O‘simlik kukunlari alkaloid tuzlarini o‘ziga adsorbsiyalaydi, natijada ularni ichaklarda
desorbsiyaga uchrashi
juda sekinlik bilan kechadi yoki bu jarayon umuman bo‘lmaydi. Shuning uchun alkaloid saqlovchi preparatlardan
hab dori tayyorlashda kraxmal-qand aralashmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rp: Atropini sulfatis 0,015
Papaverini hydrochloridi 0,3
Amyli cum saccharo q.s.
Misce fiant pilulae №15
Da. Signa. Bitta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.
Atropin sulfat («A» ro‘yxati) va papaverin gidroxlorid («B» ro‘yxati) miqdori tekshiriladi. Dastlab hovonchada
karxmal-qand aralashmasi maydalanadi, so‘ng taxminan 0,15
g ni hovonchada qoldirib, qolgani kapsulaga olib
qo‘yiladi. 0,15 g atropin sulfat triturati (1:10) va 0,3 g papaverin gidroxlorid solinib aralashtiriladi va unga qolgan
kraxmal-qand aralashmasi (kraxmal 1 qism, glyukoza 3 qism va sut qandi 3 qism) qo‘shiladi. Massa yaxshi chiqishi
uchun unga dekstrinning glitserinli suvdagi 5% li eritmasi qo‘shiladi. Massa yumshoqroq tayyorlanadi.
Bunday
hab dori juda yaxshi chiqadi.
Тayyor hab doriga kraxmal sepib, idishga solinadi va surguchlab, muhr qo‘yiladi (O‘zR SSV ning 1996-yil, 17-
iyundagi 489-sonli buyrug‘i) va «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: