Sportning roli


Download 290.86 Kb.
bet40/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

Natijalar:
Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tugʻiladi va ularning toʻgʻriligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Tabiiy fanlar boʻyicha dastur kichik yoshdagi maktab oʻquvchilariga faqat jonajon tabiat goʻzalligi va boyliklarnigina emas, balki respublikamizning tabiatini oʻrganishga ham ham imkon beradi.
Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga oʻrgatishda har bir dars mavzusini bayon qilishga eʼtibor beriladi. Oʻquvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, oʻz bilimi, kuchi va qobiliyatiga boʻlgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs oʻz imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada taʼlim samaradorligi ortadi.
Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib oʻtiladigan darslarda oʻquvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. Tabiatshunoslikni oʻqitish metodlari tilimida amaliy ishlar tabiat haqidagi bilimlarni oʻzlashtirishda katta rol oʻynaydi. Amaliy ishlar oʻquvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga oʻrgatish metodidir.
Amaliy ishlarga oʻquvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yigʻish, maktab oldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi oʻsimliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, koʻrgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Muhokama:
Birinchi sinfdan boshlab oʻquvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini oʻqish jarayonida bevosita kuzatishlar yoʻli bilan oʻrganadilar. Bu mashgʻulotlarda oʻquvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo koʻrgazmali qurollardan foydalaniladi. Koʻrgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obʼektlar kiradi.
Tabiatshunoslik materiallarini amaliy oʻzlashtirishda xarita-sxemalarni chizish katta oʻrin tutadi. Ularni qoʻllanish yoʻlida (ufq tomonlarini aniqlashda) maktab hovlisidagi narsalarning joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi qadam boʻladi. Kartografik tasvirlarni oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirishni tekshirish uchun xarita-sxemalardan foydalanish qulay.
Lekin kreativ taʼlim metodi asosida tashkil etilgan darslar jarayonida oʻquvchi qabul qiluvchi obʼyektdan ijodkor (kreativ) subʼyektga aylanadi. Predmetni (tomoni, mazmuni) oʻzlashtiruvchi oʻziga nisbatan yaratuvchanlik bilan yondashish asosida oʻzlashtirib oladi.
Har bir faktik materialga ijodiy va tanqidiy qaray oladi. Olinayotgan oʻquv materiali unga yangicha qarash, qoʻshimcha materiallarni olish, oʻzlashtirishga yoʻl ochadi. Koʻpincha bunday hollar oʻzlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi. Bu esa malakali mutaxassislarni kelajakda olgan bilim, koʻnikmasining faqat ijrochisigina boʻlib qolmay, balki oʻz kasbiy faoliyatiga ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga olib keladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, kreativ tendensiyalar asosida tashkil qilingan darslar yordamida oʻquvchilarda nazariy olingan bilimlarini amalda qoʻllash orqali ularning haqqoniyligiga amin boʻlish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, mustaqil harakat qilish, natijalar olish, ularni asoslash, yangi takliflar berish koʻnikmalari shakllanadi. Kutilgan natijani olish uchun yangi usullari topish, kelajakda olinishi mumkin boʻlgan natijalar uchun oldindan prognoz qilish kabi kreativ sifatlar rivojlanadi.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling