So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Konsentratlardan foydalanib ko‘z tomchilari tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Konsentratlardan foydalanib ko‘z tomchilari tayyorlash 
Dorixonada ayrim ko‘z tomchilari tarkibini qayta -qayta takrorlanishini hisobga olgan holda ularning 
konsentratlarini tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa ko‘z tomchisi tayyorlashni tezlashtiradi, shuningdek
dorixona xodimlarining vaqti tejaladi. 
Konsentrlangan eritmalar aseptik sharoitda tayyorlanadi: 0,02% riboflavin, 10% kaliy yodid, 10% askorbin 
kislota, 20% glyukoza, 10% natriy yodid, 10% kalsiy xlorid, 1% rux sulfat, 4% borat kislota va boshqa 
konsentrlangan eritmalar tayyorlab qo‘yiladi. 
Konsentrlangan eritmalarni saqlash muddati 195-sonli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan 
buyruqda qayd etilgan. 
Rp: Solutionis Acidi borici 2% — 10 ml 
Riboflavini 0,001 
Misce. Da. Signa. Ko‘z tomchisi. 
Bu ko‘z tomchisidagi riboflavin miqdori juda kam bo‘lganligi sababli eritmaning osmotik bosimiga ta’sir 
etmaydi. Ammo borat kislotasining miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun eritmani osmotik bosimi tekshirib ko‘riladi. 
Borat kislotasining natriy xlorid bo‘yicha ekvivalenti 0,53 ga teng bo‘lib, hisoblash natijasi, ko‘z tomchisining 
osmotik bosimi 1,06% natriy xlorid eritmasining osmotik bosimiga teng bo‘lib, ya’ni bu me’yordan oshmaganligini 
ko‘rsatadi. 


Bemorga beriladigan shisha idishga pipetka yordamida 0,02% riboflavin eritmasidan 5 ml va 4% borat kislota 
eritmasidan 5 ml quyiladi. Shisha idish rezina tiqin va alyumin qalpoqcha bilan mahkam berkitiladi. Ko‘z tomchisi 
harakatlanuvchi bug‘ yordamida 30 daqiqa sterillanadi. So‘ngra tayyor ko‘z tomchisiga tegishli yorliq yopishtiriladi. 
Ko‘z namlamalarini tayyorlash 
Ko‘z namlamalari ham xuddi ko‘z tomchilariga o‘xshash talablarga javob berishi kerak. Ular mexanik 
aralashmalardan tozalangan, izotonik, turg‘unligi oshirilgan, sterillangan va boshqa talablarga javob berishi lozim. 
Shuning uchun ko‘z namlamalarini tayyorlash usullari ko‘z tomchilari tayyorlash texnologiyasiga o‘xshash bo‘ladi. 
Rp: Solutionis Acidi borici 2%—150 ml 
Da. Signa. Ko‘z namlamasi. 
2% li borat kislota eritmasining osmotik bosimi 1,06% li natriy xlorid eritmasining osmotik bosimiga teng, 
ya’ni eritma taxminan izotonik. 
Aseptik sharoitda 150 ml sterillangan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda 3 g borat kislota eritiladi. Eritma 
bemorga beriladigan idishga filtrlanadi va idish og‘zi mahkam berkitiladi. 
Тayyor eritma bug‘ oqimi yordamida 30 daqiqa sterillanadi va tegishli yorliq yopishtiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling