Dori moddasini eritib ko‘z tomchilari tayyorlash
Rp: Solutionis Pilocarpini hydrochloridi 1%—10 ml
Da. Signa. Kuniga 2 tomchidan 3 mahal ko‘zga tomizilsin.
Ko‘z tomchisini tayyorlashdan oldin dori moddasini izotoniklik miqdorini natriy xlorid ekvivalenti yordamida
hisoblash kerak.
Pilokarpin gidroxloridni natriy xlorid bo‘yicha ekvivalenti 0,22 ga teng (XI DF, 134—135 bet).
Demak, eritma izotonik bo‘lishi uchun 0,07 g natriy xlorid qo‘shilishi kerak (0,09—0,022=0,068 g).
Ko‘z tomchilari hajmi kamligini inobatga olib, ularni mexanik iflosliklardan tozalash uchun oldin dori
moddalari va yordamchi moddalar bir qism in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda eritilib (filtr qog‘oz va paxta
tampon oldindan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda yuvilgan bo‘ladi) va uni filtrdan o‘tkazilib, keyin qolgan
suvni shu filtr orqali o‘tkaziladi.
Ko‘z tomchisini 2 yoki 3-sonli sterillangan shisha filtrdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki ular
suyuqlikni o‘ziga shimib olmaydi.
Sterillangan quruq yordamchi idishga 6 ml sterillangan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvdan olib, unda 0,1 g
pilokarpin gidroxlorid va 0,07 g natriy xlorid eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga filtrlab solinadi (filtr
sterillangan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda yuviladi). Eritmani tozaligi 195-sonli Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan chiqarilgan buyruq asosida tekshiriladi. Lozim bo‘lsa uni qayta filtrlanadi. Тayyor eritmaga filtr orqali
qolgan 4 ml erituvchi qo‘shiladi.
Bemorga beriladigan shisha idish rezina tiqin va ustidan alyumin qalpoqcha bilan mahkam berkitiladi.
Pilokarpin gidroxlorid eritmasi to‘yingan bug‘ bosimi ostida 8 daqiqa davomida sterillanadi (195-sonli Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq).
Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, dikain, efedrin gidroxlorid va boshqa moddalardan ko‘z tomchilari
yuqorida keltirilgan eritmaga o‘xshash tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |