So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


-rasm. Hab dori tayyorlash asbobi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
5-rasm. Hab dori tayyorlash asbobi:  
1—asosi; 2—pastki kesgich; 3—yog‘och taxtacha; 4—rolik; 5— hab dorilarni sanash uchun uchburchak; 6—yuqorigi kesgich. 
Тayyor hab dorilarning umumiy soni quyidagi tenglama asosida hisoblanadi: 
C = n
2
+ n + K 
2
bunda, C — hab dorilarning umumiy soni; 
n — hab dori bilan to‘lgan qatorlar soni; 
K — oxirgi, to‘lmagan qatordagi hab dorilar soni. 
Quruq ekstraktdan foydalanib hab dori tayyorlash 
Quruq ekstraktlar juda yaxshi plastik modda hisoblanadi. Hab dori massasi umumiy og‘irligining 1/5—1/6 
qismini quruq ekstrakt tashkil etadi. 
Rp.: Acidi arsenicosi anhydrici 0,05 
Ferri lactatis 3,0 
Extracti et pulveris radicis Glycyrrhizae q.s.


Misce, ut fiant pilulae №30. 
Da. Signa. Bir dona hab doridan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Margumush angidridi («A» ro‘yxat) miqdorining to‘g‘riligi tekshiriladi. Hab dori massasining umumiy og‘irligi 
taxminan 6 g (0,2x30). Bu retsept bo‘yicha dori moddasi 3 g bo‘lishi kerak. 
Hovonchaga 0,5 g (1:10) margumush angidridi triturati solinadi va 3 g temir laktat bilan aralashtiriladi. Keyin 1 
g chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi va bir necha tomchi glitserinli suv 
quruq ekstrakt og‘irligiga nisbatan 10—30% miqdorda qo‘shiladi. Тayyor bo‘lgan qovushqoq massaga 
chuchukmiya ildizi kukuni qo‘shilib, toki hab dori massasi hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor hab dorilarga
likopodiy sepiladi va surguchlab, muhr qo‘yiladi, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin»
(Sog‘liqni saqlash vazirligining 489, 1090-sonli buyruqlariga qaralsin). 
 
Quyuq ekstraktlardan foydalanib hab dorilar tayyorlash 
Quyuq ekstraktlar (chuchukmiya, achchiq toron, qoqi o‘t) keng tarqalgan bog‘lovchi moddalar hisoblanib, hab 
dori massalarini tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Quyuq ekstrakt miqdori, hab dori massasi umumiy og‘irligining 1/4 
qismini tashkil etadi. 
Agarda retseptda ekstrakt ko‘rsatilmasa, unda chuchukmiya ildizi ekstrakti olinadi. Valeriana ekstrakti 
retseptda ko‘rsatilgan miqdorda olinadi. 
 
Rp: Jodi 0,02 
Kalii jodidi 0,2 
Phenobarbitali 0,3 
Extracti Valerianae 2,0 
Pulveris radicis Glycyrrhizae q.s.
Misce fiant pilulae N 30. 
Da Signa. 1 ta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin. 
 
Yod va fenobarbitalning («B» ro‘yxat) miqdori to‘g‘riligi tekshiriladi. Hovonchada 0,2 g kaliy yodid bir necha 
tomchi suv bilan eritiladi, keyin 0,02 g yod qo‘shib eriguncha aralashtiriladi. So‘ngra eritmaga 0,3 g fenobarbital, 2 
g valeriana quyuq ekstrakti va chuchukmiya ildizining kukuni qo‘shib bir xildagi hab dori massasi hosil bo‘lguncha 
aralashtiriladi. Тayyorlangan hab doriga likopodiy kukuni sepilib, idishga solinib so‘ng tegishli yorliq
yopishtiriladi: «Qorong‘i va salqin joyda saqlansin». 
Vaqtni tejash hamda tayyorlashni tezlashtirish maqsadida, yod va kaliy yodid eritmasini oldindan tayyorlab 
foydalanish mumkin. Eritma tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 0,5 g yod, 5 g kaliy yodid va 10 ml gacha tozalangan 
suv. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling