So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Nazorat savollari va topshiriqlar 
1. 
Boloniya ta’lim tizimi va uning jarayoni asosini nima 
tashkil etadi? 
2. 
Jahon tajribasining asosiy sxemasini izoxlang? 
3. 
Qiyosiy ta’limda milliy ta’lim tizimini aniqlash 
vositalarini izoxlang? 
4. 
Yaponiyaning ta’lim amaliyoti. 
5. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimini taxlil 
qiling? 
6. 
Frantsiyada ta’lim tizimini taxlil qiling? 
7. 
Yamayka ta’lim tizimini taxlil qiling? 
8. 
Evropa mamlakatlarida oliy ta’limning xususiyatlari va 
tarkibi? 
 
 


107 
3- bob. XXI ASR QIYOSIY TA’LIMI 
3.1. XX-XXI asrlarda xorijda xalqaro ta’lim makoni 
Xalqaro ta’lim makoni – deyarli yangi tushuncha u geosiyosiy 
hudud, global mashtabdagi va turli mamlakatlarning maorif 
bo‘yicha jamoat va davlat tashkilotlari, ilmiy pedogogik markazlar, 
barcha ta’lim va tarbiya muassalaridir. U zamonaviy dunyoning 
ijtimoiy hayotining turli jabhalarida intersiv baynalminallashuv 
sharoitida o‘zaro ta’sir va munosobatlashuvini bildiradi. 
1.Shimol va Janub ta’limining rivojlanishida siyosiy iqtisodiy 
va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari 
Baynalminallashuvning eng yangi bosqichi globalashuv 
jarayoni bo‘ldi. U jahon xo‘jaligini yaxlit organizm sifatida 
shakllantirib, mehnatning xalqaro taqsimotini chuqurlashtirdi va 
madaniy aloqalarni jadallashtirdi. Milliy yoki davlat miqyosida hal 
qilish mumkin bo‘lmagan kuchli global muammolar bilan yuzma-
yuz kelganda barcha insoniyat sa’yi-harakatilarini birlashishi 
ob’ektiv yechim topilishida yagona chora-tadbir bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatlar va xalqlarda kuchayib borayotgan o‘zaro 
bog‘lanish, turli irq, konfessiya va millatga mansub odamlar 
o‘rtasidagi aloqalar kengayishi, umumiy qadiriyatlar shakllanishida 
va eng yaxshi xalqaro tajribadan samarali foydalanishda qulay 
sharoit yaratadi. Bu esa insoniyatning kelgusi istiqbolida ijobiy 
taraqqiy etishi uchun zamin yaratadi. 
Globallashuv bir qator jiddiy salbiy jihatlarga ham ega. 
Umumsayyoraviy konvergenstiya haqida eyforistik bashoratlar 
o‘zini oqlamadi. Na davlatlararo ziddiyat, na etnik va diniy 
to‘qnashuvlar tarix sahnasidan tushib qoldi. Mamlakat va 
mintaqalar taraqqiyotidagi notekis rivojlanish har qanday chora-
tadbir bilan ham bartaraf etilmadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan 
davlatlar o‘rtasidagi farq nafaqat qisqarmadi, balki kengaydi. Bu esa 
barcha insoniyat manfaatlariga aloqador va jahonda portlovchi 
vaziyat hosil qiluvchi eng og‘ir muammoga aylandi. 
Boy va qashshoq mamlakatlar hayotining iqtisodiy va ijtimoiy-
madaniy standartlari orasidagi farq kattaligicha qolmoqda. 1990 
yillarda Dunyo Yalpi milliy mahsulotida (YaMM) boy mamlakatlar 
ulushi 86%ni tashkil qildi (dunyo aholisining 20% i). O‘rtacha 
davlatlar (60%) ulushi -13%, qashshoq mamlakatlar (20%) ulushi 
esa 1% ini tashkil qildi. 1997 yilda aholi jon boshiga YaMM hajmi 
quyidagicha ko‘rinish oldi (AQSH dollarida): Shveystariyada 43 


108 
ming, Yaponiyada-38000, AQSHda 29000, Fransiyada 26000, 
Bangladeshda-360, Burkina Fasoda-250, Nig yerda-200. 
Axborot istiqboli hali global xarakter kasb etib ulgurgani yo‘q. 
G‘arb olamida bir necha o‘n million INTERNETdan doimiy 
foydalanuvchi mijozlar qayd etilgan bir paytda, Osiyo va 
Afrikaning ko‘plab odamlari oddiy telefondan ham hech 
foydalanmagan mamlakatlar taraqqiyoti postindustrial bosqichga 
o‘tmoqda. Rivojlanmagan mamlakatlar esa katta mashaqqat bilan 
sanoatlashtirishning birinchi bosqichini boshdan kechirmoqda. Ular 
na iqtisodiy, na siyosiy na ruhiy jihatdan jahon integrastiyasi 
jarayonida tenglar qatoriga munosobatga kirishishga tayyor emas. 
Ko‘plab mamlakatlarning “quvib yetuvchi rivojlanish” dasturiy 
tuzilmalarini ijobiy amalga oshirishi uchun imkoniyatlari yo‘q. 
Globallashuv sharoitida insoniyat stivilizastiyasidagi turli 
farqlar o‘zaro to‘qnashadi. Bu dunyo amaliyotida ko‘rilmagan yangi 
mumammolarni keltirib chiqardi. 
Globallashuv jarayoni G‘arb tomonidan, birinchi navbatda esa, 
jahonning qolgan mamlakatlarini o‘zining ishlab chiqarish tizimi, 
siyosiy 
va 
ijtimoiy-madaniy 
qadiriyatlariga 
yo‘naltirishga 
intilayotgan AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Lekin 
G‘arb madaniy ekspanstiyasiga qarshilik qiluvchi turli xalqlarning 
ko‘p asrlik an’analari jahon umummadaniyati yaratilishida keskin 
ziddiyatlar hosil qilmoqda.
“Men uyim har tomondan baland devor bilan o‘rab olinishi, 
derazalari mahkam tashlanishini xoxlamayman.
Men barcha mamlakatlarning madaniyat shamoli uyimda 
qancha mumkin bo‘lsa, shuncha esishini xoxlayman. Biroq bu 
shamollar meni yo‘ldan adashtirishini aslo xoxlamayman” - degan 
edi M.Gandi. 
Globallashuv ayrim hollarda milliy chegaralarni bosib o‘tib, 
muayyan mamlakatlar suvereniteti va ularning xalqlari milliy 
o‘zligiga xavf tug‘diruvchi omil deb qabul qilinmoqda. 
Bularning bari “antigloballar” harakati paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ldi. Ular yoqlab chiqqan qarashlar qator mamlakatlar aholisining 
aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ammo globallashuv 
jarayonini to‘xtatishga urinishlar istiqbolga ega emas. 
Globallashuv- hozirgi dunyo taraqqiyotida xolis tendenstiya. 
Uni in’om sifatida tushunmoq joiz. Bizning vazifamiz esa, uning 
imkoniyatlaridan insoniyatning ezgu maqsadlari yo‘lida foydalanish 


109 
va salbiy jihatdan yoki oqibatlarini imkon qadar kamaytirishdan 
iborat. 
Globallashuv jarayonining murakkab va ziddiyatli jihatlari 
ta’lim sohasida ham o‘ziga xos ravishda nomoyon bo‘lmoqda. 
Hozirgi xalqaro ta’lim makonining asosiy xususiyatlarini tavsifi 
sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning ta’lim 
taraqqiyoti tendenstiyalari va ta’lim ahvolining o‘ziga xos jihatlari 
qa’tiy hisobga olingan holda amalga oshirilishini talab qiladi. Biz 
ushbu kitobda BMT va YUNESKO rasmiy nashrlarida qabul 
qilingan atamalar mazmuni asosiyda fikrimizni bayon qilmoqdamiz.
Masalan, YUNESKO ning “Statistik yilnomasi” da 1999 yilda 
53 davlat rivojlangan mamlakatlar sifatida qayd qilingan 
(Yevropaning barcha davlatlari, 1990 yilgacha Sovet Ittifoqi 
tarkibida bo‘lgan O‘rta Osiyo respublikalari, AQSH, Kanada, 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Isroil) qolgan davlatlar esa 
rivojlanayotgan mamlakat sifatida qayd qilingan. 
Bunday bo‘linish qator davlatlarga nisbatan sun’iy tarzda 
amalga oshirilgan. Kelgusida bu tasnif qayta ko‘rilib chiqishi va 
ayrim davlatlar, masalan Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi 
industrial mamlakatlari rivojlanayotganlar qatorida rivojlanganlar 
safiga o‘tishi va aksincha holatlar amalga oshiriladi deb ehtimol 
qilamiz. Shuningdek, ayrim rivojlangan mamlakatlarda qoloq 
rayonlar, ayrim qoloq davlatlarda esa rivojlangan hududlar mavjud. 
Ammo xalqaro tashkilot va statistik nashrlarda qabul qilingan 
tasniflar hali o‘z kuchini yo‘qotmagan. Shuning uchun qiyosiy tahlil 
qilish jarayonida milliy va xalqaro ko‘rsatkichlar qiyoslanishini 
ta’minlash maqsadida aynan shu manbalarda qayd etilgan atamalar 
asosida tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Zamonaviy siyosiy va ijtimoiy adabiyotlarda “rivojlangan 
mamlakat”, “rivojlanayotgan mamlakat” atamalari o‘rniga 
ko‘pincha Shimol va Janub atamalari qo‘llaniladi. Bunday 
almashtirish qator tasavvurlar bilan o‘zini oqlaganligi uchun biz 
ham qiyosiy tahlil jarayonida bu atamalardan tez-tez foydalanamiz. 
1990 yillar boshidan G‘arb va Sharq o‘rtasida yuzaga kelib, dunyoni 
termoyadro 
halokati 
yoqasiga 
olib 
kelayotgan 
keskin 
qutublanishning uzun davri o‘tmishda qoldi. Ammo bu qarama-
qarshilikning susayishi Shimol va Janub o‘rtasidagi ziddiyatlarning 
chuqurlashishi bilan almashdi. 


110 
Bu xalqaro ta’lim makonini batafsil tavsif qilish jarayonida ham 
so‘zsiz hisobga olinishi kerak. Milliy va mintaqaviy farqlarni qat’iy 
hisobga olish zaruriyatiga oid qarashlar xalqaro ahamiyat kasb 
etadi. “Hozirgi kunda,- deyiladi YUNESKO nashrlarining birida,- 
uzoqni ko‘ra oluvchi yetuk omillar tomonidan insoniyat oldida 
turgan asosiy muammolarning umumsayyoraviy miqyosida va 
global xarakteri batafsil izohlab berilgan.
Haqiqat esa, yaqin o‘n yilliklarda turli davlatlarning iqtisodiy 
va ilmiy rivojlanishida ulkan farq saqlanib qolishini hisobga olishni 
talab qiladi. Global miqyosda ularni uch toifaga ajratish mumkin: 
industriallashish arafasida bo‘lgan, industrial va past industrial. 
Bunday farqlanishga ega mamlakatlarda ta’lim taraqqiyoti 
istiqbollari bir xil bo‘la olmaydi.” 
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim jarayoni ilmiy-texnika 
inqilobining zamonaviy bosqichi talablari bilan bevosita aloqador. 
Mikroelektronika 
biotexnologiyadan 
keng 
foydalanish, 
takomillashtirilgan kompyuterlarning paydo bo‘lishi mehnat va 
ishlab chiqarish jarayonida insonning o‘rni mohiyatini o‘zgartiradi. 
Zamonaviy jamiyat strukturasi, turmush tarzi va odamlar 
psixologiyasini jarayonga moslashtirdi. Iqtisodiyot aqlbovar qilmas 
darajada 
o‘zgarib bormoqda. Ayrim sanoat mahsulotlari 
konveyerdan chiqib ulgurmay, eskirib qolmoqda. Bir avlod 
hayotidayoq chuqur texnologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. 
Axborot yagona eskirmas va cheklanmagan darajada o‘sib 
boruvchi resurs sifatida hal qiluvchi ahamiyatga aylanmoqda. 
Dunyoning istalgan nuqtasida bir necha soniya ichida Internet orqali 
axborot uzatish imkoniyati geografik imkon va vaqtga oid ming 
yillik an’anaviy tasavvurlarni yo‘qqa chiqardi. Mahalliy ishlab 
chiqarish faoliyat yurituvchi aholining kasbiy-malakaviy tarkibi 
o‘zgarmoqda. 
Muhandislar va ilm, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, boshqaruv 
apparati xodimlari soni ortmoqda. Ilmiy taraqqiyot yoki sinov 
tajriba ishlab chiqarishi bilan mashg‘ul yuqori malakali 
mutaxassislar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 
Intellektual kasblar o‘zining oldingi mutanosiblik ahamiyatini 
yo‘qotib ommaviy tus olmoqda. Ishlab chiqarishning eng yangi 
jabhalarida malakali ishchilar va injener-texnik personal mehnati 
yaqinlashuvi 
tendenstiyasi 
kuzatilmoqda. 
Chunki 
malakali 
xodimlarning 
umummadaniy 
va 
kasbiy 
bilimlarni 
keng 


111 
o‘zlashtirishi talab darajasiga ko‘tarildi. Ammo eng yuqori 
texnologik tashkilotlarda ham oddiy malakali xodimlarning 
muayyan miqdori saqlanib qoladi.
Sanoatning avtomatsiyalashishi ishchi-xodimlar malakasining 
betaraf talablariga ta’siri zid xarakterga ega. Yuqori malakaga ega 
xodimlarga talab oshishi bilan bir qatorda, xech qanday yuqori 
darajadagi umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik asoslari talab 
qilinmaydigan bir xil maromdagi vazifani bajaruvchi operatorlar 
guruhining qayta ixtisoslashuvi sodir bo‘lmoqda. Bunday 
xodimlarning nazariy bilim darajasi uncha yuqori bo‘lmasada, bu 
holat 
ijtimoiy 
ma’sullik 
hissi 
rivojlangan 
bo‘lishi 
bilan 
kafolatlanishi kerak. 
Qimmatbaho 
asbob-uskunalar 
va 
avtomatlashtirilgan 
sanoatning 
barcha 
ishtirokchilarining 
o‘zaro chambarchas 
bog‘liqligi xodimdan katta diqqat e’tibor, aniqlik va ehtiyotkorlikni 
talab qiladi. Shuning uchun ishchi xodimning o‘quv partasidayoq 
zamonaviy korxonalardagi yangi mehnat shartlariga tez moslashishi 
uchun kerak bo‘lgan bu xususiyatlarni o‘zlashtirishi va ko‘nikma 
hosil qilishi muhim hisoblanadi. 
Tabiiyki, ta’lim darajasini ko‘tarish va kadrlarni qayta 
tayyorlash endilikda sanoatni modernizatsiya qilish va yangi 
texnologiyalar yaratish rejalarining muhim tarkibiy qismiga aylandi. 
“Iqtisodiyot va ta’lim” muammosi davlat hukumatini tobora 
o‘ziga jalb qilmoqda. Chunki ularning iqtisodiy vazifalari ulkan 
darajada kengaydi. Agar o‘tmishda kapitalistik davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy munosobatlarga bevosita aralashuvi favqulotda chora 
sifatida, urush yoki chuqur inqiroz paytlarida amalga oshirilgan 
bo‘lsa, oxirgi o‘n yilliklarda holat ichki siyosatning yetakchi 
an’analaridan biriga aylandi. Chunki qator g‘arb mamlakatlarning 
o‘ziga ham yirik tadbirkor hisoblanadi. U ulkan sanoat 
komplekslariga egalik qiladi. Shuning uchun ta’limning iqtisodiy 
samaradorligi ortishidan bevosita manfaatdor bo‘ladi. 
Hatto juda rivojlangan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligida 
ham past malakali mehnatdan foydalanish keng tarqalgan. Nihoyat, 
o‘qish muddatini uzaytirish har doim ham o‘quv va bilimning 
proporstional o‘sishiga sabab bo‘lmasligi ma’lum. Shuning uchun 
ishchi xodimning ishlab chiqarish salohiyatini uning qancha vaqt 
Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling