Sportning roli


-shoʻba: Boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi kreativ tendensiyalar


Download 290.86 Kb.
bet32/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

3-shoʻba: Boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi kreativ tendensiyalar


TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI O'RGANADIGAN VA ISHLAB CHIQADIGAN MASALALAR
Alimova Dilfuza Yaxshibayevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, o‘qituvchi
tel:+998 (99) 6 730 730
Annotatsiya: Maqolada tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fani oz mazmuni va mohiyatiga ko'ra maktab o'quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ularning har tomonlama tarbiyalashning mazmun va metodlarini belgilab beradigan, o'rganadigan va ishlab chiqadigan fan ekanligi yoritilgan.
Kalit so‘z: tabiatshunoslik, metodika, maktab, tarbiya, predmet, atrofimizdagi olam, o’simlik, hayvon, moddiy baza, didaktika, motiv.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi oz mazmun va mohiyatiga ko'ra boshlang’ich sinf o'quvchilariga tabiatshunoslikka oid bilimlarini berish bilan birga ularni har tomonlama tarbiyalashdek muhim vazifalarga o’z hissasini qo'shadigan fandir. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi pedagogika va tarbiya fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, donishmandlar aytganidek, “hayotda kuzatuvchi bo’lma, o’zingni ko’rsat, qo’lingdan ko’p narsa kelishiga ishon”.
O’qituvchi tabiatshunoslikni o'rgatib borish davomida ularni tabiatshunoslik haqidagi bilimlar bilan qurollantirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, ongi, xulq-atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu esa tabiatshunoslikni o'qitishning shakl va metodlarining yuzaga kelishiga olib keladi.
O'qitish jarayoni o’zaro bir-biriga bog'liq bo’lgan bir qator omillarni: fan mazmuni, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, fanga oid yangi bilimlar, ya'ni bilim va ko'nikmalarni egallab olishdan iborat.
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro bog'lanishini va rivoilanishini o'rganishga imkon beradi. Albatta bunda tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qo'llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Bu sohada izlanish olib borayotgan tadqiqotchi maktabda tabiatshunoslikni o'qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi. Hodisalar o'rtasidagi qonuniyatlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa qiladi, umumlashtirishning to'g'riligini amalda tekshiradi. Buning natijasida tabiatshunoslikni o'qitish usul va usłublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
O’qituvchi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fani o’z ichiga oladigan ta'limiy ishlarni bajarish bilan birga o’quvchilarni hayotiy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim, o'quv va ko'nikmalarni shakllantirish hamda ularning dunyoqarashi aqliy qobiliyatlari, shaxsiy fazilatlarini ham rivojlantirishga harakat qiladi. O'qitish jarayoni mazmuni, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, ya’ni bilim, o'quv ko'nikma va malakalarni egallab olishini o'z ichiga oladi.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi o'quv predmeti sifatida asosiy vazifalari:
- tabiatshunoslik mazmunini aniqlash;
- o'qitishning metod va usłublarini tadqiq qilish;
- zaruriy o'quv ko'rgazmali jihozlarni tayyorlash yo'llari haqida tavsiyalar berishga qaratilgan.
Buning uchun o'quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, u bugungi kun talabi darajasiga mos bo'lsin.
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi o'qituvchining darsga tayyorlanishidan tortib, to o'quv materialini o’quvchilarga yetkazish, ularning o'zlashtirish natijalari, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha bo’lga barcha kompleks jarayonlarini o'z ichiga oladi. O'qitish jarayonini har tomonlama o'rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o'qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo'yicha tegishli choralar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o'rganilayotgan tabiat hodisalari, o'simlik va hayvonlarni bevosita qabul qilish qonuniyati asosida predmetli o'qitishni qollash bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqiladi.
Bizga ma’lumki, bolałar ta'lim-tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini ochib beradigan fan - bu didaktika hisoblanadi. Demak, tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi ham ushbu didaktik tamoyillarga tayanadi. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, kichik maktab o'quvchilarini ta'lim-tarbiyasi va rivojlanish tizimi mohiyatini ochib beradigan fandir.
Metodika boshqa pedagogika fanlari qatori boshlangich maktabning tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasiga oid bir qator muammolarini yechib, o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo’larini ko'rsatib beradi.
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi boshlanishida 1-2 sinf sinf o'quvchilari bilan atrofimizdagi olamni o'rganadilar. Binobarin, boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik kursini zamon talabiga mos holda o'qitish maqsadida bolalarga ta'lim-tarbiya berish yo'llarini ishlab chiqadi va tadqiq qiladi. Tabiatshunoslik va uni o'qitish boshlang'ich sinf o'quvchilarida tevarak-atrof haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi maktab tabiatshunoslik o'quv materialining mazmuni, g'oyasi, asosiy tamoyillarini tanlash va predmetini yaratilishini belgilab beradi.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi predmet vositasida bolalarni qanday o'qitish va tabiatni o’rganish asnosida qanday tarbiyalash kerak, degan savolga javob be radi. Bolalarga beriladigan rivojlantiruvchi ta'lim va tarbiyaning eng samarali usullarini tabiatshunoslik o'quv materiallari mazmuni orqali berilishini ta'minlaydigan yo'l-yo'riqlar bera oladi.
Ushbu fanni o’qitish metodikasi o'qitish vositalari, o'quv moddiy bazani tashkil qilish va ta’lim berish mazmunini belgilab beradi.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi kursining asosiy g'oyasi jonli va jonsiz tabiat omillarining aloqasini, mohiyatini ochishdan, o'simlik va hayvonot dunyosi komponentlarining ta'siri, odamning tabiatga ta'siri, odamning tabiat resurslaridan oqilona foydalanishi, tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash masalalari ushbu fan dasturida o'z aksini topgan.
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning xulq-atvori, atrof-muhitga munosabati va xarakatlarini o'ziga ichiga olgan faoliyat jarayonida ko’rinadi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o'qish, mehnat, o'yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo'lishi kerak. Bu jarayonni o'qituvchi hisobga olmasa, tabiat to'g'risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigan asosiy masalalar deb, quyidagilarni keltiirishimiz mumkin:
- tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasining ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati;
- uning tarbiya tizimidagi o'rni;
- o'quv materialining shakl va mazmuni hamda unig sinflar bo’yicha taqsimlanish tizimi;
- o'qitish shakl va metodlari;
- o'quvchilarda motivatsiya uyg’ota olish holati;
-o'quv materialini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish jarayoni va oqitish natijalarini hisobga olish;
-o’quv-moddiy baza va o'quv qurollaridan to’g’ri foydalanish;
-darsdan va sinfdan tashqari ishlar;
-tabiat qo’yniga ekskursiyalar va h. k.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling