So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pokiston ta’lim tizimi Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari
- Yirik kutubxonalari
Shanxay Universiteti haqida Shanxay universiteti Xitoyning
eng nufuzli, yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor – o‘qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhanddislik akademiyasi va Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir. 155 Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talabalar tahsil oladilar. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish qadimiy an’analardan biridir. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm Fon Gumbold Pruss universitetlarni isloh qildi, o‘shandan beri “tadqiqot va o‘qitish birligi” ularning hayotiy tamoyillariga aylanib qolgan. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishda va juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniya ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda. Pokiston ta’lim tizimi Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. Pokistonda umumiy ta’lim haqida qonun qabul qilingan. Pokiston umumta’lim maktablari tuzilishi quyidagicha boshlang‘ich maktab (1-5 sinflar), to‘lisiz o‘rta (6-8 sinflar), o‘rta (9-10 sinflar), oliy maktab (11-12 sinflar). Oliy o‘rta maktabni shuningdek oraliq kollejni tugatganlar oliy o‘quv yurtlarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet mavjud. Barcha turdagi maktablarda 16.9 mln., kollejlarda 610 ming, unitarda 76 ming kishi o‘qidi. O‘qituvchilar soni barcha turdagi maktablarda-salkam 550 ming, kollejlarda-56 ming, universitetlarda 6 ming maktab o‘qituvchilari maxsus maktablar, institut va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951) tibbiyot fanlari universiteti (1983). Lohurdagi muhandislik texnalogiya universiteti (1961). Islomoboddagi Qand-e. A’zam universiteti (1965). Xalqaro islom universiteti (1980) Lohurdagi Panjob universiteti (1982) fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika qo‘mitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shug‘ullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiya komissiyasi, Atmosferaning yuqori tamoyillari va kosmik fazoni tadqiq etish qo‘mitasi, geofizik i.t. in-ti, paxtachilik i.t in-ti va boshqalar. Bundan tashqari tibbiyot iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini o‘rganuvchi ixtisoslashgan ilmiy institut va jamiyatlar mavjud. Yirik kutubxonalari: Qand-A’zam universiteti kutubxonasi, Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy 156 kotibyat kutubxonasi, Pokiston ilmiy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston ilmiy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalasi muzeyi, Milliy muzey. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling