Sotsiolingvistika va diskurs


Download 465.5 Kb.
bet9/13
Sana21.11.2023
Hajmi465.5 Kb.
#1791770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org

interferensiya deyiladi. Odatda, interferensiya deganda, faqat nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar tushuniladi, ongli ravishdagi o ‘zlashmalar unga taallukli bo‘lmaydi.interferensiyaning yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ona tilining ikkinchi tilga interferensiyasi ko’proq kuzatiladi. Biroq ikkinchi til asosiy tilga aylanganida u ham ona tiliga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, o ‘zbek bolasi ruslar yashovchi hududga ko‘chib boradi va rus maktabida o ‘qiy boshlaydi. Asta-sekin rus tili uning ona tiliga ta’sir qila boshlaydi va u ko‘proq rus tilida gapira boshlaydi. Masalan, uning nutqida
“Mam, ujin kilamizmi, “Ponedelnik kuni fizkutura bor”. Yoki ko‘p yillar davomida chet elda muhojir bo‘lib yashagan o‘zbeklarning nutqida ham bu ta’sirni ko‘rish mumkin. Masalan, “Hammasi okey bo'ladi”, “O,yes! Zo ‘r bo ‘Idi”.Rossiyadagi bozorlardan biridagi savdogarlar nutqida “ Такой прайс только за лейбл что лиq”tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida kurilgan ruscha jumlani kuzatish mumkin. Mazkur matnda ruscha цена leksemasining o‘rniga inglizcha price so‘zi individual ko‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-molodoy), mavzu (tijorat), holat (bozor) va makom (“chelnok”) singari ijtimoiy omillar ishtirok etgan.Interferensiya lisoniy aloqalar nazariyasida markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi. U til darajasiga muvofik ravishda quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
1) fonetik interferensiya;
2 ) grammatik interferensiya;
3) sintaktik interferensiya;
4) leksik-semantik interferensiya.
Fonetik interferensiyaikki tilli shaxs nutqida aloqadagi tillarning fonetik tizimidagi o‘zaro ta’sir hodisasi bo’lib , talaffuzdagi aksentda namoyon bo’ladi. Ruslarning o’zbekcha nutqida ning (kiz —* kiz, kara —* kara), ning (tog‘ —* tog, og‘rimok —ogrimok) deb talaffuz h.k.
Grammatik interferensiya- ikki tilli shaxs nutqida ona tili grammatik tuzilishining ta’siri. Bu kelishiklami korishtirish (uyga boradi —uyda boradi), fe’l zamonlarini nomuvofik qo’llash (ertaga keldi), son+ot+-lar qolipini k o ilash (ikki kishilar) va h.k.
Sintaktik interferensiya— ikki tilli shaxs nutqida .ona tili sintaksisi ta’sirida sintaktik qoidalarining buzilishi (Keldi u biznikiga kecha).
Leksik-semantik interferensiya- aloqadagi tillarning leksik-semantik darajadagi o‘zaro ta’siri, so‘zdagi ma’nolar farqliligi natijasida ikki tilli shaxs nutqida me’yorlarning buzilishi; so‘zlaming bogianishidagi buzilish; parafaziya (nutqda biron so‘zni boshqa so‘z o‘rnida noto‘g‘ri ko’llash) va h.k. Masalan, dugonam uylandi; og'aynim turmushga chikdi.
Xullas, interferensiya individlarga xos hodisa. Lekin ommaviy ikki tillilik holatlarida bir turdagi interferension jarayonlar ko‘pchilikning nutqini tavsiflashi ham mumkin. Masalan, sobiq Sho‘rolar davrida rus tili ommaviy ravishda turli til egalarining nutqiga ta’sir ko‘rsatgan.
Mustahkamlash uchun savollar
1., Interferensiya nima?
1. Interferensiyaning yo‘nalishlarini ayting. Individual bilingvizmning asosiy turlarini farqlang, ularga misollar keltiring.
12- Ma’ruza. Til, madaniyat va jamiyat.
Reja :
13- Ma’ruza. Sotsiolingvistik lug’atlar va ularning yaratilish tarixi.
“Sotsiolingvistik terminlar lug’ati” rus va jahon ijtimoiy tilshunosligidagi birinchi tizimlashtirilgan lug’at hisoblanib,horij hamda rus sotsiolingvistika terminologiyasida faol qo’llanuvchi so’zlarni qamrab olgan.Barchaga ma’lumki, fanning rivojlanishi uning nazariy metodologik asosiga tayangan holda uyg’unlikda rivojlanadi. Zamonaviy tilshunoslikning rivojlanish bosqichida 1960yilda Maruzo va 1966yilda Axmanovaning “Lingvistika ensiklopediya lug’ati”tuzilgan bo’lib,bu ishlar rivojlanib kelayotgan fanning barcha terminlarini izohlab ,yoritib berishga kamlik qila boshladi. Natijada 1993 yilda Pachevning “Sotsiolingvistikaa ensiklopedik lug’ati”yaratildi/ Ammo bu lug’at ham o’z qamrov darajasi bilan u yoki bu tadqiqot masalalarini ochib bera olmaganligi natijasida fanning byangi tizimlashtirilgan, keng sotsiolingvistik jarayonlarni ifodalaydigan lug’atiga ehtiyoj sezildi. Ma’lumki sotsiolingvistika tilshunoslik va sotsiologiya fanlari oralig’ida vujudga kelgan fan hisoblanib,uning terminologiyasi ham shu sohaning turli aspektlarini yoritishi zarur.Bunday terminlarga ikkitilllilik, sotsiolingvistik portrert,sotsiolekt,sotsialema va h. k kiradi.Lugat ustida B Mixalchenko rahbarligida jamoa ishladi. Lug’at haqidagi maqolalar Milliy tillar munosabatlari ilmiy tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.Possiya fanlar akademiyasining bir qator ilmiy xodimlari ,jumladan,K.Kojemyakina,filologiya fanlari doktori N. G. Kolesnik, filologiya fanlari nomzodi T.B. Kryuchkovoy, filologiya fanlari kandidati O. S. Parfenovoy, filologiya fanlari kandidati Yu.B.Trushkovoy.
Lug’atning boshlang’ich bosqichida filologiya fanlari doktori L. P. Krisin ishtirok etganligi ishning jiddiyligini ko’rsatib turadi. Lug’at tuzish jarayonida 1400dan ortiq variantda maqolalar yozildi va ulardan bir qismi lug’at matniga kiritilgan.Lug’atning yakuniy bosqichida filologiya fanlari nomzodlari A. N.Bitkeeva va .M.A. Goryachevalar faoliyat olib borishdi.O’z tarkibida 900 termin va ularning variantlarini jamlagan lug’at sotsiolingvistik jarayonlarning barchasini yoritadigan bazaga ega bo’lmasa-da eng mukammal adabiyotlar va lug’atlar qatorida turibdi.Shunga qaramay mualliflar tilshunoslar,sotsiolingvistlar va sotsiologlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda terminlarni yig’ish va mazmunini to’ldirish boyicha ilmiy fikrlarini -ными социолингвистическими исследованиями, необходимо обращать
внимание и на создание теории социолингвистики, разработку ее ме-тодов и систематизацию понятийного аппарата. Без разработки фун-даментальных проблем социолингвистические исследования надолго
останутся фрагментарными, непригодными для широких обобщений и
теоретических выводов. Эти опасности для социолингвистики тем бо-лее реальны, что социолингвистические проблемы, во-первых, в той
или иной степени, в том или ином аспекте рассматриваются в трудах
специалистов других отраслей знания(социологов, этнографов, поли-тологов, философов), с другой стороны, они широко обсуждаются
общественностью. Отсутствие единой теоретической базы, естествен-но, способствует разнобою, отсутствию единого подхода, мешает
взаимопониманию.
На современном этапе развития языкознания существующие сло-вари лингвистических терминов(Марузо1960; Ахманова1966; Лин-гвистический энциклопедический словарь1990), а также энциклопе-дия социолингвистики(Пачев1993) не покрывают всего исследова-тельского поля лингвиста, не дают ответов на вопросы о значении то-го или иного термина. Сама наука о языке стала многоаспектной, мно-гоотраслевой, и каждая из отраслей имеет собственную, специальную
терминологию. Таким образом, одной из важных задач современной
социолингвистики является анализ и систематизация понятийного ап-парата– совокупности понятий, используемых в социолингвистиче-ских исследованиях.
Проблема создания социолингвистической терминологии в на-учной литературе поднималась не раз(Mackey 1991; Brann 1989).
6
В2003 г. вышел в свет«Социолингвистический глоссарий» П. Трад-жила(Trudgill 2003). П. Траджил выделяет основные концепты и наи-более часто используемые термины социолингвистики(580 слов).
Внимание автора обращено на различные направления социолингви-стики, на традиционную и современную диалектологию, на варианты
английского языка, которые представляют особый интерес для социо-лингвистов. Приводятся ссылки на классические социолингвистиче-ские исследования. Особое внимание уделено миноритарным языкам,
пиджинам, креольским языкам. Статьи изложены ясным прозрачным
языком, термины даны в алфавитном порядке со ссылками. Книга яв-ляется переработанной, дополненной, расширенной версией«Введе-ния в язык и общество» 1992 г.
В1993 г. на болгарском языке была издана«Малка енциклопедия
на социолингвистита» А. Пачева, являющаяся первой попыткой соз-дания энциклопедического словаря по социолингвистике. В теорети-ческой части книги социолингвистика осмысливается как научная
дисциплина междисциплинарного характера, раскрывается ее теоре-тический и понятийный аппарат, рассматриваются методы сбора и
анализа социолингвистических данных, очерчивается круг проблем,
связанных с языковой жизнью общества. 100 энциклопедических ста-тей образуют понятийное поле социолингвистики, около400 терми-нов имеют краткие определения и отсылки к соответствующей энцик-лопедической статье, в энциклопедию включен предметный указатель
и библиография(770 заглавий). Лексикографическое описание терми-на содержит этимологию и эквиваленты на русском и английском
языках. Автором было использовано около300 основных источников,
что отражено в рубрике«Литература» в конце каждой статьи. Как от-мечает в предисловии автор, энциклопедия сочетает особенности поч-ти всех справочных жанров: энциклопедии, словника, справочника,
библиографии и др., что делает ее доступной и удобной информаци-онной книгой, необходимой как специалистам, так и широкому кругу
читателей, интересующихся социальными проблемами языка.
14- Ma’ruza. Arab mamlakatlari sotsiolingvistikasi.
15- Ma’ruza. Sotsiolingvistikada gender yondashuv.
Antroposentrik nazariyaning fanga tadbiq etilishi inson omiliga e’tiborning kuchayishiga olib keldi.Inson o’z hukuklarini, manfaatlarini himoya qilishda gender xususiyatlarga urg’u berdi.Buning natijasida barcha sohalar bilan bir qatorda tilshunoslik va unga yondosh sohalarda gender tadqiqka ehtiyoj kuzatildi.Gender nazariya bizning ijtimoiy jinsimiz biologik jinsdan kelib chikmasligi, balki insonning o’zi ayol yoki erkak bo’lishni tanlashi mumkinligi kabi g’oyalarni singdirishga harakat kildi. Bu ko’pgina mamlakatlarning diniy karashlariga zid kelgan, lekin ma’lum bir natijalarga erishganligi tufayli siyosiy ko’llab-kuvvatlashdan ruhlangan nazariyadir.Siyosiy mavkeda bo’lgan bu mafkura “Kompleks gender yondashuv” atamasi bilan nomlandi. Bu mafkuraning ilk boshlovchilaridan biri Judit Batler bo’lib, u Rokfeller fondida ishlagan xodim edi.1990 yilda gender masalalariga bag’ishlab yozgan “Проблемы гендера-феминизм и ниспровержение индивидуальности” kitobi gender steriotiplarning vayronkorona qayta taxlanishiga olib keldi. “Feminizm” lotincha “femina” ayol ma’nosini berib, ayollarning jamiyatdagi iktisodiy, siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy hukuklarini himoya qilishga karatilgan g’oyalar, harakatlar majmuidir. Feministik harakat o’tmishda va hozirgi kunda ayollarning barcha sohalardagi, xususan,saylov , mehnat, oilaviy hukuklarini erkaklar bilan tenglashtirishga karatilgan harakatdir. “G’arb adabiyotlarida ayollar nutqining o’rganilishi “Women study” 1atamasi bilan ko’rsatilib, ayollar tomonidan, ayollar uchun va ayollarni tadqiq qilishni maqsad qilib ko’ygan feministik yo’nalishdir. Ibtidoiy tuzumning patriarxat davri ayollarni uy va ro’zg’or ishlari bilan bandligini, erkaklarni esa ovchi, ta’minlovchi vazifalariga ko’ygan bo’lsa, I-jahon urushidan so’ng jamiyatdagi bu karash o’z ahamiyatini yo’kotdi. Natijada ayollar erkaklar bilan bir qatorda ta’minotchi, bokuvchi, og’ir yumushlarni bajaruvchi shaxsga aylandi.Ijtimoiy rolning o’zgarishi o’z navbatida ayollar xulqi va ularning til xususiyatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay kolmadi. Ayollar nutqida erkaklarga xos bo’lgan varvarizm, vulgarizm vositalarining ishlatilishi, dag’allik bilan aytiladigan nutqiy birliklarda namoyon bo’ldi.Jahon va o’zbek adabiyotida bunga talay misollarni keltirish mumkin.Ayollarning uy bekasi vazifalaridan chikib, jamiyatning teng hukukli a’zolaridan biri bo’lishiga ularning oliy ma’lumotli bo’lishlari ham sabab sifatida ko’rsatildi.Oliy ma’lumotga ega bo’lgan, o’zini iktisodiy ta’minlay oladigan ayollar guruhi uchun jamiyatda turli imkoniyatlar berildiki, bu feministik harakatlar samarasida ayollar adabiyoti, ayollar kuni, ayollar hukuklarini himoya qilish yuzaga keldi.
G’arb va Sharq gender lingvistikasida farqli jihatlar mavjud bo’lib, bu milliy mentalitet,diniy e’tikod va shaxsiy karashlar umumlashmasi natijasidir. Sharkda ayollar va ularning jamiyatda erkin faoliyat yuritishi G’arbga nisbatan ancha cheklangan, bunga sabab bu davlatlarda islom dini va uning karashlari bilan singdirilgan konunchilikning,shariatning ishlashi bilan bog’lik.Shark,xususan,O’rta Osiyo hududida yashovchi ayollar nutqida hurmat, itoatkorlik mazmunini ifodalashga xizmat kiluvchi birliklar yetakchilik qiladi.Buni o’zbek milliy adabiyoti namoyondalari asarlari misolida ko’rishimiz mumkin.Masalan,Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar”asarida ayol nutqidagi turmush o’rtog’iga nisbatan ishlatilgan III-shaxsga oid murojaat buning yakkol dalilidir.Ammo zamonaviylik va globallashuv sharoitida bu holat o’z yo’nalishini o’zgartirmokda. Globallashuv nafaqat siyosat, mafkuraga,balki kishilar muloqotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.Tilshunoslikda gender mavzuga murojaat XX asrning 60-yillarida avj oldi. Gender lingvistika o’z tadqiqini uch yo’nalishda ko’rsatdi.
1)erkaklar va ayollar tilining ijtimoiy tabiati;
2)nutqiy ahlokning o’ziga xosligi;
3)farqliklarning kognitiv aspekti.
Gender lingvistikaga oid tadqiqotlar F. Mauter, E. Sepir, O.Espersen, R.Lakoff, N. Pushkarev, A. Arestova, E. Ryabseva, O. Ryabova, Yu.Apresyan,
A.Artemovalar ishlarida ochib berilgan.Bu yo’nalishda jiddiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchi O.Espersenning “Language” ( ‘Til”) asari bo’lib, unda “Ayol” bobi mavjud bo’lgan holda,“Erkak”bobi yozilmagan.Ayol va erkak jamiyatning turli ijtimoiy guruhiga mansub bo’lib, ulardan shunday muloqot xulqi talab kilinadi. Muloqot xulqini gender aspektda o’rganish yuzasidan Valentina Maslova assotsiativ eksperiment o’tkazgan.200 nafar kizlar, 200 nafar yigitlar (16-20 yoshli 10-11 sinf o’kuvchilari va I-II kurs talabalari uchun nazokat (женственность), мужественность(dovyuraklik ), красота (chiroy), сила (kuch), слабость (zaiflik), нежность (noziklik), надежность (ishonchlilik), измена (xiyonat), блуд (adashish ) kabi stimul so’zlar tanlandi. Bu so’zlar turli ijtimoiy guruhga mansub insonlar tomonidan nutqda qanday ifodalanishi keltirilgan. Bu tajriba rus tili tashuvchilari-ayollar va erkaklar lisoniy tafakkuridagi obrazlar o’ziga xosligini aniqlashdan iborat bo’lib, quyidagicha xulosalandi 2.Ayollar o’zini baholashda ichki va shaxsiy xususiyatlarga e’tibor karatib, shu xislatlarni ifodalovchi so’zlarni ishlatishgan bo’lsa, erkaklar tashki belgilar asosida baholovchi so’zlarni ko’llashgan.Ijtimoiy hayot da ifodalaniladigan bir qator tushunchalar ayollar va erkaklar tomonidan turlicha talkin qilingan.Ayollar nutqida efvimizmlar, qiyoslashlar, metafora, epitetlar va obrazli so’zlar ko’pchillikni tashkil etsa, erkaklar nutqida esa neologizmlar, texnika atamalar ishlatilishi kuzatilgan.
Madaniyat, til va jamiyat o’zaro chambarchas bog’lik tushunchalar bo’lib, bir-birini takazo etadi. Gender lingvistika o’z oldiga ko’ygan va uning yechimini o’rganadgan masalalardan yana biri tilda genderning aks etishi bo’lib, nominativ tizim,leksikon,sintaksis va bir qator yondosh hodisalardir. Bundan ko’zlangan maqsad turli jinsga mansub insonlarning tilida yuqoridagilarning qanday ifodalanishi, qanday semantik guruhlarda aks etadi va bu jarayonda qanday lingvistik mexanizm faoliyat olib borishini o’rganishdir.Nutqiy va kommunikativ jarayonda ayollar va erkaklarning o’ziga xosligi, kontekstda qanday vositalar bilan berilishi,bu jarayonga ijtimoiy faktorlarning ta’sirini o’rganadi. Bu bilan bir qatorida tildagi rod kategoriyasi va uning tarjimadagi muammolarini ham kiritish kerak. Chunki rod orkali ham ayollarga yoki erkaklarga xos bo’lgan tushunchalar yoritiladi.O’zbek tilidagi asarlarda bu muammo kuzatilmaydi, sababi bu tilda rod tushunchasining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ammo rus, nemis tilllarida bir tushunchaning turli rodlarga mansubligi tarjima jarayonidagi nutqiy va ma’noviy g’alizliklarni keltirib chiqadi.
Xulosa shuki, gender tilshunoslikning o’rganilishi va tadqiq kilinishi sohadagi bir qator muammolarni yechimiga olib keladi. Jamiyatdagi turli jinsga mansub aholining dunyoni anglashdagi lisoniy karashlarini yoritilishi insoniyat o’rtasidagi muloqot va kommunikatsiyaning muvaffakiyatli kechishini ta’minlaydi.Bir qator ijtimoiy va global kelishmovchiliklarning yechimi aynan gender yondashuv hisoblanadi.
16- Ma’ruza. Standart til muammosi.
Standart til masalasi tilshunoslikdagi markaziy masalalardan biridir. Til og’zaki ko’rinishda insonlararo muloqotni ta'minlasa, yozma ko’rinishdagi til bir millatning madaniyati, tarixi, asrlar davomida yikkan tajribasini avlodlarga yеtkazishga xizmat qiladi. Buning samarali amalga oshishi uchun esa tilning umum tomonidan kabul qilingan, bir millat doirasidagi turli shеva vakillari uchun birday tushunarli bulgan mе'yorlashtirilgan shakli zarurdir.
X,ozirga kadar o’zbek adabiy tili tushunchasi o’zbek tilining mе'yorlashtirilgan shakli sifatida ukitib kеlinadi. Urta maktabdagi va oliy ta'limdagi ona tili va xozirgi o’zbek adabiy
tili darsliklari kuzdan kеchirilar ekan, ularda grammatik qoidalarni tushuntirish uchun misollar asosan badiiy adabiyotdan olinganligini kuramiz. Xuddi shuningdеk, bolalarga
grammatik qoidani uzlashtirish uchun bеrilgan mashklardagi gaplar xam asosan badiiy asarlardan tanlab olinadi. Urta maktab davrida bolalarga bеriladigan insholarga kuyiladigan asosiy talab xam badiiylikdir. Bu xolat ona tili ta'limi uning faqat bir shakli - badiiy uslub bilan chеgaralanib kolganligini kursatadi. Vaxolanki, inson kundalik xayoti
davomida tilning badiiy uslubidan kura boshqa uslublarini qulilashga kuprok extiyoj sеzadi.
Ma'lumki, o’zbek tilshunosligi rus tilshunosligi ta'siri ostida shakllangan, “o’zbek adabiy tili” tushunchasi xam “sovrеmеnno`y russkiy litеraturno`y yazo`k”ning aynan tarjimasidir. Mantikdn olganda “o’zbek adabiy tili” o’zbek tilining barcha kurinishlari uchun namuna vazifasini utashi lozim bulsa-da, o’zbek tili buyicha qilingan kupgina tadqiqotlar uning fak;at bir shakli - badiiy adabiyot bilan chеklanib kolgan. Garb davlatlarida tilning mе'yorlashtirilgan kurinishi sifatida standart til tushunchasi qulilanadi: “Standard English”,
“Espanol estandar”, “Le fransais standard” kabi. Bu atamaning afzalligi unda xalq o’rganishi va bilishi kеrak bo’lgan til faqat badiiy adabiyot bilan chеklanmasligiga urgu bеriladi. Filologiya fanlari doktori, profеssor Aziz Boltaеvich Juraеvning o’z tadqiqotida o’zbek tilshunosligida birinchi marta standart o’zbek tili tushunchasi qo’llanadi va uning
zaruratini ilmiy jihatdan asosladi: “Standart o’zbek tili o’zbek tilining barcha ontologik kurinishlari uchun idеal ogzaki va yozma lingvodidaktik namunadir. U ukimishli o’zbеklarning.ko’p variantli nutqiy xulqida еtakchilik qiladi”.Olimning “Standart o’zbek tili” dеb nomlangan yakunlanmagan tadqiqoti bulib, muallif rеjalashtirgan tadqiqotning birinchi bobidir. Olim standart o’zbek tili tushunchasini ilmiy taomilga kiritar ekan, o’zbek
adabiy tili va standart o’zbek tilining o’zaro kеsishgan va farqli jixdtlarini nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi. Standart o’zbek tili xam o’zbek tilining mavjud yashash shaklidir. Uning shakllanishi utgan asrning 30-yillarida o’zbek tilining ta'lim tizimiga kirib kеlishi va fan sifatida ukitila boshlashi bilan bog’liq. Standart o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti sobik ittifok; davrida yuritilgan siyosat bilan bеvosita bog’liqdir. Xususan, ruslashtirish siyosati o’zbek tilining xam ilmiy tadqiqiga, xam ona tili sifatida ukitilishiga jiddiy ta'sir kursatdi, bosim utkazdi. Rus tilshunosligidagi an'analarga xos tarzda ona tilini ukitishda ukuvchining nutqi badiiy matn orkali mе'yorga solishga xarakat kilindi. Ma'lumki, badiiy matn uchun badiiy tafakkur zarur, badiiy tafakkurning asosida insonning individual xayotiy tajribasi yotadi, ya'ni ma'lum ruxiy xolat xayotda kuzatilgan ma'lum prеdmеt yo xodisa bilan assotsiatsiyalanadi. Tabiiyki, profеssional yozuvchi va maktab o’quvchisining urtasida yosh jixatdan, xayotiy tajriba jixatidan katta farq; bor. Yozuvchi qulilagan jumla va obrazlar xar doim xam maktab o’quvchisi uchun tushunarli bulmasligi mumkin. Til ta'limidagi bu nomutanosiblik ukuvchi til malakasining rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Shuningdеk, mazkur tadqiqotda ta'kidlanganidеk, “barcha ona tili darsliklarida emotiv lеksika mivdor jihatidan kognitiv lеksikadan ustun” Ukuvchining ona tili vositasida mustaqil fikrlashi va uz fikrini bayon qilishi uchun kognitiv lеksikani uzlashtirishi muximrokdir. Buning uchun “maorif tilini... aloxida ontologik birlik sifatida tan olish zarur. Bu birlikni... “standart o’zbek tili” yoki “o’zbek tilining lingvodidaktik namunasi” dеb atash ma'quli” .Risolaning navbatdagi bulimi yozma o’zbek tili va yozma o’zbek badiiy tilining umumiy va farqdi jixdtlariga bagishlanadi. O’zbek tilining mazkur ikkala shakli urtasidagi asosiy farq, standart o’zbek tilining davlat va jamoatchilik tomonidan nazorat kilinadigan rasmiy nutq modеli, badiiy til esa norasmiy nutq modеli ekanligida dеb kursatiladi. Shuningdеk,o’zbek yozma badiiy tilida standartlashgan va standartlashmagan lisoniy vositalarning qulilanishi faktik matеriallar bilan kursatib bеriladi. Olim ularni “badiiy orfogramma” dеb ataydi va unga standart orfogrammani karama-karshi kuyadi.Tadqiqotda standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari munosabatiga aloxida guxtalinadi. Standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari urtasidagi chеgara kat'iy bеlgilab bеriladi va standart o’zbek tili uchun birorta shеva asos bulib xizmat kilmagani ilmiy jixatdan asoslanadi. Shu bilan birga o’zbek tilining barcha ontologik shakllari kеsishgani kabi standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari xam o’zaro kеsishishi, shuningdеk, o’zbek shaxdr shеvalari muxitiiing standart o’zbek tili uchun ijtimoiy axdmiyati kattaligi ta'kidlanadi.Muallif standart o’zbek tili va ommaviy axborot vositalari tili, standart o’zbek tili va o’zbek suzlashuv nutqi masalalaridagi asosiy nuktalarni yoritadi. Xususan, ommaviy axborot vositalari tilining bugungi x,olati “oralik ontologik tabiatga ega” ekanligi, u xali tula shakllanmagan standart o’zbek tili va yozma badiiy o’zbek tili orasida yashab kеlayotganligi aytiladi. O’zbek so’zlashuv nutqi esa o’zbek shеvalarining kuchli ta'siri ostida ekanligiga e'tibor karatiladi. .Standart o’zbek tili o’zbek tilining mavjud yashash shakli hisoblansa-da, unga bo’lgan ijtimoiy buyurtmaning yukorriligi sabab doimiy ravishda standartlashtirilishi zarur, chunki u jamiyat bilan, uning usib borayotgan ehtiyojlari bilan bеvosita bog’liq. Aziz Boltaеvich Jo’raеv bu urinda aynan nimalarga e'tibor karatish zarurligini aniq bеlgilab bеradi. Jumladan, standart o’zbek tili va o’zbek tilining boshk;a ontologik shakllari bilan o’zaro munosabatini tadqiq qilish, grammatik va lеksikografik ishlarning tankidiy taxliliga tayanib, standart tilning yangi boskichdagi imkoniyatlarini qayd etish, standart tilning yangi bosqichdagi imkoniyatlarini o’zbek tili ta'limining turli kurinishlariga olib kirish kabi vazifalar o’zbek tilini standartlashtirishda o’ta muhimdir.
17 Ma’ruza. Til egasining kommunikativ salohiyati.
Psixolingvistika sohasidan o ‘zlashtirilgan yana bir tushuncha til egasining kommunikativ salohiyatidir.. Nutqiy kommunikatsiya jarayonida kishilar adresat uchun tushunarii boigan ifodalarni tuzish uchun lug‘at va grammatika kabi til vositalaridan foydalanishadi. Biroq mazkur tilde muloqotning muvaffaqiyatli chiqishi uchun lug‘at va grammatika
bilimining o‘zi yetarli bo'Unaydi. Binobarin, u yoki bu til birliklari va uiarning birikuvining qoilanish shartlarmi ham bilish lozim. Boshqacha aytganda, tii egasi grammatikadan tashqari “vaziyat grammatikasi”ni ham o 'zlash tirish i lozim, ya’ni leksik birliklarning m a’nosi va gapda joylashish
tartibi qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, so‘zlovchi va adresat orasidagi m unosabat, muloqot maqsadi va boshqa omiliarni ham bilishi kerak. Til egasi ayrim ijtimoiy vaziyatlarda nutq akti sifatida nimaning maqbul boiishini anglashi lozim. Bular til egasining kommunikativ salohiyatini
tashkil qiladi.D.Haymsning fikricha, Kommunikativ salohiyat tushunchasi birbiridan farq qiladigan ikki intellektual kategoriyaning tan olinishiga bogiiq bo’ladi: bilim va undan foydalanish qobiliyati. Chunonchi, bilish boshqa, qilish, amalga oshirish boshqa bir ishdir35. Masalan, til bilimi passiv boiishi mumkin, ayni paytda tilni bilish, til vositalaridan foydalanish faol boiishi mumkin. kommunikativ salohiyat doirasiga odob-axloq qoidalari (o‘zbek lisoniy hamjamiyatida san va siz olmoshlari, -lar qo‘shimchasining hurmat ma’nolari, yapon va koreys lisoniy hamjamiyatlarida hurmat shakllari kategoriyasining qoianilishi), bolalarning kattalar bilan (yoki kattaiarning bolalar bilan) muloqot qoidalari, kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyiga ko‘ra “ijtimoiy masofa”ga rioya qilish qoidalari,shuningdek, iltimos, talab, ayblash, tahdid, va’da berish kabi turli nutqaktlarini amalga oshirish qoidalari va boshqalar kiradi.
Sotsiolingvistikaning ayrim terminlari va tushunchalari sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyadah olingan. Ulardan eng muhimiari ijtimoiy maqom va ijtimoiy roldn. Jamiyatda yashaydigan va turli guruhlarga mansub boigan har bir individ jamiyatda bir qancha ijtimoiy o ‘ringa ega bo’ladi. Masalan, talaba (o‘z-o‘zidan m aium ijtimoiy o ‘ringa ega) faol
“kamolotchi”, universitetning shahmat bo‘yicha chempioni, guruhda yaxshi xonanda, uyda o ‘g ‘il va aka, do‘stlar davrasida o ‘rtoq, do‘st va h.k.boiishi mumkin. Mazkur o ‘rinlarning har biri muayyan qoidalar vavazifalar bilan bogiiq boiib, u ijtimoiy maqom, deb nomlanadi. Ijtimoiy maqomlarning aksariyatiga insonning o‘zi erishadi. Bunday maqomlarga orttirilgan maqomlar deyiladi. Talaba maqomiga oliy o ‘quv yurtiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish, chempionlik maqomiga musobaqada g'olib boiish, er maqomiga nikohdan o ‘tish y o ii bilan erishiladi. Boshqa maqomlar, xususan, jins, etr.ik yoki muayyan irqqa oidlik tug’ma bo’ladi.Har qanday maqom huquq, majburiyat va unga mos me’yoriy muomaladan iborat bo’ladi. Jumladan, talaba maqomi darslarga qatnashish, smtihonlar topshirish, amaliyot o‘tash, universitet kutubxonasidan foydalanish va boshqalardan iborat bo‘iadi. Professoro'qituvchi inaqomi muayyan fandagi salohiyat, ma’lum pedagogik malaka, ilmiy faoliyat, kafedra majlisida ishtirok etish va h.k.dan iborat bo’ladi. U yoki bu ijtimoiy maqomga ega boigan kishidan atrofdagilar mazkur maqomga mos bo’Igan ma’ lum muomalani kutadi. Ana shunday standart, umumqabul qilingan kutishlarga ijtimoiy rol deyiladi. Bir maqomga bir necha rollar mos kelishi mumkin. Masalan, universitet professor-o‘qituvchisidan talabalar, hamkasblar,, kafedra mudiri, ma’muriyat va texnik xodimlarning kutishlari bir-biridan farq qiladi.Jamiyat uchun xos boigan aksariyat rollar tilda rnaxsus m a’no kasb etadi: ota, turmush o‘rtog‘i, o’g‘il, sinfdosh, qo‘shni, o ‘qituvchi, xaridor, yo’lovchi, mijoz va h.k. Jamiyatning har bir voyaga yetgan a’zosi o‘z rollarining ijrosida o ‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Lisoniy ijtimoiylashuv nima?
Jamiyatning a’zosi sifatida indiyidning hayoti u tug’ilgan va tarbiyalanayotgan oilada rol muomalasini, o ‘zini qayerda qanday tutishni o ‘rganishdan boshlanadi. Xuddi ana shu yerdari Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni - yashashi va harakat qilishi kutilayotgan jamiyatga kirishi boshlanadi. Ijtimoiylashuv individning asta-sekin o‘zi uchun yangi boigan
guruhlarga kirishi va yangi rollarni o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri lisoniyijtimoiylashuv boiib, u muayyan jamiyatda qoilaniladigan tilni o ‘zlashtirish va undan foydalanish qoidalarini u yoki bu ijtimoiy rolni ijrosiga muvofiq ishlatishini ifodalaydi.Xullas, sotsiolingvistikada qoilaniladigan ayrim tushunchalarpsixolingyistika, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya sohalaridano ‘ziashtirilgan b oiib, ular tilning mavjud ijtimoiy sharoitlar bilan bog’liqligini o ‘rganishda muhim ahamiy ahamiyatga ega.
18-Ma’ruza.G’arb mamlakatlarida sotsiolingvistikaning o’rganilishi.
(Germaniya misolida)
Germaniya sotsiolingvistikasining vujudga kelishi Nemis tilshunosligi tarixiga nazar tashlanganda sotsiolingvistikaning rivojlanishiga asos sifatida xizmat qiladigan ikki yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Birinchi yo'nalish nemis tilining shakllanishidagi tarixiy xususiyatlardan kelib chiqqan. Ma’lumki, XIX asming ikkinchi yarmigacha davom etgan Germaniyamng ko‘p asrlik feodal tarqoqligi birinchidan,nemis tilida bir-biridan farq qiladigan ko‘p sonli dialektlaming mavjudligida, ikkinchidan, nemis adabiy-milliy tilining favqulodda sekin shakllanganligida, uchinchidan, talaffuz va grammatika me'yorlanda mahalliy ikkilanishlaming uzoq davom etganligi hamda hozirgi nemis so‘zlashuv tilida mahalliy talaffuz va lug‘aviy farqliliklaming sezilarli darajada saqlanib qolganligida namoyon boTgan. Ana shu xususiyatlami nazarda tutgan holda, nemis tilshunosligi asosiy diqqat-e’tiborini an’anaviy tarzda dialektlar, me’yor muammosi, shuningdek, adabiy til, so'zlashuv tili va dialektlaming o‘zaro munosabatini o ‘rganishga qaratdi1. Y.Grimm, I.A.Shmeller, G.Venker, F.Vredlaming tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi.Nemis tili dialektlarini har tomonlama chuqur va jadal o'rganish ikkinchi jahon urushigacha davom etdi. Bu tadqiqotlarga dialektologiya uchun an’anaviy vazifalami belgilash xos bo Tib, birinchi galda lingvistik geografiya metodlari yordamida dialektlaming hududiy tarqalishi aniqlandi,
so'ngra ulaming tarqalishidagi tarixiy davomiylik belgilandi. Dialektning ijtimoiy tomoniga nisbatan boigan dastlabki davrlardagi qiziqish ma’lum darajada yo‘qolgan edi. Holbuki, biiinchi (makon) va ikkinchi (zamon) bilan bir qatorda aynan “uchinchi o ‘lchov” (dritte dimension)ning, ya’ni dialektning ijtimoiy variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqotlarga, xuddi sobiq GDRda yuz
bergandek, asosiy sotsiolingvistik tadqiqotlardan biriga qonuniy o‘tish yuz bergan boiardi1. Biroq GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi dastlab boshqa yo‘ldan bordi, dialektlaming vazifalari va qoilanishi kabi sotsiolingvistikjihatlarga nisbatari qiziqish keyinroq paydo bo‘ldi.Nemis tilshunosligidagi ikkinchi yo‘nalish sotsiolingvistik muammolarga ma’lum ma’noda tegishli boigan, tilga “xalq ruhi”, milliy tafakkur ifodasining mahsuli sifatida haraydigan V. Gumboldt va uning izdoshlarining nazariy fikrlaridir. Ammo V.Gumboldtnmg g‘oyalari GFR tilshunoslarining emas, balki faylasuflarming asosiy tadqiqotlarida o‘z rivojini topib, ulaming idealistik tomoni haddan tashhari bo‘rttirildi. Til va
jamiyat, til va madaniyatning aloqasi kabi muhim masalalar o‘sha davrdagi va undan keyingi tilshunoslaming e’tiborini tortmadi.Ayrim g‘arbiy yevropalik sotsiolingvistlaming fikricha, 60-yillarda GFRda sotsiolingvistikaining rivojlanishi umumgerman an’analaridan butkul uzilgan, birinchi navbatda mamlakatdagi siyosiy va ta’lim sohasidagi ahvoldan kelib chiqqan holda yuz bergan.O’tgan asming 50-60-yillarida nemis tilshunosligi og‘ir ahvolni
boshidan kechirdi va nazariy tilshunoslikning yangi ta’limotlari doirasida o ‘z o'rnini topishga harakat qildi. Bu bir tomondan, transformatsion grammatika, ikkinchi tomondan, B. Bemstaynning sotsiolingvistik ta’limotining tanqidsiz qabul qilinishiga olib keldi3. Shu bilan birga, GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi uzoq vaqt mobaynida bu o‘ta yuzaki
nazariyaning ham lingvistik, ham ijtimoiy jihatlari singari tor doiralari bilan chegaralanib qoldi.
GFRning AQSh bilan iqtisodiy, siyosiy va ilmiy jihatdan o‘ta mustahkam aloqalariga qaramasdan, sotsiolingvistika o‘zining dastlabki bosqichlarida nazariy teranligi va empirik asosining kengligi nuqtayi nazaridan B. Bemstaynnikidan afeal bo‘lgan Amerika ta’limotini deyarli qabul qilmadi.B.Bemstayn gipotezasining o‘ziga tortadigan asosiy tomonlaridan biri uning amaliy yo‘nalishi edi. U “ijtimoiy hayotni yaxshilash haqida
muayyan tavsiyalami bergandek”, ijtimoiy ziddiyatlami mutlaqo og‘riqsizyo‘l bilan yumshatishga uringandek ko‘rinar edi. Tabiiyki, mazkur gipoteza nafaqat tilshunoslami, balki siyosatshunoslar, sotsiologlar va ta’lim sohasidagi mutaxassislami ham qiziqtirgandi. A.I. Domashnev bu haqida shunday yozgan: “B. Bemstayn kodlar nazariyasining qizg‘in
muhokama qilinishiga sabab, avvalo, uning ilmiy ahamiyati emas, ko‘proq ta’lim ehtiyojlari uchun jozibador boTgan uning pragmatik jihati edi. Bu davrda aksariyat kapitalistik davlatlardagi qashshoqlik shu darajaga yetgan ediki, endi bu haqida sukut saqlash, bu sohada hech bo‘lmaganda ozgina o‘zgarishlar qilishga urinmaslik mumkin bo‘lmay qolgan edi”. Shuningdek,I. Radtkening qayd qilishicha, GFRda turli siyosiy partiyalar “ijtimoiy islohotlar” o ‘tkazish talabini ilgari surdilar. Ta’lim boshharuvidagi rasmiy idoralar sotsiolingvistikaning maktabdagi “quyi tabaqa” bolalarining lisoniy tengsizliklar tufayli boshqa bolalarga nisbatan “teng imkoniyatlar”dan mahrumligi haqidagi xulosasiga tezda munosabat bildirishdi” Bunday sharoitda quyi ijtimoiy tabaqaga mansub bolalaming til salohiyatlarini kengaytiradigan “til o‘qitishning kompensator” dasturlari ishlab chiqildi.Mualliflaming fxkricha, mazkur dasturlar bunday bolalaming ijtimoiy imkoniyatlarini o‘rta ijtimoiy qatlamga mansub bolalar bilan tenglashishiga, ya’ni ulaming ham ta’lim olish va xizmat pog'onalaridan ko‘tarilish imkoniyatlariga ega bo‘lishiga olib keladi2.
Nima uchun kodlar nazariyasi aynan GFRda bunchalik katta qiziqish uyg‘otgan degan savolga B. Shliben-Lange ikki jihat bilan javob beradi. Birinchidan, B.Bemstayn gipotezasining tashviqoti 1967-1969-yillardagi talabalar harakatiga mos keigan: bu gipoteza filologiyaning jamiyat amaliyoti bilan aloqasini namoyish qilganligi bilan talabalami o‘ziga jalb qilgan.Ikkinchidan, 60-yillaming oxirida GFRda yuqorida qayd qilingan siyosiy va ijtimoiy sabablarga ko‘ra, pedagogika eng asosiy fanlardan biriga
aylangan. Pedagogika fani tomonidan tarbiya jarayonidagi natijalaming,asosan, til vositasida amalga oshiriladigan muhim ijtimoiylashuv shakllariga bog‘liq boTishi belgilangan edi. Shunga ko'ra, pedagogika uchun til to‘siqlari muammosi markaziy masalalardan biri hisoblanar edi. Shunday qilib, GFRda sotsiolingvistik muammolar majmuyi vujudga keigan paytdanoq pedagogik nazariyalar bilan chambarchas bog'liq b o iib , uning rivojlanishida muhim o‘rin egalladi.Shuni ta’kidlash joizki, GFRda 70-yillardayoq kompensatsiyalangan ta’ lininmg ' kutilgan natijalar bera olmaganini va Bemstayn nazariyasi uiradlami oqlay olmasligini k o ‘rsatadigan tadqiqotlar yuzaga keigan edi (Gutt, Saffiner 1971, Hartig 1977 tadqiqotlari bunga misol bo'ladi).
70-yillardagi G" arbiy Germaniya sotsiolingvistikasida B.Bemstayn farazining asosiy mazmunini empirik tekshirish va tanqid qilish salmoqli o‘rin tutdi. Biroq mazkur muammolar bilan birga, tadqiqotchilar boshqa mamlakatlaming sotsiolingvistlari an’anaviy shug‘ullangan masalalar bilan ham qiziqa boshladilar. Ayniqsa, AQSh sotsiolingvistlarinmg, xususan, U.Labov, D. Xayms, J. Gampers, M. Qulitard va h.k.ning tadqiqotlariga
qiziqish ortdi, ular nemis tiliga tarjima qilindi.Bu davrga kelib, umumnazariy masalalar muhokama qilina boshlandi, ya’ni sotsiolingvistika fan sifatida o‘z mavqeyini belgilashga boshladi. B. Shliben-Langening ta’kidlashicha, bir tomondan, til jamoalari va ijtimoiy guruhlar hayotidagi sotsiolingvistik muammolami, ikkinchi tomondan, sotsiolingvistikaning fan sifatidagi muammolarini farqlab olish lozim edi. U sotsiolingvistikaning predmeti, tadqiqot metodlari, nazariyaning tizimi, shuningdek, sotsiolingvistikaning boshqa fanlarga munosabatini ikkinchi tiidagi muammolar qatoriga kiritdi.70-yillarda GFR sotsiolingvistlari tomonidan qizg‘in bahslarga sabab bo’lgan umumnazariy masalalar orasida lingvistik materialni tasvirlash usullari muammosi ham bor edi. Til jamoalari hayotidagi sotsiolingvistik muammolar orasida ijtimoiy vaziyat va rollarga ko‘ra variantlilik ko‘proq
e’tibomi jalb qilar edi. Bu o ‘rinda tadqiqotlar, asosan, GFRning nemis tilidagi materialiari negizida amalga oshirildi.Ushbu davrda qator keng ham’rovli sotsiolingvistik tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari so‘zlashuv tilini o ‘rganish maqsadida yozilgan “Maktabda til”, fan va texnikaning rivojlanishi ta’sirida texnik-kasbiy tilning paydo b o iish xususiyatlarini yoritishga haratilgan “Kasbiy va maxsus tillar”, nemis tili struktur xususiyatlarining tahlili hamda til muomalasining ijtimoiy strukturalar bilan aloqasini belgilash maqsadida yozilgan “Quyi Germaniya so‘zlashuv tilining tadqiqi” kabi asarlar shular jumlasidandir,Xullas, GFRda sotsiolingvistik muammolarga bo ig an qiziqish yildan- yi’ga ortib bormoqda, Mazkur fikmi monografiyalar, to‘plamlar hamda lingvistika va sotsiologiyaga doir jumallardagi maqolalar sonming ko’payib borishi bilan quvvatlash mumkin. 1987-yilda GFRda U. Ammon, K. Mattxayer va P. Neldning tahriri ostida “Sociolinguistica. Internationales Yahrbuch fiir Europeische Soziolinguistik” jumali nashr qilina boshlandi .
maqolalari, ko‘pchilik mamlakatlarda amalga oshirilgan sotsiolingvistik
tadqiqotlaming bibliografiyasi e’lon qilinib boradi.
19-Ma’ruza.Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi.
Reja:
1.Savodxonlik nima ?
2. Dunyo hamjamiyatida savodxonlik darajasi haqida
3. D. Xirsh bo’ycha savodxonlik darajasi haqida ma’lumot.
Har bir davlatning rivojlanish ko’rsatkichlaridan biri bu – savodxonlik darajasidir Amerikalik madaniyatshunos va pedagog Erik Donald Xirsh madaniy savodxonlik konsepsiyasini yaratgan shaxs sifatida mashhur. Bu konsepsiya AQSh ta’lim tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1988 yilda professor Xirsh 5000 so’z birikmasi ,tarixiy hujjatlar nomlanishi,ilmiy atamalar, sanalar va amerika jamiyati uchun muhum bo’lgan ma’lum so’zlar lug’atini ishlab chiqdi. Bu so’zlar har bir savodli amerikalik bilishi zarur so’zlar jamlanmasidir Amerikalik madaniyatshunos va pedagog Erik Donald Xirsh madaniy savodxonlik konsepsiyasini yaratgan shaxs sifatida mashhur. Bu konsepsiya AQSh ta’lim tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1988 yilda professor Xirsh 5000 so’z birikmasi ,tarixiy hujjatlar nomlanishi,ilmiy atamalar, sanalar va amerika jamiyati uchun muhum bo’lgan ma’lum so’zlar lug’atini ishlab chiqdi. Bu so’zlar har bir savodli amerikalik bilishi zarur so’zlar jamlanmasidir 2013 yilda ta’limdagi islohotlarga bag’ishlangan maqolasida D. Xirsh qarashlari atrofida turli fikrlar va munozaralar bo’lishiga qaramay ,”Xirsh oxirgi 50 yillikning ta’lim sohasidagi muhim islohotchisi” sifatida amerika ta’limi tarixida qoldi. Bilimlar bazasi fondining nashr etilgan ma’lumotlariga ko’ra AQShning 46 shtati va Kolumbiya okrugida Doktor Xirsh lug’atidan 1,260 maktab savodxonlik masalasida foydalanishgan.
20-Ma’ruza. Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi.
(Yaponiyada sotsiolingvistika misolida)
Bugungi Yaponiyadagi lisoniy vaziyat ijtimoiy hayotning muhim tomonlari bilan bog‘liq, u yoki bu darajada siyosiy ahamiyat kasb etgan qator muammolami keltirib chiharmoqda. Til muammolarini oqilona hal qilmasdan turib, to‘laqonli ta’limga, ommaviy axborot vositalarining samarali ta’siriga va xorijliklar bilan muloqotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat siyosati til siyosatini ham qamrab oladi. Ta’kidlash joizki, hech qaysi rivojlangan kapitalistik davlatlaming hukumati til masalalariga Yaponiya hukumatichalik katta e’tibor haratmaydi.Ikkinchi jahon urushidan keyin til me’yori masalasini hal qilish, ona tili va chet tillami o'qitishning samaradorligini oshirish, matbuot, radio va televideniya matnlarini talab darajasiga keltirish maqsadida davlat muassasalari taslikil qilindi. Tokiodagi Yapon tili davlat instituti (KKK) hamda Madaniyat, radio va teleko‘rsatuvlar instituti (XBK) shular jumlasidandir. Har ikkala institut ham til me’yorlarini ishlab chiquvchi markaz bo‘lib, til me’yorlari (xususan, o‘quv adabiyotlari va teleko‘rsatuvlari) yuzasidan qonun chiharish huquqiga ega.
KKKning vazifalari turli-tuman bo‘lib, ulardan asosiysi amaliy yo‘na!ish hisoblanadi: bu yapon adabiy tili va dialektlari bo‘yicha materiallar to‘plash, yapon tili egalari bilan ommaviy so‘rovnomalar o‘tkazish, matnlardagi muayyan leksik birliklar, grammatik ko'rsatkichlar va konstruksiyalaming qo‘llanishini kuzatish, yozuv belgilarini statistik
tahlil qilish, yapon tilini yaponlarga va chet elliklarga o‘qitish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish, baholashning qat’iy mezonlarini begilash va h.k.
Ikkinchi jahon urushidan oldin Yaponiyada nazariy tilshunoslik hukmronlik qilgan bo‘lsa, umshdan keyingi dastlabki yillardanoq amaliy tilshunoslik masalalarini hal etishga haratilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Albatta, “sof ilm” mavjud edi, biroq u ikkinchi darajali bo‘lib, unga ko'proq ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy universitetlar homiylik qildi. Birinchi navbatda amaliy tadqiqotlar, xususan, sotsiolingvistik xususiyatdagi izlanishlar (mashina tilshunosligi - axborotlaming avtomatik tahlili, ulami EHMga hamda mashina tarjimasiga kiritish va h.k. katta o‘rin egalladi) keng miqyosda amalga oshirildi.Mazkur ishlaming nazariy asosini “lisoniy mavjudlik” (gengoseykatsu) maktabi g‘oyasi tashkil qilgan edi. Bu maktabning vazifasi tilning fonetik tizimi, grammatik qurilishi yoki so‘z semantikasini emas, balki ijtimoiy jarayonlar bilan bogiiq bo‘lgan kishilammg nutqiy xususiyatlarini tasvirlash edi2. Shunga k o la, sotuvchi, xizmatchi, uy bekasi va h.k.laming “lisoniy mavjudlik” qolipi tuzilib, ulaming til amallari bilan ishlashga qancha vaqt sarflashi, nutqidagi gaplarning o ltacha uzunligi qanday. bu gaplarda ega va kesimning foizi qancha, eskirgan leksika, kattgo bilan gayraygomng o ‘zaro nisbati va shunga o‘xshash og‘zaki nutqning olganilishi qiyin boigan jihatlari yoritildi. Yapon tilidagi gaplarning kundalik so‘zlashuvda o‘rtacha 3,81%, oldindan
tayyorlanmagan rasmiy suhbatda 5,49%, ma’ruzalarda 9,31%, teleyangiliklarda 16,48% mustaqil ma’noli so‘zlardan tarkib topgani aniqlandi Umurnyapoh, mahalliy va xalqaro teleyangiliklarda qollanilgan jumlalarda ishtirok etgan tovushlaming o‘rtacha miqdori belgilandi (Yapon tilshunosligining amaliy yolialishi yaponlaming kundalik hayotida muhim rol o‘ynashi bilan tavsiflanadi. Mazkur rol chet ellik,amerikalik kuzatuvchilami hayratga soladi. Aksariyat mamlakatlarda tilshunoslik hayotdan uzoq boigan mavhum fan sifatida qabul qilinadi. Bu ayniqsa, keyingi yillarda o'zining murakkab tushunchaviy terminolik apparati bilan boshqa soha mutaxassislarini qolqitib yuborgan struktur va generativ tilshunoslikka tegishlidir. Yaponiyada esa mutlaqo boshqa vaziyat hukm suradi. Amerikalik tilshunos E. Jprden qayd qilganidek,amerikaliklar uchrashganda ko‘proq ob-havo va siyosat haqida, yaponlar esa ob-havo va til haqida gaplashishadi13.Amerikalik yaponshunos ohm R. E. Milleming afsus va nadomat bilan yozishicha, tilshunoslar keng ommaga taniqli bo‘lmagan uning mamlakatidan farqli o‘laroq, Yaponiyada lingvistik tadqiqotlarga ommaviy ravishda qiziqish kuzatiladi, tilshunoslar, ayniqsa, professor unvoniga ega bo‘lgan yoki nufuzli tashkilotlarda ishlovchi olimlar omma orasida mashhurligi bilan nom chihargan. Yaponiyada mutaxassis bolmaganlar ham tilshunoslikka oid kitoblami tushunilishi qiyin bolishiga haramay, bajonidil sotib olishadi. Tilshunoslar tez-tez televideniyada chiqishlar qilishadi, xohlagan masalalar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirishadi amaliyotining masalalari yapon ommaviy axborot vositalarida muhim o‘rin egallaydi. Til va yozuv me’yori muammosi keng miqyosda ommaviy muhokama qilinadi. 1978-yilning sentabr oyidan 1979-yilning avgust oyigacha bo’lgan davrda birgina “Asaxi-simbun” gazetasining “Ovoz” rakni ostida til me’yori masalasiga bagishlangan 28 ta maqola
e’lon qilingan
Shunday qilib, bugungi kunda Yaponiyada tilshunoslik faniga birinchi navbatda til amaliyotining asosi, yaponlarga tildan to‘g‘ri foydalanishda yordam beradigan vosita sifatida haraladi.
Mustahkamtash uchun savollar;
1.Yaponiyada tilshunoslik fanlariga munosabat qanday?
3.Yapon dialektlarining eng turg‘un xususiyati nima hisoblanadi?
4.Yaponiyada dialekt qanday vosita sanaladi?
21- Ma’ruza.Rus tilshunosligida sotsiolingvistikaning o’rganilishi.
Download 465.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling