ANТIBIOТIKLAR BILAN DORI SHAKLLARI ТAYYORLASH
ТOPSHIRIQ:
1. Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash;
2. Antibiotiklar bilan eritma tayyorlash;
3. Antibiotiklar bilan surtma dori tayyorlash.
Antibiotiklar bilan dori shakllari tayyorlash o‘ziga xos sharoitlarda, qator texnologik bosqichlar asosida olib
boriladi.
1. Antibiotikni kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossasi, turg‘unligi hisobga olinishi lozim. Bu esa, uni dori
moddalar bilan mutanosibligini va har xil dori shaklini tayyorlash mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyat
yordamchi moddani to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
2. Antibiotiklar bilan dori shakllari aseptik sharoitda tayyorlanadi. Antibiotiklarning hammasi har xil
mikroblarga va ularning fermentlariga juda ta’sirchan bo‘ladi. Antibiotiklar mikroblarga ta’sir qilgandan keyin
o‘zini faolligini ma’lum darajada yo‘qotadi va nofaol holatga o‘tadi.
Ayrim antibiotiklarni turg‘unlik darajasini oshirish maqsadida (penisillin, tetrasiklin gidroxlorid, levomisetin
va boshqalar) erituvchi sifatida bufer eritmalar ishlatiladi.
Тayyor eritmalarga «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliqlar yopishtiriladi.
Dorixonada antibiotiklar bilan surtma dori, shamcha, eritma, sirtga va ichish uchun poroshok tayyorlanadi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash
Antibiotiklar poroshok shaklida ko‘pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar bilan birga beriladi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan
holda tayyorlanadi.
Rp: Sulfadimezini
Streptocidi
Synthomycini ana 1,0
Ephedrini hydrochloridi 0,1
Misce. Da. Signa. Hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 1 g streptosid 10 tomchi etil spirti yordamida maydalanadi. Ustiga
sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan
qismi kapsulaga olib qo‘yiladi. So‘ngra hovonchaga 0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va
kapsulaga olib qo‘yilgan kukundan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Aralashma
quritgich shkafida 150°C haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So‘ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko‘ra 1 g
sintomisin qo‘shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og‘zi buraladigan qopqoq bilan yopiladi va
tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo‘lmagan quruq joyda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |