So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash 
Gidrofob suyuqliklardan hab dori massasi tayyorlash uchun ularni emulgirlash zarur. Emulgirlash uchun 
chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti, bug‘doy uni yoki na’matak kukuni ishlatiladi. 
Moysimon suyuqliklarni chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti bilan emulgirlaganda yordamchi modda 
taxminan quyidagi nisbatda olinadi: chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti suvsiz suyuqlikning og‘irligiga teng 
miqdorda va glitserin-moysimon moddaning yarmicha, suv moysimon suyuqlikka nisbatan 1/4 qism miqdorda
qo‘shiladi. 
Rp: Extracti Filicis maris spissi 2,0 
Massae pilularum q.s. 
ut fiant pilulae №10 
Da. Signa. 2 ta hab doridan har 10 daqiqada ichilsin. 
Hovonchaga 2 g chuchukmiya ildizi ekstrakti solinadi, mayin kukun hosil bo‘lguncha maydalanadi va unga 1 g 
glitserin, 0,5 ml suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Тayyor bo‘lgan bir xil quyuq aralashmaga, oz-ozdan chinni 
kosachadagi erkak paporotnigi ekstraktini qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish bir xildagi o‘ziga xos 
tovush chiqquncha (emulsiya hosil bo‘lguncha) davom ettiriladi. Keyin unga chuchukmiya ildiz kukunini hab dori 
massasi hosil bo‘lguncha qo‘shib aralashtiriladi. 
Sifatli tayyorlangan hab dori qog‘oz orasiga olib siqilganda qog‘ozda moysimon dog‘ qoldirmasligi kerak. Hab 
dori jips berkiladigan shisha idishlarda chiqariladi. 
Yuqorida keltirilgan retseptdagi hab dorini tayyorlashda emulgator sifatida bug‘doy uni ishlatilsa ham bo‘ladi. 
Hovonchaga 2 g bug‘doy uni solib, uni teng miqdordagi glitserinli suv bilan aralashtiriladi. Keyin oz-ozdan 
ekstrakt qo‘shib yaxshilab aralashtirish davom ettiriladi. Тayyor emulsiyaga hab dori massasi hosil bo‘lguncha 
chuchukmiya ildiz kukuni yoki na’matak kukuni qo‘shib aralashtiriladi. Тayyor hab doriga likopodiy kukuni sepib, 
og‘zi jips yopiladigan shisha idishga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling