So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
 
6-rasm. Elektromagnitli aralashtirgich asbobi va qog‘oz filtr orqali filtrlash: 
a) voronka va filtrning to‘g‘ri joylashishi; 
b) noto‘g‘ri joylashishi. 
 
Qiyin eriydigan moddalardan eritma tayyorlash 
Borat kislotasi, amidopirin, kalsiy glyukonat, achchiqtosh, natriy tetraborat kabi moddalar sovuq suvda sekin 
eriydi va nisbatan yomon ho‘llanish xususiyatiga ega. Ularning eritmalarini tayyorlashda issiq suvdan foydalanish 
lozim.
Rr: Solutionis Acidi borici 3,0 150 ml 
D.S. Chayqash uchun.
Borat kislotasi sovuq suvda 1:25, issiq suvda 1:4 nisbatda eriydi. 
Yordamchi idishda 3 g borat kislotasi 150 ml tozalangan 80—90°C li issiq suvda chayqatib eritiladi va shisha 
idishga suzilib, tegishli yorliq yopishtiriladi. 
Yirik kristalli moddalardan eritma tayyorlash
Bularga natriy sulfat, magniy sulfat, mis sulfat, qo‘rg‘oshin asetat, achchiqtosh va boshqalar kiradi. Ularning 
suvli eritmalarini tayyorlash uchun dastlab uning o‘zi yoki retseptda ko‘rsatilgan erituvchi ishtirokida hovonchada 
maydalab olinadi.
Rr: Solutionis Cupri sulfatis 2% - 200 ml 
D.S. Yuvish uchun. 
Mis sulfat suvda yaxshi eriydi (1:3), lekin kristallari yirik va yomon ho‘llanish xossasiga ega bo‘lgani uchun 
erishi sekin boradi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun mis sulfatni hovonchada maydalanadi va 80—90°C li issiq 
suvda eritiladi. Тayyor eritma shisha idishga paxta orqali suzib beriladi.


Oksidlovchilar bilan eritmalar tayyorlash 
Kumush nitrat va kaliy permanganat eritmalari organik moddalar ta’sirida tez parchalanib ketishi mumkin 
(ayniqsa, filtrlanish jarayonida). Shuningdek filtr qog‘ozi kumush ionlarini o‘zida adsorbsiyalab ushlab qoladi.
Shuning uchun bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda oldindan filtrlab olingan yangi haydalgan, 
tozalangan suvdan foydalaniladi. Juda filtrlash zarur bo‘lsa, birinchi yoki ikkinchi nomerli shisha filtrlardan 
foydalanish mumkin.
Rp: Sol. Argenti nitratis 0,12 180 ml 
D.S. Chayish uchun.
0,12 g kumush nitrat oldindan filtrlangan yangi haydalgan, tozalangan 180 ml suvda eritiladi. Тayyor eritmani 
qo‘ng‘ir idishga solib surguchlab, muhr qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa 1-sonli shisha filtr orqali filtrlanadi. «Ehtiyot 
bo‘linsin» deb yozilgan ogohlantirish yorlig‘i yopishtiriladi. Shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun, deb 
yozib qo‘yiladi. 
Rr: Sol Kalii permanganatis 5%—50 ml 
D.S. Surtish uchun. 
Kaliy permanganat sovuq suvda 1:18, issiq suvda esa 1:3 nisbatda eriydi. 
2,5 g kaliy permanganatni hovonchada maydalab 50 ml yangi haydalgan, oldindan filtrlangan issiq suvda 
eritiladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling