Soxibaxon ped texnologiya doc


Erkin tarbiya texnologiyasi


Download 1 Mb.
bet70/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Erkin tarbiya texnologiyasi
Erkin tarbiya texnologiyasida asosiy urg’u bolaning o’z hayotiy faoliyati davomida mustaqil fikr yuritishi va tanlash erkinligiga qaratiladi. Tanlash xuquqiga ega bo’lgan o’quvchi sub’ekt vazifasini bajarishga tashqaridan bo’lgan ta’sir ostida emas, balki o’zining ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda intilib a’lo darajada bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa tushunish va o’zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S. Bibler shunday izoh bergan; tushuntirishda bitta ong, bitta sub’ekt ishtirok etib monologni hosil qiladi. Tushunishda ikkita ong,ikkita sub’ekt ishtirok etib o’zaro (bir birini) tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo’lgan qarash, ya’ni “so’zini o’tkazish”ni anglatadi.
Tushunish esa bu muloqot, hamkorlik, o’zaro (bir- birini) tushunish demakdir.
Erkin shaxsni shakillantirish muammosi ta’lim muassasalarida o'quv- tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya “rels” iga o'tkazish taqazo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi. Chunki: butun ixtiyoriy ko'rilayotgan va joriy etilayotgan o'kitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari - bilim, ijodiy faoliyat, ob’ektiv borlikka munosabatlar - pedagogik jaryon maxsulidir va ma’lum pedagogik tizim doirasida shakillantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyixasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N.V.Kuzmina pedagogik tizim o'zida ta’lim va tarbiya maqsadida bo'ysindirilgan o'zaro bog'liq tarkibli elementlardan tashkil topishini o'qtiradilar: pedagogik maqsad; o'quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari: o'quvchilar va pedagog.
V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko'ra “Pedagogik” tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakillantirshga tartibli, aniq maqsadni ko'zlab va oldindan o'ylab pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq vositalar, usullar va jarayonlar yigindisidir. Har jamiyatda shu jamiyat mafkurasiga xos shaxsni shakllantirsh maqsadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Agar maqsad o'zgarsa tizim ham o'zgaradi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo'lib, u o'ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o'quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo'lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo'lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga extiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jixatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining moxiyati, qonuniyatlari hamda o'ziga xos jixatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g'oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan xolda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:

  1. tarbiya jarayonining umumiy loyixasi;

  2. tarbiyani tashkil etishga bo'lgan ijtimoiy extiyoj (ragbat);

  3. tarbiya maqsadi;

  4. tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

  5. o'qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;

  6. o'quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;

  7. tarbiya samarasi (natija).

Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda quyidagicha namoyon bo'ladi (3-shakl).
1-shakl.Tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi


Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

  1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy extiyojni qondirish omili sanaladi.

  2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim — tarbiya jarayonini samarali, maxoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo'ladi.

  3. Pedagogyk texnologiya ta’lim —tarbiya jarayonining umumiy moxiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.

  1. Pedagogyk texnologiya yunaltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.

  2. Pedagogyk texnologiya — shaxsiylik xususiyatiga ega bo'lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim — tarbiya jarayonida qo'llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar qo'yilmaydi.

Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta’lim — tarbiya muxitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashki shart — sharoitlarini inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

  1. Pedagogyk texnologiya o'zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi.

Xullas, pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo'lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o'quvchining mustakilligini ta’minlash, o'qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling