Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


-mavzu. SOTSIOLOGIYANING OB’EKTI VA PREDMETI


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

2-mavzu. SOTSIOLOGIYANING OB’EKTI VA PREDMETI
1. Fanning ob’ekti va predmeti tushunchasi
2. Sotsiologiya klassiklari tomonidan ob’ekti va predmetining
ta’riflanishi
3. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarining XX asrda
dinamikasi
4. Sotsiologiyaning ob’ekti va predmetining zamonaviy ta’riflari
1. Har bir fan o’z ob’ekti va predmetiga ega. Fanning ob’ekti va predmetini
ta’riflash uning o’ziga xosligini aniqlash, o’rganilayotgan sohaning Chegarasi,
muammolari doirasi va o’rganish usullarini qat’iy belgilash deganidir. Zero, fan
ob’ekti va predmetini belgilash uning tarixiy rivojlanishi davomida ma’lum bilim
doirasining Shakllanishi natijasida, o’zini o’zi anglash harakati sifatida yuz beradi.
Sotsiologiya ham bundan mustasno emas. O.Kont asarining nashr etilishidan
boshlab, sotsiologiyaning ob’ekti va predmetini ta’riflash borasida munozaralar
davom etib kelmoqda. Xususan, g’arbiy Yevropa sotsiologiyasining klassik vakili
E.Dyurkgeym fikricha «fan faqat uning mazmuni boshqa fanlar tomonidan
o’rganilmaydigan dalillar bo’lgandagina mavjudlikka haqli bo’ladi».
Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida tarixi unchalik uzoq emas, shu bois uning
ob’ekti va predmetini belgilash muammosi zamonaviy sotsiologiya ravnaqida
bahsli fundamental muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Sotsiologiyaning rivojlanishi davomida fanning ob’ekti va predmeti
tushunchasi o’zgarib bordi. Sotsiologiya fan sifatida, o’z rivojlanishida yangi
ijtimoiy fanning tuzilishi dasturini e’lon qilishdan uning zamonaviy darajasigacha
katta yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi paytda u turli tarzda tizimlashtirilgan bilimlar
majmuasi, nihoyatda ko’p nazariy kontseptsiyalar va metodologik tamoyillar,
amaliy sohalari va sotsiologik tadqiqotlarning etuk rivojlangan amaliyotidan
iborat. Rivojlanishining har bir bosqichida sotsiologiya fanning yutuqlarini o’ziga
singdirib, uning jamiyatni tushunish va rivojlantirishdagi o’rni va rolini qayta
anglab borib, o’z ob’ekti va predmeti tushunchasini aniqlaydi, rivojlantiradi. 
Fanda differentsiallashuv jarayoni davom etayotgan Sharoitda
sotsiologiyaning faoliyat ko’rsatish sohalariga yanada aniqlik kiritish zarurati
oshmoqda. Demak, uning ob’ekti va predmetini belgilashda yakuniy xulosaga
kelish talab etiladi. Xususan, hozirgi paytda ba’zi tadqiqotchilar sotsiologiyaning
predmeti borasida yuzlab ta’riflar qayd etilgan. Sotsiologiya fani tuzilmasining
murakkabligi, jumladan, sotsiologik bilimning turli darajalari, nazariy-metodologik
tamoyillar, tadqiqot olib borish yo’nalishlari va empirik usullar xilma-xilligi
fanning predmetini belgilashdagi asosli Chigalliklarga sabab bo’lmoqda. Fan
ob’ekti va predmetini ta’riflash masalasini hal etish sotsiologiya fani va uning
tuzilishining boshqa xususiyatlarini ham istisno etmaydi. Bunda, klassik
olimlarning asarlariga tayanish, fanning hozirgi holati va uning rivojlanish
tendentsiyalari hisobga olinishi lozim. Qolaversa, sotsiolog olimlarning bu
boradagi ta’riflarini keltirishdan avval, fan ob’ekti va predmetining umumilmiy


tushunchasiga aniqlik kiritish lozim. Chunki ushbu tushunchalar aksariyat
holatlarda adashtiriladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling