So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Тriturat tayyorlash 
Тriturattrituratio deb, zaharli yoki kuchli ta’sir etuvchi moddalarni aniq tortib olish uchun qulaylik 
tug‘dirish maqsadida biror indifferent modda qo‘shib tayyorlangan aralashmaga aytiladi. 
XI DF ga asosan retseptda zaharli yoki kuchli ta’sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori 0,05 g dan kam 
bo‘lganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi. 
Тriturat tarkibidagi indifferent modda sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma og‘irligi 
ko‘pchilik alkaloidlarning solishtirma og‘irligiga yaqin va u gigroskopik emas. Тrituratlar «A» ro‘yxatidagi 
moddadan 1:100 (1+99) va «B» ro‘yxatidagi moddadan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi. 
Тrituratlarni tayyorlash zaharli moddalardan poroshoklar tayyorlash qoidasiga to‘la bo‘ysunadi. 
Тriturat solingan idish ustiga uning konsentratsiyasi va qanday modda ekanligini ko‘rsatuvchi yorliq 
yopishtirilgan bo‘lishi kerak. 
Тriturat tayyorlash: Atropin sulfatdan 10 g triturat tayyorlash kerak, deb faraz qilaylik. Buning uchun 
hovonchaga 9,9 g sut qandini solib maydalanadi, hovoncha tagida taxminan 0,1 g sut qandini qoldirib, qolgani
qog‘ozga olib qo‘yiladi. Hovonchadagi sut qandi ustiga juda ehtiyotlik bilan 0,1 g atropin sulfat qo‘shib yaxshilab 
aralashtiriladi va qolgan sut qandini oz-ozdan hovonchaga solib, poroshok bir xil bo‘lguncha yana aralashtiriladi. 
Atropin sulfat «A» ro‘yxatiga kiradi. 
 
Trituratio 
1g Atropini sulfatis + 99g Sacchari lactis (yoki Trituratio atropini sulfatis 1:100 cum saccharo lactis) 0,0001 
Atropini sulfatis - 0,01 triturationis. 
Тayyor trituratni og‘zi jips yopiladigan shisha idishga solib, yuqorida yozilgandek yorliq yopishtiriladi. Uni 
zaharli moddalarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda seyfda saqlanadi. 
 
Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash 


Rp.: Atropini sulfatis 0,0002 
Sacchari 0,3 
Misce fiat pulvis 
Da tales doses N10 
Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Тayyorlanishi: hovonchaga 2,8 g qand kukuni solinadi va maydalanadi. Hovonchada taxminan 0,2 g atrofida 
qand kukunidan qoldirib, qolganini qog‘ozga olib qo‘yiladi. Uning ustiga 0,2 g atropin sulfat trituratidan (1:100) 
qo‘shib aralashtiriladi, keyin oz-ozdan qolgan qand poroshogi qo‘shib bir xil poroshok hosil bo‘lguncha 
aralashtiriladi. Тayyor poroshok 0,3 g dan mumli qog‘ozga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinib, kerakli yorliq 
yopishtiriladi va surguchlab, muhr qo‘yiladi. 
Yorliqqa: «Poroshok», «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin», «Zahar», «Bolalardan ehtiyot qiling» deb yoziladi. Retsept 
dorixonada qoldirilib, bemor qo‘liga «Signatura» yozib beriladi. Zaharli modda tagiga qizil qalam bilan chiziladi va 
bir martalik hamda sutkalik miqdori tekshiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling