Sotsiolingvistika va diskurs
Download 465.5 Kb.
|
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org
leksik variativlikkamisol bo’ladi.Bir xil ma’noga ega bo’lgan lisoniy belgilarning shaklidagi, tashki ko‘rinishidagi nomutanosiblikka, har xillikka variativlik deyiladi.
Lisoniy variativliksotsiolingvistikaning an’anaviy tarzda ko‘p o‘rganiladigan muammolardan biri. Sotsiolingvistik nuktayi nazardan variativlik hodisasi turli til variantlarining til egalari tomonidan ijtimoiy va nutqiy muloqot sharoitlaridagi farqlarga bog‘lik holda ko’llanilishi sifatida tadqiq kilinadi. Ijtimoiy variativlik Variativlikni nemis tilshunoslari individual nutqiy aktlar emas, balki o‘zlashuvchilarning muayyan guruhiga xos bo’lgan, ijtimoiy o‘zaro bog’liangan til ko’llanishining shakllari va usullari deb izohlashadi. K.Naringzning ta’kidlashicha, til variantlari mavjudligining manbalari va sabablari haqidagi masala, albatta, tii va jamiyatning o ‘zaro munosabatlarini aniqlashga olib keladi. Har qanday til jamoatida ijtimoiy xususiyatlar bilan bir qatorda til xususiyatlari jihatidan ham bir-biridan farqlanadigan turli guruhlar mavjud bo’ladi. Bundan tashkari, turli kommunikativ vaziyatlarda kommunikativ akt katnashchilari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarga bog’lik bo’lgan turfa til variantlari ham qo’llaniladiE’tirof etish joizki, barcha til jamoatlari va tillar uchun universal bo‘lgan vaziyatlar va shakllarning to'plami mavjud emas. Tilning ichki differensiatsiyasi jamiyat ijtimoiy strukturasining okibati va ifodasi hisoblanadi.Til va nutqning ijtimoiy variativligi ikki: stratifikasion va vaziyatoichovlarinirig mavjudligi bilan xarakterlanadi. Stratifikasion (lot. stratum katlam + facere-qilmoq’)variativlik to ‘g‘ridan-to‘g‘ri jamiyatning ijtimoiy strukturasi bilan bo’g’lik bo’ladi.Amerikalik sotsiolingvist U. Labovning “Nyu-Yorkda ingliz tilining ijtimoiy stratiflkasiyasi” nomli asarida ijtimoiy variativlikning ikki tomonlama tabiati hamda stratifikasion va vaziyatli variativlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqa atroflicha yoritib berilgan. Labov variativlik ikki xil turining “doimiy modeli”ni aniqlashga muvaffak bo’lgan. Bir tomondan, ayrim nutqiy ko‘rsatkichlar va ijtimoiy struktura (ayni nutqiy kontekstda kuyi ijtimoiy tabakaga mansub bo’lgan informantlar yuqori ijtimoiy tabakaga mansub bo’lgan informantlarga nisbatan noadabiy shakllardan keng foydalagan) o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog’liklik belgilangan bo’lsa, ikkinchi tomondan, barcha informantlarda rasmiy holatlarda adabiy shakllarni ko’llash ko‘rsatkichini ortgani qayd qilingan. Demak, stratifikasion va vaziyatli variativlik o‘rtasida chambarchars o‘zaro aloqa mavjud.Shuningdek, Labov ijtimoiy variantlar (lisoniy hamjamiyatning katlam va guruhlari)ni so‘zlashuvchi ijtimoiy xarakteristikasining ko‘rsatkichi deb ta’riflaydi.Ijtimoiy variativlik hodisasini Buyuk Britaniya misolida yakkol ko‘rish mumkin. Buyuk Britaniyada Estuary English (EE) (Londondagi past ijtimoy katlam vakillarining so‘zlashuv tili), Kokni (Cockney- ma’lumoti kam boiganlar tomonidan norasmiy doiralarda ko’llanuvchi London dialektining varianti) va Received Pronunciation (RP) (Londondagi oliy ijtimoy tabaka vakillarining tili) kabi variantlar mavjud. Ba’zan RP egasi o ‘zining ijtimoiy holatini oshkor qilishdan kochib, o‘z nutqida Kokniga xos bo ig an tubandagi fonetik xususiyatlami ishlatadi: a) “t” tushiraladi: wha(q)- what (nima), li(q)le — little (kichkina)\ “1 ” vokallashadi: hi(w)- hill (tyepalik), mi(w)k- millc (sut)21. Gender variativlik Sotsiolingvistikada ijtimoiy variativlikdan tashkari, gender variativligini ham kuzatish mumkin. Masalan, yapon tilida erkak va ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Erkakning “ayolcha” gapirishi yoki aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi jiddiy quligili holatlarni keltirib chikaradi. Yapon tilidagi erkak va ayol variantlarining farqi til tizimining barcha sathlarida namoyon bo’ladi. Fonemalar va ulaming mos'iashuvidagina bir xiilik mavjud bo’lib ,ularning urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniksa, grammatika va leksika sathida ikki variantning bir-biridan ajralishi ko’proqkuzatiladi. yuklamalarni boshqa tilga tarjima qilish o‘ta qiyinchilik tug‘diradi. Xullas, sotsiolingvistikada til belgilarining variativligi til egasining ijtimoiy xususiyati (tilning ijtimoiy differensiatsiyasi), nutq muloqoti vaziyati (tilning funksional differensiatsiyasi) va nutq egasining jinsi(tilning gender xususiyatlari) kabi oichovlarga bog’ lik bo’ladi. Mustahkamiash uchun savollar: 1. Tilning qayta ifodalash kobiliyati nimaq 2. Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning qaysi darajalarida namoyon bo’ladiq 3. Fonetik yoki leksik variativlikka misol keltiringq 4. “Lisoniy variativlik” termini izohlang. 5. Variativlikni nemis tilshunoslari qanday izohlashganq 6 . Tilning ichki differensiatsiyasining jamiyat ijtimoiy strukturasi bilan aloqasini tushuntiring. 7. Til va nutqning ijtimoiy variativligi nima bilan tavsiflanadiq 11-Ma’ruza. Interferensiya va uning turlari. Reja: Interferensiya hodisasi Interferensiya va uning turlari. Bilingvizm va interferensiya Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u tillarning. o‘zaro ta’siri .kuzatiladi. Bu o‘zaro ta’sir nutqda, tilda,shuningdek, har qanday til osti tizimlarida: fonetikada, grammatikada,leksikada namoyon bo‘lishi mumkin.Interferensiya keng ma’noda ikki tillilik sharoitida til sistemalarining o'zaro ta’sirini; ikki tilli shaxslar nutqida u yoki bu tii me’yorining buzilishini ifodalaydi. Tor ma’noda ikki tilli shaxsning og‘zaki va yozma nutqida ona tili ta’sirida ikkinchi til me’yorlarining buzilishini anglatadi.Umuman, ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tilga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu ta’sirning natijasi Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling