi nazardan muhokama kilinar edi. Bunday tadqiqotiarga Y.D.Polivanov va A.Meyening ishlarini misol qilib keltirish mumkin. Dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar sotsiolingvistika nazariyasini shakllantirishda asos vazifasini o‘tadi.Sotsiolingvistik tadqiqotlarning mazkur yo‘nalishi, asosan, “til - jamiyat” munosabatlariga aloqador bo’lgan umumiy muammolarning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Bu muammolar quyidagilardan iborat: - tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqidagi umumiy tezis atrofida guruhlangan aksiomalar tizimini shakllantirish; - til taraqqiyotiga xos konuniyatlarni aniqlash va uiarning ijtimoiy tabiatini isbotlash; - til mavjudligining ijtimoiy shartlanganligini tekshirish, uning turli muloqot muhitlari va ijtimoiy vaziyatlarga bogiikligini ko‘rsatish; - kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy rollari tizimi yoki bu nutqiy aktlarni amalga oshirishdagi ijtimoiy-psixologik sharoitlar, so‘zlovchining bir koddan boshqasiga o‘ta olishi kabi qator omillarning ahamiyatini aniqlash va h.k.Sotsiolingvistikaning nazariyachilari tilning ijtimoiy omillariga ommaviy empirik materiallami bogiash zaruratini dastlabki boskichlardayok anglab yetishgan edi. XX asrning 60-yillarida Rossiyada M.V.Panov, AKShda U.Labov bir-biriga bog’lik bo’lmagan holda sotsiolingvistik tadqiqotlarning zaruriy boskichi va muayyan nazariy asoslarni isbotlash usuli sifatida tajribaga murojaat qilishgan. Mazkur xatti-harakatlar tajribaviy sotsiolingvistikaning rivojlanishiga turtki bo’lgan. Zamonaviy sotsiolingvistik tajriba ulkan tashkiliy faoliyat va muayyan moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan murakkab ishdir. Binobarin, tajriba o‘tkazuvc'ni tadqiqotchi kishilar nutqiy muomalasining o‘ziga xos tomonlari yoki lisoniy hamjamiyatlarni tashkil kilgan turli ijtimoiy guruhlar haqida imkon kadar xolis va yetarli ma’lumotlar olishni o‘z oldiga maqsad qilib ko‘yadi.0 ‘z navbatida, tajriba o’tkazishning ishonchli vositalari, sinalgan usullar, maxsus tajriba dasturiga amal kiluvchi axborot beruvchi informantlar jamoasini to‘g‘ri tanlay olish ham muhim hisoblanadi.Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan tarixida ko‘pol sotsiolingvistik tajribalar ham o’tkazilgan. R. Bell yarim hazil, yarim chin ma’noda ilk sotsiolingvist tajribachi sifatida galaadityan kabilasiga mansub kadimgi lashkarboshi leftayni ko‘rsatadi. U dushman “beshinchi kolonna” efremliklar kabilasi vakillarining o‘z harbiy kuchlariga kirib olishining oldini olish maqsadida Iordan daryosi kechuviga kelgan har bir jangchiga “shibbolet” (yahudiy tilida “okim” degani) - deb aytishni buyurgan. Gaiaaditliklar “shibbolet” so‘zi boshidagi- [vj tovushini kiynalmasdan to‘g‘ri talaffuz qilishgan, efremliklar esa uni talaffuz kila olishmagan. Bu tajribaning natijasi konli bo'lib, “shibbolet”ni galaaditcha aytolmagan 42 ming efremlik o‘z hayoti bilan vidolashgan. Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun maxsus uslublar majmuyi ishlab chiqilmoqda. Bunday uslublardan ayrimlari U.Labov va uning izdoshlari tomonidan ingliz tilining Amerika variantini o‘rganishda, shuningdek, M.V.Panov rahbarligidagi moskvalik tilshunoslar tomonidan muvaffakiyatli ko‘llanilgan. Amaliy sotsiolingvistika.Qator fanlar o‘z oldida turgan vazifalarini nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyot bilan bog‘lab ham hal qiladi.Odatda, bunday yo‘nalishlar amaliy deb yuritiladi. Masalan, yozuvsiz mayda miilatlar uchun yozuv va alifbolar tuzishdan tortib, to mashina tarjimasi, matnni avtomatik qayta ishlash va ma’lumotlar kidirish kabi keng amaliy muammolar bilan shug‘ullanadigan amaliy tilshunoslik, yoki amaliy matematika, amaliy psixologiya va qator boshqa amaliy fanlarni ko‘rsatish mumkin. Amaliy sotsiolingvistika obyektini ona tili va chet tillarni o‘kitish, daviat til siyosatini tashkil qilish, amaliy chora-tadbiriar ishlab chiqish va boshqa muammolar tashkil qiladi. Sotsiolingvistik nazariyalar va sotsiolingvistik tadqiqotlarning amaliy yechimini topish ko‘pincha u yoki bu davlatdagi lisoniy vaziyatlarning tabiatiga bog’lik bo’ladi. Ko'p tilli davlatlardagi muammolar boshqa, bir tilli davlatlardagi muammolar boshqa kо‘p tillilik sharoiti uchun yagona mamlakatdayashovchi barcha millatlarga muloqot vositasi bo’lib xizmat kiluvchi, shuningdek, davlat tili mavkeyidagi makrovositachi tilni tanlash masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Bir tillilik sharoiti uchun adabiy tilni me’yorlashtirish va kodlashtirish, uning boshqa milliy til tizimiari bilan munosabati masalasi dolzarbdir. Shunga kо’ra , sotsiolingvistik muammolarni ishlab chiqish, sotsiolingvistika amaliy yo'nalishlarini belgilash turlicha bo’ladi. Mustahkamlash uchun savollar: Til tadqiqida sinxron va diaxron jihatlarning farqlanishi qanday tarixiy omillar bilan bogiiq? Sinxron sotsiolingvistika nimani o‘rganadi? Diaxron sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatini qaysi jihatdan tadqiq qiladiq Makro sotsiolingvistika til hodisalari tadqiqiga qanday ko‘lamda yondashadi? Mikro sotsiolingvistikaning o‘rganish obyektiga misollar keltiring. Nazariy sotsiolingvistikaning asosini nima tashkil qiladi? Tajribaviy sotsiolirgvistika fanning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega? Ilk tajribaviy sotsiolingvistik tadqiqot nimadan iborat bo’lgan?. Amaliy sotsiolingvistikaning obyektini qaysi muammolar tashkil qiladi? 5- Bilingvizm va uning turlari Ikki tillilik va uning sotsial asoslari Reja: 1. Bilingvizm-ikki tillilik va uning mohiyati 2. Ikki tillilikning sotsial asoslari Tayanch so‘zlar:Milliy munosabatlar, milliy tilimiz takdiri, ikki tillilik ijtimoiy hodisa, ikki tilda mulokatda bo‘lish, hududiy chegaralanish, ikki xalq, millat yoki elat, ikki til aloqasi. Mustakillik tufayli mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini qayta kurish, demokratlashtirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi barcha harakat va intilishlar, garchi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, davlat tuzilishidan tortib, ishlab chikarish, fan, madaniyat, maorif va ma’naviyatning barcha jabhalarida dastlabki ijobiy natijalari ko‘rina boshladi. Bu butun jamoatchilik vakillariga asrlar osha kalblarida pinhon saklanib kelayotgan orzu-umidlari, kayg‘u-hasratlarini baralla aytish imkonini tug‘di rdi. Mustakillik millatimizning o‘z-o‘zini anglash, milliy munosabatlar va ularni hal qilish, shubhasiz, shu bilan bog‘lik ravishda milliy tilimizning takdiri, taraqqiyoti va kelajakdagi istikboli masalalarini hozirgi davr kun tartibining asosiy masalalari sifatida maydonga chikardi. Ayniksa, o‘zbek tiliga Davlat tili makomi berilishi maktab va oliy o‘kuv yurtlarida ona tili o‘kitishning samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilshunosligi oldiga o‘zbek tili taraqqiyotining muhim muammolarini hal qilish masalalarini ko‘ydi. Ana shunday masalalardan biri o‘zbek va boshqa tillar-ikki tilliligi masalasidir. 1.Ikki tillilik individual (xususiy) hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Buning ma’nosi shundaki, har qanday ikki xalq yo millat ikki tilliligi haqida gap borganda, ana shu tillarga mansub kishilarning har ikki tilda erkin so‘zlashuv aloqasi mavjudligi nazarda tutilmaydi, balki ikki til vakillarining hammasi uchun umumiylik, ijtimoiylik kasb etishi nazarda tutiladi. 2.Ikki tillilikda har ikkala tilning tengligi, ikki tilda muloqotda bo‘luvchi har ikki xalqning ikki tilni baravar o‘zlashtirish masalasi hal kiluvchi masaladir. Har qanday ikki tillilikni to‘la mavjud deyish uchun shu til vakillari har ikki tilda erkin fikr yuritishlari, har ikki til konuniyatlariga amal qilishlari talab etiladi. Agar tillararo bunday ijtimoiy aloqa to‘la ro‘yobga chikkan bo‘lmasa, hali ikki tillilik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. 3. Ikki tillilikning territorial (hududiy) chegaralanganligi, ikki tillilik mavjud mamlakatning ayrim punkt va regionlarida shakllanishi bu masalalarning asosiy faktorlaridan biridir. Bunday o‘rinlarda ikki xalq, millat yoki elat vakillarining uzoqi tarixiy jarayonda birgalikda hayot kechirishlari, ularning iktisodiy turmush sharoitlari, madaniyati, urf-odatlarida bir xillikning yuzaga kelishi ikki tillikni ro‘yobga chikarishning eng muhim omillaridandir. Masalan, Buxoro, Samarkand, Namanganning Chust, Xo‘jand, Konibodom,Tojikistonning Ko‘rg‘ontepa kabi shahr markazlarida o‘zbek-tojik yoki tojik-o‘zbek ikki tilliligi bunga misol bo‘la oladi. 4.Ikki tillilikning etnik-professional katlamlarga munosabati masalasi ham hal kiluvchi omillardan biridir. O‘zbek tilining boshqa har qanday til bilan ikki tillilikni tashkil qilishi uchun o‘zbek xalqining barcha etnik katlamlari va barcha kasb-hunarga doir kishilarni ko‘zda tutilayotgan ikki tilda aloqa qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim. Statistik ma’lumotlarga karaganda, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning katta qismi kishloklarda, dehkonchilik bilan shug‘ullangani holda, ikki tillilikning boshqa vakillari bu sohada juda ozchilikni tashkil etadi. Bu hakda Ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida to‘xtalib, A. Baskakov juda yaxshi fikr bayon qiladi: Ozarbayjon-rus ikki tilliligi haqida gap borishi uchun bu ikki tilning turli ijtimoiy guruhlarda ko‘llanilishiga nazar tashlash lozim; butun 100 % ozarboyjon dehkonlari, uy sharoitidagi barcha ozarbayjonlar faqat ozarbayjon tilida so‘zlashadi; shunga ko‘ra, kishlok rayonlarida rus aholisi nihoyatda kam bo‘lganligi uchun, bunday joylarda ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Ikki tillilikning har ikki til ichki kurilishining (fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisi) ijtimoiy vazifasiga munosabati muhim ahamiyatga ega. Ikki tillilik sharoitida tillarning ichki kurilishida transformastiya (o‘zgarish bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish) hodisasi yuz beradi, lekin bunday o‘zgarish ikki tomonlama bo‘lishi kerak. Doim bir til ikkinchisidan turli grammatik hodisalarni olsa-yu, ikkinchisi birinchisidan hech narsa olmasa, bu-transformastiya bo‘lmaydi, bunday holda ikki tillilik yuz bermaydi. Masalan, o‘zbek va tojik ikki tilligida fonetik transformastiya yuz berganda, o‘zbek tili tojik tili fonetikasiga xos ayrim xususiyatlarni o‘ziga kabul kilgani holda, tojik tili ham o‘zbek tilining ba’zi fonetik xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi kerak. Shunda har ikki tilda ikki tillilik tomon siljish yuz beradi. Ikki tillilik sharoitida transformastiya tillarning leksikasida kuchli bo‘ladi, tillar doim biri ikkinchisidan yangi so‘zlar bilan boyib boradi. Odatda tildan-tilga faqat otlar o‘tadi, boshqa turkumlarda ko‘chish deyarli kuzatilmaydi.Chunki, bir xalq boshqa xalqdan biror predmetni ifodalovchi so‘zni ham oladi.Shuning uchun mashhur tilshunos olim J. Vondriyes «Narsa ketidan so‘zlar keladi», deydi. Morfologiyada ko‘chish kam, sintaksisda so‘z birikmalari va gap modellari ko‘chishi mumkin. Masalaning ikkinchi tomoni, ikki tillilikning ijtimoiy vazifasi deganda, har ikki tilning bu jihatdan tengligi nazarda tutiladi, tillar o‘rtasidagi funkstional tengsizlik ikkitillilik uchun ziddir. 6. Ikki xalq aralashuv (kontakti) aloqasi ikki til kontaktini-ikki tillilikni keltirib chikarish uchun obyektiv sharoit, obyektiv sabablar mavjud bo‘lishi kerak. Ikki tillilikni hech qanday buyrukbozlik yoki karorlar asosida vujudga keltirish mumkin emas, faqat uzoqi tarixiy jarayondagi ellararo aloqa, tillararo aloqagina ikki tillilikni keltirib chikarishi mumkin. Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir kancha tillami biladigan shaxslarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Binobarin, bilingvizm (ikki tillilik) deganda, ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi. Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli oiarok, diglossiya ikkita mustaqiltilni yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi. Bu tillar va subkodlar vazifasiga ko‘ra taksimlangan bo’ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida borayotgan boisa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, konunchilik, ish yuritish, daviat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki daviat tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida esa rasmiy makomga ega bo’lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi. So'zlovchilaming ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini tanlashi va uni muloqot uchun muvaffakiyatli koilay olishi diglossiyaning muhim sharti hisoblanadi. Bilingvizmning turlari. Individual bilingvizmning uch asosiy turi farqlanadi: Koordinativ (sof) bilingvizmda ikki til mutlako muxtor boiib, har biri o ‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning Grammatik kategoriyalari ham mustaqilbo‘ladi: Masalan, “tana ko‘yib, shox va novdalar chikarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik” (daraxt) fizik obyekti uchun ikki tushuncha va ikki xil fonemalar shakli qo’llaniladi: albero “soyabonli italyan karag‘ayi”, tree “daraxt”. Aralash bilingvizm nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud boigan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi. Masalan, ALBERO va TREE tushunchalari aralashib, ialbero! vaItril akustik obrazlari ko‘shib yoziladigan ALBEROTREE ko‘rinishidagi super tushunchani hosil qiladi: Subordinativ bilingvizm da so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining ta’siri vositasida kabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, qolganlaresa ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo’ladi. Bu turdagi bilingvizmda, odatda, ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan o‘rganiladi: Itril shakli /albero/ni ifodalaydi, shutting uchun italyancha ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi, ya’ni metabelgi hisoblanadi. Ikki tillilik yoki bilingvizm hodisasi haqida ham ijobiy , ham salbiy hhodisa sifatida karash mumkin. Bilingvizm rivojlangan Yevropa davlatlari uchun odatiy hodisa sifatida karaladi. Buni ikki sabab bilan tushuntirish mumkin: Geografik jihatda davlat chegaralarining juda yakinligi . Turli millatga mansub kishilarning oilaviy birikuvi natijasida bilingvizv oilalarning vujudga kelishi. Bu hodisaning har ikki maqsadda ishlatilishi kishilarning o’zaro muloqot xulqi va salohiyatiga bog’likdir. Savol va topshiriklar: 1. Ikki tillilikni qanday hodisa sifatida karash mumkinq 2. Ikki tillilikda ikki tilning qanday holati nazarda tutiladiq 3. Ikki tillilikning hududiy chegaralanishi deganda nima tushuniladiq 4. Ikki tillilikning etnik, professional katlamlarga munosabati deganda nimani tushunasizq 6- Ma’ruza.Sotsiolingvistikaning tadqiq qilish usullari, sotsiolingvistik metodlar. Reja: 1. Sotsiolingvistik metodlarning turlari 2 . Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi 3. Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik Tayanch so‘z va iboralar: sotsiolingvistik metodlar, manba to‘plash metodlari, kuzatish metodi, soiovnom a metodi, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodi, bevosita aralashma kuzatuv metodi, anketalashtirish, og‘zaki so‘rovlar, testlar, statistik tahlil, korrelatsion tahlil, sotsiolingvistik tadqiqot dasturi. Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlami uch turga ajratish mumkin: 1) manba (material) to‘plash metodlari; 2) materialni qayta ishlash metodlari; 3) olingan ma’lumotlar hakkoniyligini baholash metodlari. Birinchi guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taallukli bo'lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmokii o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni takdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan tashkari to‘plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordainida baholangan material til va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv konuniyatlarga asoslangan aloqalami ko‘rsatib bera oladigan sotsolingvistik talkinga muhtoj bo‘ladi. Sotsiolingvistlar ma’lumot to‘plashko'prok Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling