So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1)
- Тayyorlanishi
Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa
ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba’zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar konsistensiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi: Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) o‘ta qovushqoq, idishdan to‘kilmaydigan asalsimon cho‘ziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi. Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi. Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) konsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 Calcii carbonatis 0,3 Misce fiat pulvis. Da tales doses N6. Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Тayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kalsiy karbonat solib maydalanadi va uni qog‘ozga olib qo‘yiladi. Qo‘l tarozisida filtr qog‘ozga 0,09 g quyuq belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr qog‘ozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv bilan ho‘llanib filtr qog‘oz ajratib olinadi. Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab qo‘yilgan kalsiy karbonat kukuni bilan 2—3 bo‘lakka bo‘lib toki sochiluvchan bir xil poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Тayyor poroshok 0,315 g dan 6 ta mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. b) 1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni qog‘ozga olib qo‘yiladi. So‘ngra 0,18 g quruq belladonna ekstraktidan (1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi. Тayyor bo‘lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. d) 1,8 g kalsiy karbonatni hovonchaga solib maydalanadi va uning ustiga 5—6 tomchi (0,18 g) quyuq belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor poroshok 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. Тegishli yorliq yopishtiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling