So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Nazorat savollari 
 
1. Hab dorilarni dori shakli sifatida ta’riflang? 
2. Hab dorilarni tayyorlashda qanday suyuq yordamchi
moddalar ishlatiladi? 
3. Hab dorilarni tayyorlashda qanday quruq yodamchi
moddalar ishlatiladi? 
4. X DF da hab dorilarga qanday talablar qo‘yilgan? 
5. Alkaloid saqlovchi hab dorilarda ishlatiladigan
yordamchi moddalar, ularga misollar keltiring. 
6. Oksidlovchi moddalar bilan tayyorlanadigan hab
dorilardagi o‘ziga xos jarayonlar nimalardan iborat? 
7. Hab dori og‘irligining chegarasi qanday? 
8. Hab dorilarning o‘rtacha og‘irligi qanday aniqlanadi? 


9. Hab dorilarning X DF bo‘yicha sifati qanday 
tekshiriladi? 
10. Hab dorilar qanday jihozlanadi va saqlanadi?
SUYUQ DORILAR 
 
Ashriba— bu arabcha sharob so‘zining ko‘pligidir. Bu termin «Qonun»da va umuman sharq tabobatida juda 
keng ma’noda ishlatilgani ma’lum. Тabobatda ichiladigan suyuq dorilar umum nomi (mikstura)ni anglatadi, ba’zan 
sharbat, ba’zan mast qiladigan sharob ma’nosini anglatadi. Joyiga qarab ma’no anglatgani uchun umum suyuq
dorilar ashriba deb tushuniladi (Abu Ali ibn Sino). 
Suyuq dori shakllari erkin dispers tizim bo‘lib, bunda dori moddalari suyuq dispers muhitda tarqalgan bo‘ladi. 
Dorivor moddalar 3 xil agregat holatda bo‘lishi mumkin. Bular: qattiq, suyuq va gazsimon.
Suyuq dori shakllari dispers fazaning maydalik darajasi hamda dispers muhit bilan bog‘lanish jihatiga qarab 
quyidagicha tasniflanadi: 
1. Chin eritmalar. 
2. Yuqori molekulali birikmalarning (YuMB) 
eritmalari.
3. Kolloid eritmalar. 
4. Suspenziyalar. 
5. Emulsiyalar. 
6. Aralash tipdagi suyuqliklar. 
Erituvchi yoki suyuq fazaning turi va xarakteriga ko‘ra ham suyuq dori shakllari turlicha tasniflanadi.
Chin eritmalar 2 xil turda bo‘lishi mumkin: 
1) ion dispers sistemalar; 
2) molekulyar dispers sistemalar. 
Birinchi turdagi eritmalarda dori moddalar ion holida erituvchida tarqalsa, ikkinchi turdagi eritmalarda molekula 
holida tarqalgan bo‘ladi.
Ishlatilishiga ko‘ra suyuq dori shakllari:
1) ichish uchun qo‘llaniladigan; 
2) sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan; 
3) in’eksiya uchun ishlatiladigan 
deb tasniflanadi.
Ichish uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari — miksturalar deb yuritiladi. Mixturae — lotincha aralashtirish. 
Miksturalarning dispers muhiti faqat suv bo‘ladi. Ular qoshiqlab ichiladi. Osh qoshiq — 15 ml, desert qoshig‘i — 10 
ml, 1 choy qoshiq — 5 ml bo‘ladi.
Sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari ham xilma-xil bo‘ladi, masalan: yuvish uchun 
ishlatiladigan, kompress uchun, chayqash uchun, klizma uchun, burun, quloq tomchilari va hokazolar. Bunda 
erituvchi sifatida suvdan tashqari etanol, glitserin, moy va boshqa suyuqliklar ishlatiladi. 
Erituvchisi tabiatiga ko‘ra suyuq dori shakllari suvli va suvsiz eritmalarga bo‘linadi. 
Suyuq dori shakllari dorixona retsepturasini 60% ni tashkil qiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling