So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
HAB DORILAR (PILULAE)
ТOPSHIRIQ: 1. Hab dorilar tayyorlash: a) quruq ekstraktdan foydalanib; b) quyuq ekstraktdan foydalanib. 2. Quruq yordamchi modda qo‘shmasdan hab dori tayyorlash. 3. Alkaloid saqlovchi moddalar bilan hab dorilar tayyorlash. 4. Kumush nitrat bilan hab dori tayyorlash. 5. Kaliy permanganat bilan hab dori tayyorlash. 6. Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash. 7. Hab dorini parchalanishini aniqlash (X DF, «Pilyuli» maqolasi). Hab dorilar — plastik massadan tayyorlangan sharsimon shakldagi, ichish uchun mo‘ljallangan, miqdori taqsimlangan dori turidir. O‘rtacha og‘irligi 0,1—0,5 g gacha bo‘ladi. Shifokor tomonidan ko‘rsatma bo‘lmaganda 0,2 g dan tayyorlab beriladi. 0,1 g dan kam bo‘lsa, granula deyilib, parrandachilik amaliyotida va 0,5 g dan ko‘p bo‘lsa, bolyuslar deb atalib, veterinariya amaliyotida qo‘llaniladi. Hab dorilarni tayyorlanishi to‘g‘risida X DF da maxsus maqola keltirilgan («Pilyuli» 542-bet.). Abu Ali ibn Sino davrida hab dorilar kulchalar kabi tarkibiga kiruvchi dorilarning ba’zilari yanchilgan, eriydiganlari eritilgan, so‘ngra hammasi aralashtirib hab dorilar yasalgan va to‘nkarilgan g‘alvir ustiga qo‘yib quritilgan. Odatda achchiq dorilar hab dori shaklida iste’mol qilingan. Chunki bu shaklda ularni yutish osonroq bo‘ladi. Hab dorilarning quvvati bir yilgacha saqlanadi. Agar ularning tarkibiga afyun qo‘shilsa, quvvati ikki yilgacha saqlanishi mumkin. Hab dorilarni bir ichimi o‘rta hisobda bir-ikki dirxom deb belgilangan. Kulchalar o‘z ta’siri va martabasi jihatdan elaki dorilar bilan ma’junlarning o‘rtasida turadi. Kulchalar tayyorlashda ularning tarkibiga kiruvchi dorilarning ba’zilari yanchiladi, eriydiganlari esa eritiladi, so‘ngra xammasi aralashtiriladi. Ma’jun— Ibn Sino tasnifiga muvofiq oshqozon-ichak sistemasini tozalaydi va shu xususiyati bilan tanani, badanni tozalash uchun ishlatiladigan dori turi bo‘lib, dispersion tasnifda dorilarning quruq aralashmasi holida, ma’lum shaklga solib quritilgan holda (draje) shaklida bo‘ladi. Yordamchi modda sifatida asal, sut va o‘simlik mevasi sharbatlari ishlatilishi ko‘rsatilgan. Hab dorilarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda boradi: a) dori moddalari tarozida tortiladi, maydalanadi va aralashtiriladi; b) hab dori massasi tayyorlanadi; d) massa tayoqcha (qalamcha) shakliga keltiriladi; e) tayoqcha (qalamcha) bo‘laklarga bo‘linadi; f) bo‘lakchalarga yumaloq (shar) shakli beriladi; g) tayyor hab dori sirti qoplanadi yoki indifferent poroshoklar sepiladi; h) hab dori idishga solinib, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. Hab dori tayyorlashda dori moddalarini aralashtirish poroshoklar tayyorlashning umumiy qoidasi bo‘yicha bajariladi. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar suvda yoki spirtda eritiladi. Agarda hab dori tarkibida suvda yoki spirtda yomon eriydigan modda bo‘lsa, unda poroshok yaxshilab maydalanadi. Dori preparatlari aralashmasiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalarni tanlashda, ularni dorilar bilan o‘zaro mutanosibliklarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Dori moddasiga birinchi navbatda suyuq yordamchi moddalar (suv, glitserinli suv, suyuq ekstraktlar va hokazolarni) qo‘shish maqsadga muvofiqdir, bunda pastaga o‘xshash yengil aralashma hosil qilinadi. So‘ng bunga kukunsimon yordamchi moddalar aralashtiriladi. Тayyor hab dori massasi — bu hovoncha devoriga va dastasiga yopishmaydigan xamirsimon, plastik massadir. Hab dori massasi yumshoq bo‘lsa, unga kukunsimon yordamchi modda qo‘shiladi (o‘simlik kukuni, kraxmal, oq gil va hokazolar). Hab dori massasi qattiqroq bo‘lsa, yumshatish uchun dekstrin, suyuq ekstrakt, qand sharbati va boshqa suyuq yordamchi moddalar qo‘shiladi. Тayyor hab dori massasi hovonchadan uning dastasi boshchasiga yig‘iladi va sellofan yoki pergament qog‘ozga olinadi. Massa og‘irligi tarozida o‘lchanib pasport va signatura orqasiga yozib qo‘yiladi. Hab dori massasi hab dori mashinkasi stolida silindrsimon (tayoqcha yoki qalamcha) shaklga keltiriladi. Uning uzunligi temir keskichning uzunligiga teng bo‘lishi kerak (25 yoki 30 ta bo‘lakka bo‘linadi). Hab dori tayoqchasi ikkita keskich oralig‘iga qo‘yiladi, ustki keskich yordamida oldinga va orqaga harakatlantirib, bir xildagi dumaloq sharchalar kesiladi. Oq rangli hab dori massasi plastmassa keskichlarda kesiladi. Plastmassa keskich bo‘lmaganda, po‘lat yoki alyumin keskichlar spirtda ho‘llangan paxta bilan quriguncha artilib ishlatiladi. Hab dori maxsus rolik yoki yog‘och taxtacha yordamida tashqi ko‘rinishi tekis, silliq sharsimon ko‘rinishga keltiriladi. Тayyor hab dorini bir oz quritilib, unga likopodiy yoki oq gil sepiladi. 30 dona hab doriga sepish uchun 0,5—1 g likopodiy yoki 1—2 g oq gil kerak bo‘ladi. Hab dori karton qutichaga yoki og‘zi keng shisha idishga solinib so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. Hab dorilarni tayyorlashda tozalikka qattiq rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling