So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Raul qonuniga asoslanib izotonik konsentratsiyani hisoblash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izotonik konsentratsiyani moddalarning natriy xlor bo‘yicha ekvivalentiga ko‘ra hisoblash
Raul qonuniga asoslanib izotonik konsentratsiyani hisoblash
Rp: Solutionis Glucosi isotonica 100 ml Sterilisetur! Da. Signa. In’yeksiya uchun. Hisoblash formulasi quyidagicha: m = 0,52 · v t · 100 Glyukozaning 1% li eritmasini depressiyasi t = 0,100 ga teng: m = 0,52 · 100 = 5,2 % 0,100 · 100 Demak, bunda glyukozaning 5,2% li eritmasi izotonik ekan. Izotonik konsentratsiyani moddalarning natriy xlor bo‘yicha ekvivalentiga ko‘ra hisoblash Dorivor moddaning natriy xlor bo‘yicha izotonik ekvivalenti deb, bir xil sharoitda 1g dorivor modda hosil qiladigan osmotik bosimga to‘g‘ri keladigan natriy xlorid miqdoriga aytiladi. Bu usul izotonik eritma hosil qilish uchun qo‘shiladigan komponentning miqdorini aniqlashda qulay hisoblanadi. Rp: Solutionis Dimedroli 1% — 10 ml Natrii chloridi quantum satis ut fiat solutio isotonica Sterilisetur! Da. Signa. In’eksiya uchun. Dimedrolning natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti 0,2 g ga teng. Bunda: 1 g dimedrol 0,2 g natriy xlorga teng keladi, 0,1 g dimedrol esa 0,02 g natriy xlorga ekvivalent. Agar 10 ml izotonik eritmani faqat natriy xlordangina tayyorlansa, undan 0,09 g kerak bo‘lar edi. Dimedrolning retseptda ko‘rsatilgan miqdori (0,1 g) 0,02 g natriy xlorga to‘g‘ri keladi. Demak, qo‘shiladigan natriy xlorid miqdori: 0,09—0,02 = 0,07 g ekan. ТOPSHIRIQLAR Тahlil uchun retseptlar: 1. Oling:Analgin eritmasi 25%—20ml Sterillang! B.B. 2 ml dan kuniga 3 mahal, mushak orasiga. 2. Oling:Natriy gidrokarbonat eritmasi 3%—50 ml Sterillang! B.B. Venaga yuborish uchun. 3. Oling: Kalsiy glyukonat eritmasi 10%—25 ml Sterillang! B.B. 5 ml dan venaga, har kuni. 4. Oling: Magniy sulfat eritmasi 25% — 50 ml Sterillang! B.B. 10 ml dan mushak orasiga. 5. Oling: Atropin sulfat eritmasi 0,1%— - 50 ml Sterillang! B.B. 0,5 ml dan teri ostiga. 6. Oling: Novokain eritmasi 0,5 % — 30 ml Sterillang! B.B. Mushak orasiga. 7. Oling: Novokain eritmasi 1% — 50 ml Sterillang! B.B. Mushak orasiga. 8. Oling:Dibazol eritmasi 0,5%— 20 ml Sterillang! B.B. Venaga quyish uchun. 9. Oling:Kofein-benzoat natriy eritmasi 10%—50 ml Sterillang! B.B. Тeri ostiga 2 ml dan kuniga 2 mahal. 10. Oling:Natriy tiosulfat eritmasi 30%—50 ml Sterillang! B.B. Venaga yuborish uchun. 11. Oling: Natriy nitrit eritmasi 1%—20 ml Sterillang! B.B. 10 ml dan venaga quyish uchun. 12. Oling: Eufillin eritmasi 2,4%—20 ml Sterillang! B.B. 2 ml dan mushak orasiga. 13. Oling: Askorbin kislotasi eritmasi 5%—100 ml Sterillang! B.B. 3 ml dan mushak orasiga kuniga 1 mahal. 14. Oling: Glyukoza eritmasi 10%—50 ml Sterillang! B.B. 25 ml dan venaga (glyukoza namligi10,2%). 15. Oling: Glyukoza eritmasi 40%—80 ml Sterillang! B.B. 20 ml dan venaga yuborish uchun (glyukozani namligi 10,5%). 16. Oling: Ringer-Lokk eritmasi 100 ml Sterillang! B.B. Venaga quyish uchun. 17. Oling: Geksametilentetramin eritmasi 40%— 50 ml B.B. 5 ml dan venaga yuborish uchun. 18. Oling: Fizostigmin salisilat eritmasi 0,1% —30 ml B.B. 1 ml dan teri ostiga 19. Oling: Novokain eritmasi 5 % - 100 ml B.B. Orqa miyaga in’eksiya uchun. 20. Oling: Barbital natriy eritmasi 10% —20 ml B.B. 5 ml dan mushak orasiga. 21. Oling: Magniy sulfatning izotonik eritmasi 200 ml Sterillang! B.B. 10 ml dan mushak orasiga. 22. Oling: Efedrin gidroxloridning izotonik eritmasi 50 ml Sterillang! B.B. 1 ml dan teri ostiga. 23. Oling: Glyukozaning izotonik eritmasi 200 ml Sterillang! B.B. 20 ml dan venaga yuborish uchun. 24. Oling: Dikain eritmasi 1% —200 ml Natriy xlorid keragicha, Izotonik eritma hosil bo‘lsin. Sterillang! B.B. Peridural anesteziya uchun. 25. Oling: Kalsiy xlorid eritmasi 0,5% —100 ml Natriy xlorid keragicha. Izotonik eritma hosil bo‘lsin. Sterillang! B.B. 10 ml dan venaga yuborish uchun. 26. Oling: Disol eritmasi 100 ml Sterillang! B.B. Venaga yuborish uchun. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling