So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Efir moyi qo‘shib poroshok tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Efir moyi qo‘shib poroshok tayyorlash 
Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani efir moy-qand 
aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta’sir etuvchi va ma’lum ta’m beruvchi 
modda sifatida ham qo‘shiladi. 
Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand 
aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir 
moyi qo‘shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham
uchuvchan bo‘ladi. Тayyor efir moy-qand aralashmasi og‘zi jips berkiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga 
bo‘lingani esa pergament qog‘ozlarda beriladi. 
Rp.: Elaeosacchari Menthae 0,4 
Natrii hydrocarbonatis 0,1 
Misce fiat pulvis 
Da tales doses N10 
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. 


Тayyorlanishi: 4 g qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2 tomchi yalpiz efir 
moyi tomizib aralashtiriladi. Тayyor bo‘lgan yalpiz efir moy-qand aralashmasi pergament qog‘ozga olib qo‘yiladi. 
So‘ngra hovonchaga 1,0 g natriy gidrokarbonat solib maydalanadi, uni ustiga tayyorlab qo‘yilgan yalpiz efir moyi-
qand aralashmasi solib, sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor poroshok 0,5 g dan
pergament qog‘ozga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi, so‘ng kerakli yorliq yopishtiriladi. 
Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash 
Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o‘simlik va hayvon 
mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 
1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo‘shib 
tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta’sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob 
bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi: 
1. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta’sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo‘lsa (masalan, belladonna nastoykasi) 
u holda poroshok qizdirilgan hovonchada tayyorlanadi. 
2. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta’sir etuvchi moddasi uchsa (masalan, valeriana nastoykasi), u holda 
poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi) qo‘shib tayyorlanadi. Indifferent modda poroshok tayyor 
bo‘lguncha qo‘shiladi va qancha olinganligi retsept hamda signaturada ko‘rsatiladi. 
Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II 
Sacchari 0,3 
Misce fiat pulvis 
Da tales doses №6 
Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Тayyorlanishi: bu retsept bo‘yicha 1,8 g qand kukuni qizdirilgan hovonchada maydalanib, uning ustiga 12 
tomchi belladonna nastoykasi tomiziladi va sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor 
poroshok 0,3 g dan 6 ta mumli qog‘ozga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi, so‘ng kerakli yorliq yopishtiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling