So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limni moliyalashtirish
Uchinchi darajali ta’lim:
Ham boshlang‘ich, ham o‘rta ta’limdan farqli o‘laroq, Yamaykada oliy ma’lumotni ta’minlash deyarli davlatning zimmasidadir. Ta’limning ushbu darajasida Yamaykada ilmiy darajalar, diplomlar, professional sertifikatlar hamda boshqa oliy o‘quv yurtlari mavjud. Ta’limni moliyalashtirish: Yamaykada ta’limni etarli darajada moliyalashtirish uchun hukumat yillik byudjetining katta qismini ta’lim sohasiga ajratadi. Shuningdek, o‘qish pulidan tushgan ozgina mablag ‘ta’limni moliyalashtirishga yordam beradi. Ta’kidlash kerakki, 6-15 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich ta’lim, ayniqsa, barcha boshlang‘ich maktablarda bepul. 92 2.4. Evropa mamlakatlarida oliy ta’limning xususiyatlari va tarkibi Jahonda mavjud ta’lim tizimlarini tahlil etish Evropa mamlakatlaridagi o‘quv dasturlari va darajalarining o‘ta murakkabligi va xilma-xilligini tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan Sorbon deklarasiyasi ta’lim olishning diplomoldi va diplomdan keyingi sikllarini tashkil etishni tavsiya etadi, lekin uning davomiyligini qayd etmaydi. Bu borada yuzaga kelayotgan munozaralar 3, 5 yoki 8 yil tahsil olishni talab etadigan uch asosiy malaka darajasiga ega Evropa modelida mujassamlashadi. Bakalavriatura bosqichining ham an’anaviy, ham yangi kiritilayotgan ekvivalent darajalari 3-4 yil tahsil olishni talab etadi. Bakalavriatura mavjud bo‘lmagan ko‘pchilik Evropa mamlakatlarida birlamchi darajaga erishish uchun 4 yil tahsil olish zarur. Magistrlik darajasini olish uchun 5 yil o‘qish odatiy hol hisoblansa, doktorlik darajasiga ega bo‘lish uchun 8 yil tahsil olish standarti uncha keng tarqalmagan. AQSh, Buyuk Britaniya va kontinental Evropadan tashqari dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ikki bosqichli tizimdan (bazaviy–diplomdan keyingi) foydalanilsa ham, ushbu mamlakatlarda ta’lim olishning davomiyligi va darajalar tarkibi bir- biridan keskin farqlanadi. Evropada darajalar(malaka) tarkibiga tegishli bir qator muhim tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ba’zi Evropa mamlakatlarining hukumatlari o‘qish davrini ma’lum bir me’yorlarga qadar (ko‘pchilik mamlakatlarda bu muddat 2–4 yildan oshmaydi) pasaytirish va oraliq bitiruvchilari bo‘lmagan uzoq muddatli ta’lim dasturlaridan foydalanadigan mamlakatlarda birinchi darajali diplomlarni joriy etish orqali qisqartirishni qo‘llab- quvvatlaydilar. Islohotlar natijasida Germaniya va Avstriyada an’anaviy darajadagi diplom bilan birgalikda bakalavr (magistr) darajasini olish uchun tahsil olish mumkin. Italiya va Fransiyada mavjud ta’lim dasturlari birlamchi va diplomdan keyingi sikllar ko‘rinishida tashkil etiladi. Ikki bosqichli tizimning elementlari ko‘pgina Evropamamlakatlarida mavjud. Hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqining bir necha mamlakatlaridagina oliy ta’limning hech bo‘lmaganda bir qismini qamrab oluvchi ta’limning ikki bosqichli tizimi faoliyat yuritmayapti. 93 Ikki darajali (binar) tizimga ega mamlakatlar universitet va nouniversitet sektorlari (va ular darajalari tarkibi) o‘rtasidagi farq emirilib bormoqda. Ko‘pchilik mamlakatlar tizimdan tizimga o‘tkazishning (yoki eng kamida akademik kreditlarni bir joyga jamlash, to‘plash uchun) turli tizimlarini qabul qilishgan yoki qabul qilishmoqda. Bu tizimlarning ko‘pchiligi oliy ta’lim muassasalarida e’tirof etilayotgan ECTS3 bilan mosdir. Ko‘pgina mamlakatlarda universitetlarning avtonomiyasi darajasini oshirish va sifatni nazorat qilish va baholash bo‘yicha yangi tashabbuslarning ko‘payishi tendensiyasi yuzaga chiqmoqda. Olimlar o‘rtasida kredit tizimlari va e’tirof etish (tan olinish) tizimlari, sifat nazorati, ta’lim olish uchun to‘lov kabi muhim jihatlarning mobilligi va shaffofligi borasida ko‘pgina bahs- munozaralar bo‘lmoqda. Undan tashqari, ushbu munozaralar o‘quv yilining tashkiliy tarkibi, xorijda o‘qish va kasbga yo‘naltirilish imkoniyatlari kabi amaliy masalalar borasida ham yuzaga kelmoqda. Dunyodagi oliy ta’lim tizimlarining institusional tarkibini o‘rganib, ularning xilma-xilligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Shunday bo‘lsa ham ikki asosiy tendensiya ustuvorlikka ega. 1. Unitar, yoki yagona kompleks tizim. Bunda oliy ta’lim asosan universitetlar va universitet tipidagi institutlarda amalga oshirilib, ularda noixtisoslashgan akademik darajalar bilan bir qatorda turli darajadagi va davomiylikka ega, kasbga chuqurroq yo‘naltirilgan darajalar beriladi. 2. Binar, yoki dual tizim. U yoki bu darajada Gumboldtning1 universitet konsepsiyasiga asoslangan an’anaviy universitet sektori va alohida oliy ta’limning nouniversitet sektori mavjud bo‘lgan tizim. Kompleks universitet tizimi tomon qilingan harakatlar hamda kuchli nouniversitet oliy ta’limining rivojlantirilishi universitet konsepsiyasini kengroq belgilashga sharoit yaratdi. Endilikda universitet ta’lim berish bilan to‘liq dastur bo‘yicha ta’lim olish o‘rtasida intensiv o‘zaro munosabatlar va muvofiqlashtiruvchi institut hisoblanib, unda mustaqil ta’lim olish katta ahamiyatga egadir. Ko‘pgina Evropa mamlakatlari tajribalarining ko‘rsatishicha, unitar tizimda taklif qilinayotgan ta’lim dasturlari ko‘pchilik hollarda darajasi, xarakteri, akademik va nazariy yo‘naltirilganligi 94 bo‘yicha binar tizimdagi an’anaviy universitetlarnikidan ko‘ra xilma-xilroqdir. Ko‘pgina dasturlar etarli darajada kasbga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda asosan amaliy darslar nazarda tutilgan. Hozirgi kunga qadar bu tizim AQSh, BuyukBritaniya va oliy tizimning shunday tizimini qabul qilgan bir qator boshqa mamlakatlar (masalan, Shvesiya)da amal qilmoqda. Unitar tizimning elementlarini ta’limning boshqa an’analariga ega mamlakatlarda (Ispaniya, Italiyada) ham uchratish mumkin. Binar tizim amal qilayotgan ba’zi mamlakatlarda yaqin davrlarga qadar nazariy va tadqiqot xarakteriga ega dasturlarni taklif etayotgan universitetlar bilan yuqori darajada kasbga yo‘naltirilgan dasturlarni taklif etayotgan nouniversitet oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida keskin farqlar mavjud edi. Ko‘pchilik mamlakatlarda ushbu farq asta-sekin emirilib bormoqda. Bunga nouniversitet sektorda diplomdan keyingi sohada va amaliy fanlar sohasida akademik ta’lim hajmining ko‘payishi hamda universitetlarning kasbga yo‘naltirilayotgan faoliyatdagi qatnashuvining oshib borishi sabab bo‘lmoqda. Universitet sektoriga parallel ravishda kasbiy yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasalari tashkil etilishining asosiy maqsadlari ko‘pchilik mamlakatlarda birxil, ya’ni: - mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish maqsadida kasbiy jihatdan yanada kuchliroq yo‘naltirilgan va iqtisodiy jihatdan asoslangan ta’lim turlarini taklif qilish; - oliy ta’lim olishga, davlat xarajatlarini amalga oshirmagan holda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish; - innovasion yondashuvlar yordamida talabalarning noan’anaviy guruhlari ehtiyojlarini qondirish; - amaliy tadqiqotlar ba’zi elementlarining o‘qitishga yo‘naltirilgan dasturlarini amalga oshirish; - mavjud kasbiy-texnik ta’lim tizimini modernizasiyalash. Masalan, Germaniya dunyoda birinchilar qatorida 1970-yillarda Fachhochschulen – universitet oliy ta’lim tizimiga parallel bo‘lgan, o‘z vazifa va maqsadlariga ega bo‘lgan mustaqil oliy ta’lim sektorini joriy etdi. Germaniyadan so‘ng bu yo‘ldan Avstriya, Belgiya, Finlyandiya va Gollandiya mamlakatlari ham borishdi. Buyuk Britaniyada binar tizim 1991 yilga qadar faoliyat yuritdi. Ushbu tizimdan qisman voz kechgan politexnika ta’lim muassasala- 95 ri universitet maqomini oldi. Ushbu jarayon jamiyatdagi va yuqorida qayd etilgan ikki tizimda bo‘lib o‘tayotgan hodisalar natijasida amalga oshib, universitet va politexnika ta’limi o‘rtasidagi farqni kamaytirdi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling