f) jihozlash;
g) sifatini baholash.
Rr: Solutionis Amidopyrini 3% — 200 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Amidopirin «B» ro‘yxatga kiradi. Uning 1 martalik eng yuqori dozasi 0,5 g . Eritma hajmi 200 ml ga teng.
Undagi amidopirin miqdori 6,0 g.
Retseptdagi dozasini tekshirish uchun:
200 : 15= 13
6,0:13 = 0,46. Demak, doza me’yoridan oshib ketmagan.
Erituvchining miqdorini aniqlash keyingi mavzularda yoritiladi. Eritish — eritma
tayyorlashning eng asosiy
bosqichidir. Bu jarayonni
tezlashtirish uchun qizdirish,
aralashtirish, eritiladigan
moddani maydalash kabi
jarayonlardan foydalaniladi. Ko‘pincha eritish yordamchi idishlarda olib boriladi. Тayyor eritmani yot moddalardan
tozalash uchun filtrlanadi yoki suziladi (colatio). Dorixona sharoitida filtrlash normal hamda past (vakuum)
bosimlarda olib borilishi mumkin.
Filtrlash va suzishda filtr qog‘ozi, asbest, shisha filtrlar, paxta, doka kabilar ishlatiladi.
Ko‘pincha ichish va sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan eritmalarni yot moddalardan
tozalash uchun ularni
suziladi, ko‘z tomchilari va in’eksion eritmalar esa filtrlanadi.
Eritmalar og‘zi mahkam berkitilgan shisha flakonlarga solinib, tegishli yorliq yopishtirilib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: