Sotsiolingvistika va diskurs
Download 465.5 Kb.
|
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org
pijin vakreol tillar deb nomlanib, aloqaviy tillar hisoblanadi.
Pijin - xalqlar o‘rtasida boshqa muloqot usuli bo‘lmagan vaziyatda vujudga keladigan, etnik sohibi bo’lmagan, lug‘at boyligi va ijtimoiy funksiyasi cheklangan, bekaror grammatik tuzilishga ega bo‘lgan aloqaviy til turi. Kreol (til) - pijin tillarning asosida shakllanadi va faoliyat jarayonida til egasining ona tiliga aylanadi. Pijin tildan r.afaqat til egalarining mavjudligi, balki lug‘at boyligining kattaligi, grammatikasining turg‘unligi va funksiy alarming kengligi jihatidan farqlanadi. Yordamchi aralash tillarni o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikda kontaktologiya yoki kreolistika, deb nomlanadi. Kreolistikaga XIX asrda H. Shuhardt asos solgan boisa-da, tilshunoslikda alohida soha sifatida XX asming 50-yiiaridan e’tiboran rivojlana boshladi. Kreolistika aloqaviy tillarning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanishi va rivojlanishi bilan boigani uchun u sotsiolingvistika sohasining tarkibiy qismlaridari biriga aylandi. Maxsus adabiyotlarda aloqaviy tilning eng sodda ko‘rinishi jargon,deb nomlanadi. “Jargon” termini sotsiolingvistik kontekstda mazkur ma’noda o‘zini oklamaydi, chunki u ijtimoiy dialektologiyada boshqa ma’no kasb etadi. Bu termin barcha kreolistlar tomonidan ko'Ilanilmaydi. Ba’zan aloqaviy til rivojlanishining birinchi boskichi prepijin(“pijingacha”), deb nomlanadi va u jargonga qayd qilingan ma’noda mos kelib, unga “erta” yoki “bekaror” pijin ham deyiladi. Boshqa holatlarda har qanday yordamchi tilga pijin deyiladi.Har xillikdan kochish maqsadida, aloqaviy til rivojlanishining birinchi boskichini prepijin deyish maqsadga muvofikdir. Odatda, aloqaviy ti! o‘zining dastlabki shakllanish jarayonida oddiy muloqotning sodda vazifalarini bajaradi. Keyinchalik bu til ko‘rinishi barqarorlashib pijinga aylanadi . “Pijin” terminining etimologiyasi to’liq aniqlanmagan.Biroq uni kantoncha (xitoycha) bei chin “pul to‘lamok”, inglizcha “bussiness” (pay money) so'zidan kelib chiqqan deb haraladi.Ushbu termin dastlab 1807- yilda inglizcha-xitoycha pijinga nisbatan qo‘llanilgan. Monogenezis nazariyasiga asoslangan ayrim kreolistlar (Taylor I960, Thompson 1961, Whinnom 1965)ning fikricha, nozirgi kreol va pijinlarning kelib chiqishi XVI1-XIX asrlarda savdo-sotiquchun ko‘llanilgan Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling