Sotsiolingvistika va diskurs
Download 465.5 Kb.
|
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org
mahailiylashuvi yoki kreolizasiya, deb nomlanadi.Aloqaviy tilning yangi rivojlanish boskichiga kreol yoki kreol til deyiladi.“Kreol” terminining kelib chiqishi Braziliyada qo‘llanilgan, dastlab “Amerikada tug‘ilgan afrikalik quli” ma’nosini ifodalagan portugalcha crioulo so'ziga bog‘lanadi.
Pijinlar turli ijtimoiy sharoitlarda, masalan, yevropaliklaming dengiz sohiliaridagi mustamlakalari, plantatsiyalardagi metis (duragay) oilalarida, shuningdek, Yangi dunyo sharoitlaridagi kochok qullar (marunlar)ning Afrika an’analarida kreollashishi mumkin. Aloqaviy tilning rivojlanishi natijasida uning lug’at boyligi ortadi, fonetik va grammatik tizimi murakkablashadi. Bu jarayon turli xil kreollarda o‘ziga xos xususiyatiarga ega bo‘lgan. Masalan, port shaharlarda yuzaga kelgan kreol tillarga leksifiqator tillarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Yoki aksincha, marunlar (kochok qulilar) tilida so‘z boyligining kengayishi va grammatik vositaiarning murakkablashuvida Afrika mahalliy tilining izi yakkol ko‘zga tashlangan.Plantatsiyalardagi qulilarga egalik sharoitida aloqaviy tillarning oilaviy muloqot tiliga aylanishi tezlashgan. Bugungi kunga kelib zamonaviy kreol tillar tarixi haqida sof lingvistik ma’lumotga ega emasmiz, ammo sof kreol, ya’ni (uning evolyutsiyasi) hamda kreol etnosining shakllanish davrlari xususida tasavvurga egamiz. Jumiadan, krio (500 ming so‘zlashuvchiga ega bo‘lgan Serra-Leondagi etnoslararo muloqot tili) tili murakkab tarixni boshidan kechirgan. XVI asming oxirlarida zamonaviy Fritaun hududiga portugaliyaliklar tez-tez tashrif buyurishgan va 1663-yilda bu yerda ingliz ko‘rg‘oni tuzilgan. O‘sha davrda mazkur hududda ham portugaicha, ham inglizcha pijin ko‘llanilgani haqida ma’lumotlar mavjud. XVIII asming oxirlariga kelib bu yerda istikomat kiluvchi afrika-yevropalik mulatlar soni 12 mingga yetgan. 1787-1792-yillarda Shimoliy Amerika Mustakillik urushida Britaniya tomonida turib jangda katnashganligi uchun ozodlikka chikarilgan 2 mingga yakin quli bu yerga ko‘chirib keltirilgan. 1800-yilda ko‘chmanchilar safiga yamaykalik 550 marun kelib ko‘shilgan. Buyuk Britaniyada qulilami sotish bekor qilingandan so‘ng (1807-yil) ushbu hududga ingliz floti tomonidan ozod qilingan barcha koratanlilar keltirilgan. Tabiiyki, bunday etnodemografik holat Fritaun tilida o‘z aksini topmay kolmagan. Kreol til standartini ishlab chiqish jarayonida kamdan-kam hollarda leksifiqator-til tashuvchilari katnashgan. Bunday holat yevropaliklar bir guruhi (“kambag‘al ok tanlilar”)ning o‘z vatandoshlaridan hududiy va ijtimoiy jihatdan yirokda kreol tashuvchilari bilan kundalik muomaia qilish jarayonida yuz bergan. Agar bunday yevropaliklar guruhi son jihatidan kreolda so‘zlashuvlar bilan teng bo’lsa, uiarning muloqoti natijasida “o'rta koyne” yuzaga kelishi va ma’lum vaqto‘tishi bilan u har ikki tomonning ona tiliga aylanishi mumkin. Qayd etilgan oralik holat, asosan, yevropaliklarning katta qismi bilingv bo‘lgan va kreol tilda juda yaxshi gaplasha olgan joylarda maydonga kelgan, biroq ularni qullardan ajratib turgan madaniy va ijtimoiy to‘siklar haddan ziyod kuchli bo‘lgan. Uydagi qulilar bilangina muloqot kilgan bu yevropaliklar umumkreol standartiga ta’sir kila olishgiagan, aksincha, kreol ularning ona tiliga katta ta’sir ko‘rsatgan. Chunki uiarning farzandlari ota-onalaridan ko‘ra ko‘prok enaga, qul va qulibachchalar bilan muloqotda bo‘lishgan. Bunday muloqot turli ijtimoiy tabakalar til tizimi orasida diffuziyaga olib kelgan.Mazkur jarayon Yevropa tillari hududiy variantlarining rivojlanishiga sabab boigan. Masalan, AKShning Janubiy shtatlaridagi oq tanlilar shevasi, Luizianadagi fransuz tili, Braziliyadagi portugal tili shular jumlasidandir. Shunday qilib, aloqaviy tilning tadrijiy rivojlanishi, bir tomondan, o‘zining turg‘uniashuvi bilan, ikkinchi tomondan, leksik va grammatik jihatdan kengayib borishi bilan tavsiflanadi. Chunonchi, kreollashuv uzuklik holati bo‘lib, unda til ayrim kishilar uchun ona tili darajasiga ko‘tarilishi, ba’zi' kishilar uchun bu darajaga ko‘tarilmasligi mumkin. Rivojlangan pijin va kreol tillarining ko’llanilishi.Kreol tillar tarkalgan malakatlarda lisoniy vaziyat turlichadir. Ayrim hollarda kreol tillar mamlakat aholisining aksariyat qismi uchun (Gaiti, Yamayka va G‘arbiy Hindistonning qator orollarida, Kabo-Verde Respublikasida) ona tili; boshqa holatlarda esa (Surinam, Serra-Leone, Mavrikiyda) bir nechta katta etnik guruhlardan tashkil topgan kreol etnosida xalqlararo muloqot tili ko‘rinishida boiishi mumkin. Shuningdek, Amerika, Janubiy-sharkiy Osiyo va Avstraliyadagi bir qator davlatlarda ichki etnik muloqot tili sifatida kichik kreol til guruhlari qo’llaniladi Kengaytirilgan pijinlardan birinchi navbatda etnoslararo muloqot tili sifatida foydalaniladi.Kengaytirilgan pijinlarning rivojlanishi xuddi kreol tillardek o‘zining kommunikativ imkoniyatlariga ko‘ra, boshqa tiliarga tenglasha oladi. Ushbu tillarning vazifalari ulaming kelib chiqishi bilan emas, balki ushbu tilda so‘zlashuvchilarning bu tilga munosabati va ularning rasmiy mavkeyi bilan belgilanadi. Masalan, bislama tili Vanuatu Respublikasining milliy tili deb e’lon qilinganligiga karamay, amalda u sobik metropoliyalar tili bo‘lgan ingliz va fransuz tillaridan keyingi o‘rinda turadi. Yoki Solomon orollari pijini rasmiy mavkega ega boimagani holda, OAVda keng qo’llaniladi Aksariyat yevropaliklar kreol va pijin tillarini ingliz, fransuz va boshqa tillarning buzilgan ko‘rinishi, deb hisoblashadi. Bunday karash uzoqi vaqtdavomida kreol tillarning funksional rivojlanishiga, pijinlaming tarkalishiga, mazkur tillarda badiiy asarlar yaratishga, taiim sohasida va rasmiy doiralarda ulardan foydalanishga to‘skinlik.qilib keidj. Hatto, 1953- yilda BMT tomonidan Yangi Gvineya hududlarini boshhargan Avstraliyaga pijindan ma’muriy maqsadda foycjalanish man qilingan, pijinda taiim-tarbiya olib borgan maktablarni yopish buyurilgan. Ana shunday to'skiniiklarga karamay, bugungi kunda kreol va pijin tillarida badiiy asarlar chop etilmokda. Ular yukcrida qayd etilgan hududlarda keng, toiakonli ko’llanilmokda..Masalan, Yangi Gvineya hududida u vositachi til boigan lingva-franka muloqotdan asta-sekin chiqmoqda. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Pijin va kreol tillar nechanchi yildan boshlab tadqiqotchilaming e’tiborini torta boshlaganq - 2. Qanday holatlarda yordamchi aralash til qo’llaniladi? 3. Pijin qanday til? 4. Pijinlar qanday paydo bo’ladi? 5. Kreol til qaysi tillarning asosida shakllanadi? 6. “Kreol” terminining kelib chiqishi qaysi so‘zga bog’lanadi? 7. Qayday sharoitlarda pijinlar kreollashadi? 8-Ma’ruza .Tilning funksional vazifasi. Reja: 1. Funktsionallik va uning mohiyati 2. Funktsionallik tilning ijtimoiy shakllanishidagi asosiy manba sifatida Funksiya lotincha so’z bo’lib, “ function”bajarish, amalga oshirish, xizmat majburiyati, vazifasi ma’nolarini anglatib, ma’lum vazifalarni bajarishdir.Tilning funktsional asoslarini o`rganamiz va uning ijtimoiy-tarixiy, sotsium xususiyatlarini bilib olishga intilamiz. Gap tillarning funktsional xususiyatlari haqida borar ekan, uning gеnеologik, tipologik (morfo-sintaktik) va arеal tasnifi butun dunyo tillarini tasniflash asosida, kolavеrsa, tillar aloqasi bilan bog’liqholda tipologik jarayonni yuzaga kеltiradi. Til aloqa-aralashuvdagi muhim vosita sanalib, uning asosiy vazifaviy o`rni kommunikativ funktsiyani bajarishidir. Kommunikatio-lat-til hodisalarining maqsadga muvofik tarkalishidir. Tilning bunday funktsiya bajarishi hozirgi o`zbеk va jahon tilshunoslari tomonidan e'tirof etilib kеlinmokda hamda uning eksprеssiv funktsiyani bajarishiga e'tibor karatilmokda. Exspressia-ma'no kuchaytirish dеmakdir. V.A Avrorin tilning funktsiyasini quyidagicha bo`laklarga ajratib o`rganadi: 1. Kommunikativ funktsiya umuman aloqa aralashuv bilan bog’liq; 2. Eksprеssivlik ma'noning kuchaytirilishi va nutqda ta'sirchanlikni oshirishi; 3. Shakl va mazmuniy ma'no kasb etish; 4. Ijtimoiy bilim va muammolarni hal etish darajasida ekanligi. Tilning funktsional vazifasi dеyilganda, ijtimoiy hamda xususiy nom bilan ifodalanish tushuniladi. Tilning ijtimoiy funktsiyasi umumtil munosabatlaridan kеlib chiqiladigan fikrlar, xulosalar majmuasi bilan shakllangan holda aniq, to`lakonli ma'no kasb etadi, umuman ijtimoiy funktsiya talablariga javob bеradi. Tilning ijtimoiy funktsiyani o`tashi haqida ko`pgina fikrlarni rus tilshunos olimi Yu. Dеshеriеv aytib o`tadi. Jumladan, olim shunday dеydi: «Tilning vazifaviy funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan farqli ravishda insoniyatning ijtimoiy hayot munosabatlariga xizmat qilishini til faktorlari orkali aks ettirishidadir»- dеb ta'kidlaydi. Chunki, tilning vazifaviy jihatlari, eksprеssivlik, estеtik, gnosеologik xususiyatlarga ega bo`lib, tilning boyishiga asos bo`lishi mumkin. Tilning funktsional tipologiyasi mantikan yuzaga kеladi. Agarda uning shakllanishi xususida fikr yuritilsa, ma'lum yaruslar asosida vujudga kеlishini tushunish mumkin bo`ladi. Uning fikricha, yuqori yarusi kommunikativ vazifada mantikiy sxеma asosida yuzaga kеladi. Ikkinchi, o`rta yarus bo`lak funktsiya-ijtimoiy, eksprеssiv xususiyatga ega bo`ladi, uchinchi kuyi yarus har bir qismning, ijtimoiy funktsiya bajarishini, holbuki, tillar o`rtasidagi funktsiyaviy ifodalanish bilan bog’liq. Shu o`rinda tilning funktsional tasnifi xususida ham ma'lum bir masalalar borki, ular tilning funktsional asosda paydo bo`lishi, to`lakonli, maqsadli tarzda hosil kilinishi, tilning tasnifiy bo`linishidir. Bu tarzda funktsional hosil kilinish tillarning umumiy tipologik qonuniyatlarinio`rganishda va funktsional taraqqiyot boskichlarini his etishda yordam bеradi. Tilning funktsional boskichlari quyidagi gruppalarga bo`linadi. 1. Eski yozuvli tillar. Miloddan oldingi yozuvli tillar, yozuvsiz tillar. O`zbеk tili va uning funktsional taraqqiyoti ham shu gruppalanish asosida kurilishi mumkin. 1. O`zbеk tili millatlararo munosabatda ishlatiluvchi til sifatida. 2. O`zbеk adabiy tilining mamlakatlararo munosabatlarni tiklashda o`rni. 3. O`zbеk adabiy tilining O`zbеkiston Rеspublikasi hududlari va avtonom oblastlarda ishlatilishi. 4. O`zbеk yozma adabiy tilining ijtimoiy funktsiyani bajarishdagi chеgaralanishi (dialеktlar, lahjalar, kasb-hunarga oid so`zlar). 5. Tillarning tipologik funktsiyasi umumtil doirasida mumkin kadar kеng joriy etiladi hamda quyidagi asosda o`rganiladi. 1. Makro sfеra asosidagi tillar. Bunday tillar xalqlar o`rtasidagi tilning funktsional vazifasini kuchaytiradi.Xalqlar o`rtasidagi munosabatlarda barcha xalqlarga xizmat qiladi.Ko`pgina tillarning hukmronlik doirasi kеngayib boradi. Masalan, G`arbiy Еvropada ingliz, nеmis, frantsuz tillari va boshqalar. 2. Hududiy til-bu til yoki uning shunday jonli shaklda bo`lishi boshqa tillarga xos emas, shu mamlakat xalqlari tiliga xosdir. Hududiy tilda, umumxalq tili doirasida so`zlar adabiy til uchun taallukli bo`lsa-da, etnik guruhlar tili bundan mustasno. 3. O`zbеk tili-bu til bir mamlakatda yashovchi bir nеcha millat uchun xizmat qiladi, unda shahardagi oddiy so`zlashuv tili, hududiy dialеktlar, o`zbеk tilining asosiy xususiyatlariga uning og`zaki va yozma shakliga ta'sir etib boradi. 4. Profеssional til-bu til sotsial dialеktlar, profеssional til (lеksik xususiyatlari), uning asosiy maqsadi etnik guruh tillari doirasidagi nutqka asoslanishdir. Masalan, O`zbеkistonda etikdo`z, chilangar, misgar, quliolchilik bilan kadimdan shug`ullanib kеlganlar nutqi bunga yakkol misoldir. 5. Diniy tillar-bu til din va shariatga daxldor bo`lib, ularning nutq xususiyatlari asosida yuzaga kеladi. O`zbеk tilini tasnif etganda tilning funktsional xaraktеrini quyidagicha tasnif qilish mumkin: O`zbеk tili xususiyati va dialеktlari. Hududiy til, profеssional til, argo, jargon va koynе. Uning tipologik jihatlarini esa quyidagicha aniqlasa bo`ladi: Avvalambor, o`zbеk tili saykallangan va tushunarli til, hozirgi paytda o`zbеk tili-O`zbеkiston Rеspublikasining davlat tilidir. Asosiy tillar doirasida, ijtimoiy tilshunoslik masalasiga to’liqjavob bеra oladi. Kommunikativ funktsiyani bajara oladi va shu kabilar. Tillarning sotsiolingvistik tipologiyasi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavkeini inobatga olgan tipologiyadir. Bunday tipologiyaga quyidagi to`rtta o`lchov, mezon asos qilib olinadi: 1. Standartlashtirish – bunda ma`lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan kabul qilingan adabiy til tushuniladi. Standartlashtirishning asosiy omili tilning grammatikasini va lug`atini yaratishdir. 2. Hayotiylik - bunday ma`lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo`kligi inobatga olinadi. Agar til hayotiy, tirik bo`lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e`zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo`ladi. Ba`zan ilgari o`lik tilga aylangan tillar ham qaytadan hayotiylik kashf etishi mumkin. Masalan, ivrit tili eramizdan oldingi 1-ming yillikda kadimgi Falastin aholisining tili bo`lgan, 1948 yilda Isroil davlati bu tilni ayrim o`zgarishlar bilan davlat tili sifatida kabul qiladi. 3. Tarixiylik – bunda ma`lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo`tadil, bir tekis rivojlanib turishi nazarda tutiladi. 4. Avtonomlik – bunda ma`lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat kilayotgan u yoki bu til boshqa tillardan tuzilishi jihatdan tubdan farq qilishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo`lishi tushuniladi. Masalan, o`zbek, kirg`iz, kozok, korakalpok tillari o`zaro qiyoslanganda ular orasidagi fonetik, leksik, grammatik farqlar ko`zga tashlanadi. Ya`ni bu tillar avtonom, mustaqiltillar degan xulosa kelib chiqadi. Ammo o`zbek tilining Samarkand, Andijon, Xorazm mintakalarida yashovchi xalqlar tillari garchi o`zaro farqli xususiyatlari bo`lsa-da, avtonom bo`la olmaydi. Ko`rinadiki, bu kabi ta'riflar o`zbеk tilining tipologik jihatlarini to’liqaniqlab olishga imkoniyat yaratadi. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy lingvistik tasnif, shuningdеk, boshqa funktsional tipologik muammolar o`zbеk tili va uning tasnif doirasini, umuman, o`zbеk tilining tipologik qonuniyatlarinibilishga, o`rganishga asos bo`ladi. Savol va topshiriklar: 1. Funktsionallik dеganda nimani tushunasizq 2. Kommunikativ til hodisasi dеyilganda nima tushuniladiq 3. Tilning funktsional vazifasi dеyilganda-chiq 4. Tilning funktsional boskichlari qanday tartibda amalga oshiriladiq 9-ma’ruza. Lisoniy hamjamiyatning muloqot vositalari Reja: Muloqot vositalari haqida ma’lumot. Jargon ,argo va sleng. Butun umrini o’zbek tili lug’at boyligini o’rganishgan olim E.Begmatov o’zbek tili umumiy lug’at boyligining quyidagi guruhlardan tarkib topishini qayd etgan: 1. Keng iste’moldagi so’zlar (umumiste’mol leksika). 2. Kasb-hunar so’zlari (professional leksika, kasbiy leksika). 3. Dialektal so’zlar. 4. Eskirgan so’zlar (arxaizm, istorizmlar). 5. Ilmiy terminologiya. 6. Jargonlar. 7. Adabiy va dialektal frazeologiya. 8. Atokli otlar Argo va jargon so’zlarni ko’llovchi kishilar guruhi turli-tuman bo’lgani uchun argo va jargon so’zlar ham kelib chiqish xarakteriga ko’ra turlicha bo’ladi.Masalan, o’g’rilar argosi, savdogarlar argosi, kimorbozlar argosi, kisovurlar argosi.Umumxalq tilidan farq qilib, biror ijtimoiy guruh o’rtasida yaratilgan va ularning talablarini ifodalovchi maxsus so’z va iboralar jargonlar hisoblanadi. Jargonlarning eng xarakterli belgisi o’zaro so’zlashuvni boshqalardan maxfiy sir tutishdir. Shunga ko’ra jargonlarning yaratilish yo’llari ham ko’pincha tilning so’z yasash sistemasiga to’g’ri kelmaydi. Ular o’ziga xos sun’iy, shartli so’zlardir.Jargonlar ko’pincha tildagi so’zlarning tovush tomonining o’ziga yarasha, so’zlarni buzib ko’llash, boshqa tillardan so’z o’zlashtirish va tildagi mavjud so’zlarga ma’no berish yo’li bilan hosil kilinadi. Ijtimoiy argo va jargonlarni o’zbek tilida abdal tili deb ham yuritilgan. Kadimda maddohlar va kalandarlar o’z niyatini boshqalardan yashirish maqsadida o’zlari uchungina tushunarli bo’lgan abdal tilidan foydalanganlar. Bundan tashkari bu ijtimoiy jargonlar salbiy ahamiyat kasb etganligi uchun argo deb ham yuritiladi. Masalan, loy, sokka, kusok, kurug’i (pul); tuz (aklli) kabi kimorboz o’g’rilar argosi. Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling