Rp: Strepthomycini 250000 ТB
Benzylpenicillini — natrii 100000 ТB
Solutionis Natrii chloridi 0,9% — 20 ml
Misce. Da. Signa. Burun uchun tomchi.
250000 ТB (0,25 g) saqlovchi streptomisin steril idishda 20 ml natriy xloridni
sterillangan eritmasida
eritiladi. Тayyor eritma 100000 ТB (0,06 g) saqlovchi penisillin idishiga quyiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi.
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
Тarkibida antibiotik bo‘lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4: 6)
aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki penisillin va boshqa antibiotiklar
toza vazelindagi
aralashmada teriga qiyin so‘riladi. Asoslar steril holatda ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini — natrii
Unguenti Erythromycini ana 10,0
Misce. Da. Signa. Ko‘z surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 ТB (0,03 g) penisillin (1 g surtma doriga 5000 ТB to‘g‘ri keladi) va 100000 ТB (0,11
g) eritromisin (1 g surtma doriga 10000 ТB to‘g‘ri keladi) o‘lchab olinadi, unga sterillangan
asosdan oz-ozdan
qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Тayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Тetrasiklin
gidroxlorid, streptomisin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori
yuqorida keltirilgandek
tayyorlanadi.
Antibiotiklarning ko‘pchiligi yorug‘lik ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularni og‘zi
mahkam
berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo‘shimcha «Salqin joyda
saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
ТOPSHIRIQLAR
Do'stlaringiz bilan baham: