154
mingdan ziyod kollej bor. Oliy o‘quv yurtlari: Bombey universiteti,
Kalkutta universiteti, Chennoy universiteti. Asosiy kutubxonalari:
Kalkuttadagi
milliy kutubxona, Dehlidagi ommaviy kutubxona,
Chennoydagi ommaviy markaziy kutubxonalar bor.
Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi Hududi: Xitoy Xalq
Respublikasi - dunyoning eng katta davlatlaridan biri bo‘lib, uning
hududi 9,6 mln kv.km ga teng.
Aholisi: Xitoy aholisi qariyib 1,5 mld. kishiga teng. Aholining
90% dan oshig‘ini –
xitoyliklar, qolgan qismini boshqa millat
vakillari tashkil etadi. Xitoy ta’lim tizimi o‘ziga
maktabgacha
ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, to‘liqsiz o‘rta ta’lim, o‘rta ta’lim,
universitet, aspirantura bosqichlarini qamrab olgan. Xitoy Xalq
Respublikasining “Majburiy ta’lim” to‘g‘risidagi
qonuniga
muvofiq, 9 – yillik ta’lim davlat tomonidan majburiydir. Xitoy
boshlang‘ich maktablarida 140 mln. ga yaqin bolalarni o‘qishi
yo‘lga qo‘yilgan. Har yili boshlang‘ich maktablariga 6
yoshli
bolalarning 98.8%i qabul qilinadi.
O‘rta maktablarda 60 mln. o‘quvchi o‘qiydi, oliy ta’lim
muassasalarida esa talabalar soni 3 mln. dan ortiqni tashkil etadi.
O‘quv yili 1 – sentabrdan boshlanib,
iyul oyining boshlarida
yakunladi. Ta’limda talabalar bilimini baholash uchun kredit tizimi
amal qiladi. O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va
innovatsion pedagogik texnologiyalar tatbiq qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: